Xorazom viloyat choʻlzonasida, Xorazm vohasining gʻarbiy qismida, oʻrtacha 100 mbalandlikda joylashgan. Relyefi pasttekislikdan iborat. Amudaryo qad. deltasining bir qismi boʻlib, daryo yotqiziqlaridan tashkil topgan. Qoraqum choʻliga tutashgan gʻarbiy va janubi-gʻarbiy qismi qum bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan ohaktosh, qum, gil va boshqa qurilish materiallari bor. Iqlimi keskin kontinental. Qishi moʻtadil sovuq, qor kam yogʻadi, yanvarning oʻrtacha tempaturasi −5°, eng past temperatura −32°. Yozi issiq, quruq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 30°, eng yuqori tempatura 47°. Vegetatsiya davri 200-210 kun. Yiliga 78–79 mm yogʻin tushadi, asosan, mart-aprel oylarida yogʻadi.
Sholi — gigrofit o'simlik 0‘simlik bargining so'rish kuchini nisbatan pastligi (6 -7 atm.) va ildiz tizimida so'ruvchi tukchalarning deyarli yo'qligi (suv o'sim lik tom onidan ildizdagi endoderma to ‘qimalari yuzasi orqali o'zlashtiriladi) uni bostirib sug'orish zaruriyatini taqozo etadi. Sholichilik chekidagi suv qatlami o'simlikni suvga bo'lgan ehtiyojini qondirish bilan bir vaqtda dalada sholi uchun qulay mikroiqlimni ta'minlaydi. Suv bilan bostirilgan dalalarda havoning yerga yaqin qatlamining nisbiy namligi yuqori, harorati nisbatan past bo‘lib, kecha va kunduzi haroratning keskin o'zgarishi sodir bo'lmaydi, sholining ildiz tizimi mo‘tadil rivojlanib, suv va oziq moddalarni o'zlashtirishi yaxshilanadi.
Sholichilik cheklarida suv qatlamini 10 sm va undan ortiq qalinlikda tutib turish kurmakni yo‘qotishda muhim tadbir hisoblanadi. Sholi yetishtirishda cheklarni o‘z vaqtida kerakli qalinlikdagi suv qatlami bilan bostirish begona o ‘tlaiga qarshi kurashning asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Sholini yetishtirish rayoni, tuproq sharoitlari ekish usuli va yetishtirilayotgan navlariga ko‘ra uni sug'orish rejimi turlicha bo'ladi. Hozirgi kunda sholi quyidagi usullarda sug'orib kelinmoqda; 1) doimiy bostirib sug'orish — sholining o‘suv davri davomida dalalar doimiy ravishda suvga bostiriladi; 2) qisqartirilgan bostirib sug'orish — bunda urug'lar namiqtiruvchi sug'orishlar yordamida undirib olinadi va undan keyin sholini mum pishish davrigacha dalada turli qalinlikdagi suv qatlami ta'minlanadi;
3) bo‘!ib-bo‘lib sug'orish — sholichilik dalasi vaqti-vaqti bilan suvga bostirib turiladi; 4) muddatli sug'orish — sholichilfk dalasida o'simlikning o'sib rivojlanish fazalari bo'yicha chekda suv qatlami hosil qilinmagan holda namiqtiruvchi sug'orishlar qo'llaniladi. Bunday sug‘orish sholining o‘suv davri davomida 1500-1800 mm yog'in tushadigan mintaqalarda qo'llaniladi. 0 ‘zbekistonda doimiy va qisqartirilgan bostirib sug'orish usuljari qo'llaniladi. Bunday sug'orishlar chekdan chekka suv tash/ash yoki tashiamasdan, qisman oqova chiqarish yokj chiqarmasdan amalga oshiriladi. Doimiy oqova chiqarib va vaqti-vaqti bilan chekdagi suvni yangilab turish orqali sug'orish, asosan, sho'rlangan yerlarda keng qo`laniladi. Sho'rlanmagan yerlarda joylashgan ayrim sholichilik xo'jaliklarida hamoqova chiqaigan holda sug'orish qo'llanilib kelinmoqda.
Almashlab ekish - bu ekinlar va bug'larning vaqt va makon (yoki yillar va dalalar bo'yicha) yoki faqat vaqt bo'yicha ilmiy asoslangan almashinishi.
Ekinlarning vaqt bo'yicha almashinishi - ularning bir xil dalada yillar davomida o'zgarishi. Dala almashuvi har bir ekinning barcha dalalar bo'ylab ketma-ket aylanishini bildiradi.Almashlab ekish dehqonchilik tizimining asosiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, barcha agrotexnik tadbirlar, xususan, tuproqni ishlov berish tizimlari, o‘g‘itlar tizimi, tuproq eroziyasiga qarshi kurashish, ekinlarni begona o‘tlar, kasallik va zararkunandalardan himoya qilish chora-tadbirlarining asosini tashkil etadi.Almashlab ekish tuproqning ozuqaviy moddalari va o‘g‘itlarini to‘ldirish va undan samarali foydalanishga, tuproqning qulay fizik-biologik xususiyatlarini yaxshilash va saqlashga, uni suv va shamol eroziyasidan himoya qiladi.
Almashlab ekish deyilganda ekinlarning yillar davomida ma’lum dalalarda rejali tartibda navbati bilan almashib turilishi tushuniladi. Bu ta’rif almashlab ekishning tor ma’nodagi tushunchasi bo`lib, unda agrotexnikaning mohiyati aniq ifoda etilgan. Lekin almashlab ekish keng ma’noga ega bo`lib, dehqonchilik tizimi yoki boshqacha qilib aytganda, dehqonchilik madaniyatining asosini tashkil etadi. U ham agrotexnik, ham tashkiliy-iqtisodiy tadbirlarni o`z ichiga oladi. Tashkiliy-iqtisodiy jihatdan almashlab ekish yerdan, ishlab chiqarish vositalari va ish kuchlaridan maqsadga muvofiq foydalanishining eng asosiy sharti, korxona faoliyati rentabel bo`lishining negizidir.
Agronomik nuqtai nazardan ekinlarni rejali tartibda navbat bilan almashtirib turishning zarurligi quyidagi sabablardan kelib chiqadi. Turli xil o`simliklarda ildiz tizimi turlicha chuqurlikda taraladi, shuning uchun ildizlarning tuproq har xil gorizontidagi ozuqa moddalardan foydalanishi ham turlicha bo`ladi.
Almashlab ekishning gʻoʻza –gʻalla – beda; don ekinlari – toza shud-gor; don ekinlari – oʻtlar – chopiqtalab ekinlar; don ekinlari – oʻtlar; oʻtlar – chopiq-talab ekinlar; chopiqtalab ekinlar – sideratli ekinlar; oʻtlar – dalali va boshqa tur (tip)lari bor. Almashlab ekish turiga qarab ekin turlari bilan band dalalar soni nisbati raqamlar bilan ifodalanadi. Mas, gʻoʻza-beda Almashlab ekish 3: 7 nisbatida birinchi raqam bedapoya dalalarini, ikkinchisi gʻoʻza dalalarini koʻrsatadi (beda ekin maydonining 30,0%ni tashkil etadi). Oʻzbekistonda xoʻjalikning qaysi soha boʻyicha ixtisoslashgani va tuproq-iqlim sharoitiga kura Almashlab ekishning har xil sxemasi qoʻllanilishi mumkin.Oʻzbekistonda 1930–90-yillarda ja-moa va davlat xoʻjaliklarida 3:7 sxe-mali donga ajratilgan bir dalali gʻoʻza – beda Almashlab ekish, 3:4:1:2 sxemali donga aj-ratilgan bir dalali gʻoʻza–beda Almashlab ekish va boʻlaklangan 1:2:1:2:1:3 sxemali bedasiz turli ekinlar – chopiqtalab ekinlar Almashlab ekish qoʻllanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |