Mavzu: xotira registrlari


-rasm. D-triggerli 4 razryadli ketma-ket registr



Download 33,89 Kb.
bet3/3
Sana28.06.2022
Hajmi33,89 Kb.
#713491
1   2   3
Bog'liq
Xotira registrlari

2-rasm. D-triggerli 4 razryadli ketma-ket registr
9chi taktli impuls kelishiga qadar, informatsion kirishda mantiqiy “1” o‘rnatiladi. 10chi impuls kelishidan avval esa, ushbu kirishdagi signal “0” qiymatiga ega. Natijada 9: 13 takt impulslari yuborilish davrida, registrga 9-chi impulsda kiritilgan mantiqiy “1” o‘ng tomonga siljishini indikator yordamida kuzatish mumkin. Jadvaldagi 15 satrdan ma’lumki, yuqoridagi mantiqiy “1” 13-chi taktli impulsda registrning o‘ng tomondagi eng chekka razryadidan chiqib yo‘qoladi.
1-jadval

Nomer
stroki

Ustanov ka v 1 (SET)

Sbros
(REZET)

Vvodimaya
informatsiya

Nomer
taktovogo
impulsa


Sostoyanie
vыxodov RG

Q1

Q2

Q3

Q4

1

0

1

~

~

0

0

0

0

2

0

0

1

0

0

0

0

0

3

0

0

1

1

1

0

0

0

4

0

0

1

2

1

1

0

0

5

0

0

1

3

1

1

1

0

6

0

0

0

4

0

1

1

1

7

0

0

0

5

0

0

1

1

8

0

0

0

6

0

0

0

1

9

0

0

0

7

0

0

0

0

10

0

0

0

8

0

0

0

0

11

0

0

1

9

1

0

0

0

12

0

0

0

10

0

1

0

0

13

0

0

0

11

0

0

1

0

14

0

0

0

12

0

0

0

1

15

0

0

0

13

0

0

0

0

16

1

0

~

~

1

1

1

1

2-rasmdagi keltirilgan qurilma ketma-ket surilish registri deyiladi. Ketma-ket degani – bu registrga ikkilik ma’lumot razryadma-razryad ko‘rinishda kiritiladi. Masalan, 0111 ikkilik kombinatsiyani registrga kiritish uchun 1-chi jadvalda 1 satrdan 6chi satrgacha mavjud bo‘lgan barcha holatlar ketma ketligidan o‘tish zarur.
Razryadlar soni n=4 bo‘lgan 0111 kombinatsiyani ketma-ket surilish registriga kiritish uchun n=4 takt kerak (jadvaldagi 2chi satrni hisobga olmaslik mumkin). Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 0001 kombinatsiyani registrga kiritish uchun ham 4ta takt (10 14 satrlar) talab etiladi. Bu erda shuni ta’kidlash lozimki SET va RESET asinxron kirishlari alohida ustunlikka ega. Ular yordamida kirish ma’lumot va taktli impulslar mavjudligidan qat’iy nazar, registr xoxlagan paytda “0” yoki “1” holatga o‘tkazilishi mumkin (jadvaldagi 1chi va 16 satrlar).
Ko‘rib chiqilgan registrda ma’lumotni parallel yoki ketma-ket shaklda chiqarish mumkin. Parallel chiqarishda n razryadli ikkilik son n taktdan so‘ng barcha triggerlar chiqishlaridan baravar echiladi. Ma’lumotni ketma-ket chiqarilishi keyingi taktli impulslar yuborilishida Q4 chiqishidan amalga oshiriladi. Registr razryadini o‘zgartirish uchun triggerlar sonini o‘zgartirish kifoya. Masalan, 2-rasmdagi sxemaga yana bitta D-trigger qo‘shilsa, registr 5 razryadliga aylanadi. Odatda registrlar 4,5 va 8 razryadli bo‘ladi va D-triggerlardan tashqari JK hamda taktlanadigan RS triggerlardan ham tashkil topadi.
PARALLEL-KETMA-KET SURILISH REGISTRLAR
Amaldagi registrlar har bir triggerga ulangan qo‘shimcha sxemalar bilan to‘ldiriladi. Bu qo‘shimcha sxemalarda quyidagi kirishlari mavjud bo‘lishi mumkin: Di-ma’lumotni parallel shaklda kiritish uchun; D-ma’lumotni ketma-ket shaklida kiritish uchun; L-ma’lumotni kiritishga ruxsat beruvchi (boshqaruvchi) kirish; “Sbros” – registr triggerlarini “0” holatiga keltirish uchun.
Parallel – ketma-ket surilish registrlari ko‘pincha ma’lumotni parallel kod shaklidan ketam-ket kod shakliga va teskari operatsiyalarni bajarish uchun qo‘llanadilar.
Parallel Di kodni yozib olish uchun L=1 ruxsat beruvchi signal qo‘llanadigan va shu qatorda taktli impuls S ishlatilmaydigan registrlar ma’lumotni asinxron parallel shaklida qabul qilish qurilmalari deb ataladi (3-rasmga qarang).
Parallel Di kodni yozib olish uchun L=1 ruxsat beruvchi signal qo‘llanadigan va shu qatorda taktli impuls S kirishida sinxroimpuls bo‘lishini talab etilayotgan registrlar ma’lumotni sinxron parallel shaklda qabul qilish qurilmalari deb ataladi. 4-rasmda 4-razryadli ikkilik kombinatsini sinxron parallel shaklida ortishga qodir bo‘lgan registrning sxemasi keltirilgan. Unda har bir triggerning D kirishida ikki kirishli multipleksor o‘rnatilgan bo‘lib, u yoki bu signalni tanlashga imkon beradi.
Multipleksorning L boshqaruv kirishidagi signal qiymatiga ko‘ra, har bir taktli impulsda registrga yoki yangi ma’lumot D1 D4 kirishlar orqali kiritib yoziladi, yoki registrdagi mavjud bo‘lgan avvalgi ma’lumotni surilishi amalga oshiriladi. Registrga ma’lumot ortilishi, ya’ni yozilishi, boshqaruv kirishida mantiqiy “1” signalida (L=1) hamda S sinxronlash kirishiga birinchi taktli impulsning musbat fronti mavjudligida amalga oshiriladi. Ma’lumotni ketma-ket shaklida registrga yozish uchun, boshqaruv kirishi mantiqiy “0” signalida (L=0), registrning D kirishi orqali amalga oshiriladi.
Registrni tozalash (triggerlar va chiqishlarini 0000 holatga keltirish) uchun “Sbros” kirishiga qisqa muddatli mantiqiy 1 berilishi kifoya. registrning Q1, Q2, Q3, Q4 chiqishlari n – razryadli (n=4) ikkilik sonni parallel shaklda chiqarish uchun mo‘ljallangan. Ma’lumotni ketma-ket chiqarilishi Q4 chiqishi orqali keyingi taktli impulslar berilishida amalga oshiriladi. SHunday qilib 4-rasmda keltirilgan registr universal registr bo‘lib ikkilik ma’lumotni parallel-ketma-ket yozib olishga va chiqarishga qodir.
4-rasmda keltirilgan registrni, sxemaga ayrim o‘zgarishlar kiritib, reveriv registrga aylantirish mumkin. Buning uchun masalan Q4 va D3, Q3 va D2, Q2 va D1 registr chiqish va kirishlarini o‘zaro ulab chiqib taktli impulslar va boshqaruv kirish signallarini ikki kirishli multipleksor orqali uzatilishini amalga oshirish lozim. Unda L kirishi surilish yo‘nalishini o‘zgartiruvchi qurilma vazifasini bajaradi: L=1ligida taktli impulslar ma’lumotni chap tomonga suradilar (D4 kirishi esa ketma-ket kodni qabul qilish uchun mo‘ljallangan), agar L=0 bo‘lsa, unda taktli impulslar registrdagi ma’lumotni o‘ng tomonga surishadi.



4-rasm. Parallel – ketma-ket yuklanishli surilish registri
Download 33,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish