Mavzu: Xonliklar davrida madanytning ahvoli



Download 20,63 Kb.
Sana29.06.2022
Hajmi20,63 Kb.
#717460
Bog'liq
Madanyatshunoslik


Mavzu: Xonliklar davrida madanytning ahvoli
Reja:
1 Buxoro xonligi madanyti
2 Xiva xonligi madanyti
3 Qo’qon xonli madanyti
Shayboniylar ta’lim sohasida ham islohot o’tkazdilar. Bu islohotning o’tkazilishiga amaldorlar guruhini vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish zarurati sabab bo’ldi. Xonlarga va sultonlarga barcha sohalar bo’yicha ilmli, diplomatik qobiliyatga ega bo’lgan amaldorlar zarur edi. Islohotga ko’ra, ko’p bosqichli o’qitish tizimi joriy etildi. Har bir mahallada maktab ochildi, ba’zi xonadonlarda uy ta’limi joriy etildi. Bolaga 6 yoshdan ta’lim beriladigan bo’ldi. Maktabda ikki yil o’qigach, o’quvchilar madrasaga o’tkazilardi. XVI asrda Samarqandda Shayboniyxon madrasasi, Buxoroda Abdullaxon, Toshkentda Baroqxon va Ko’kaldosh madrasalari va boshqa ta’lim muassasalari quriladi va faoliyat yuritadi. Madrasada 3 bosqichli ta’lim joriy etilgan bo’lib, uning har bir bosqichida 7 yildan o’qitilardi. Shunday qilib, o’qish 21 yil davom etardi. O’quvchilar Ilohiyot ilmidan, hisob-kitobdan, handasa, fiqh, mantiq, musiqa, she’r san’atidan ilm olardilar. Albatta, ta’lim olishga hammaning ham imkoni bo’lmas edi. Savodxonlikning Movarounnahrda XVI asrdagi ana shunday rivojlanishi o’zbek tili rivojlanib, keng tarqalishiga, adabiy aloqalar rivoj topishiga ancha ijobiy ta’sir ko’rsata oldi. Ilm-fan. Shayboniylar davrida fan va madaniyat sezilarli darajada rivojlangan. Bunga-ushbu sulola hukmdorlari orasidan o’z davrining yetuk ilm-fan arboblari yetishib chiqqanligi ham ta’sir ko’rsatgan. Chunonchi, Muhammad Shayboniyxon, Ko’chkun­chixon va Ubaydullaxonlar o’z davrining nihoyatda o’qimishli kishilari bo’lganlar. Shuningdek, Muhammad Shayboniyxon, Abdulazizxon va Abdullaxonlar kutubxonalarida o’z zamonasining ajoyib kitob xazinalari bo’lgan. Bundan tashqari, Movarounnahrda Mirzo Ulug’bek akademiyasi an’analarini davom ettiruvchi fidokor olimlar yetishib chiqdi. Masalan, Samarqand va Buxoro madrasalarida mudarrislik qilgan mavlono Kamoliddin Ibrohim, Abdullaxonning muallimi Xoja Muhammad, yulduzshunos Qiyomiddin Shaydo, iftixor ul-atibbo (tabiblar iftixori) unvonini olishga sazovor bo’lgan Muhammad Mazid, Hakim Shahrisabziy, jarroh mavlono Baqo, mavlono Rafe, 1541-yilda ilmi tibb va dori-darmonlar haqida asar yozgan Muhammad Husayn ibn Shiroq Samarqandiy, ko’z kasalliklarini davolashda nom chiqargan Shohali ibn Sulaymon, Xoja Hakim (vafoti 1585), natijat-ul-atibbo unvonini olgan Abdulhakim ibn Sulton Mahmud kabilar shular jumlasidandir. Xoja Hasan Nisoriy "Muzakkiri ahbob" asarida matematika va astronomiya ilmida shuhrat topgan mavlono Kavkabiyni alohida qayd etadi. Matematika va astronomiya sohasida yozilgan kitoblardan Muhammad Amin ibn Ubaydulla Mo’minobodiyning "Hisobi amali shabaka", (Shabaka jadvali amali hisobi; 1550), Bobokalon muftiy Samarqandiyning "Risola dar ilmi hisob" , "Vaziyat bar sahor qism" Tursun Zominiyning "Tuxfayi amir", Muhammad Husayn munajjim Buxoriyning "Ma’rifat samti qibla" (Qibla tomonni topish ma’rifati) Mahmud ibn Ahmad Foriziyning "Risola dar muaddili qamar" (Oy fazolarining tengligi haqida risola; 1517), Tojis-Sayidiyning "Hoshiy li shahri ashkoli ta’sis" (Asoslash shakllari sharhiga izohlar; 1568), Said Muhammad Tohir Ibn Abul­qosimning, "Ajoyib ut-tabaqot" (1545-1550) asarlari va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Tibbiyot sohasida Sultonali Samarqandiy 1526-yili "Dastur al-iloj", "Muqaddimoti dastur al-iloj" (Davolash bo’yicha dastur) asarlarini yozgan. Ubaydulloh Qahhol ibn Muhammad Yusuf ham o’z davrining yetuk tabibi, tib olimi, Baroqxonning o’rtancha o’g’li Toshkand hokimi Darvishxonning buyrug’iga binoan 1598-yilda "Shifo ul­-ilal" (Kasalliklar shifosi) asarini yozadi. Asar 500 varaqdan ko’p bo’lib, uzoq vaqtgacha tib ilmidan asosiy qo’llanma tarzida undan foydalanilgan. Bir necha bitik nusxasi bizgacha yetib kelgan. Uning yana "Umdat ul-kuhliya fil-amrodul-basariya" (Ko’z kasalligiga doir asosiy kitob) asari ham bo’lgan. Shayboniylar davrida tarix fani ham rivojlandi, ko’plab tarixiy asarlar yozilgan. Kamoliddin Binoiy, Mulla Shodiy, Muhammad Solih, Fazlulloh ibn Ro’zbexon Isfaxoniylar Shayboniyxon topshirig’i bilan har qaysisi Shayboniyxonga atab alohida tarixiy asarlar yozganlar. Bundan tashqari, Abdulloh ibn Muhammad ibn Ali Nasrullohiyning "Zubdat ul-ozor", Hofiz Tanish Buxoriyning "Abdullanoma" ("Sharafnomayi shoxiy"), noma’lum muallifning "Tavorixi guzidayi nusratnoma" asarlari shayboniylar davri ijtimoiy, siyosiy tarixiga doirdir. Zayniddin Vosiliyning "Badoye ul-vaqoye", Zahiriddm Muhammad Boburning "Boburnoma" asarlari ham shu davr ijtimoiy va madaniy hayotidan bahs yuritadi. Ko’chkinchixon topshirig’i bilan Sharoflddin Ali Yazdiyning ,,Zafarnoma"si o’zbek tiliga o’girildi. Yetuk tarixchi olim Mirza Muhammad Haydar (1500-1556) 1541-1546-yillarda Yunisxonning nabirasi, tog’avachchasi Abdurashidxonga bag’ishlab “Tarixi Rashidiy" asarini yozadi. Mirza Haydar Toshkentda dunyoga kelgan; uning onasi Toshkent hokimi Yunusxonning qizi Xo’bnigorxonim bo’lib, Zahiriddin Muhammad Boburning xolavachchasi bo’lgan. Hofiz Ko’hakiy (Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy) Ulug’bek Mirzoning shogirdi Ali Qushchining nabirasi bo’lib, shayboniylar davrining yetuk tarixchisi, mantiq, fiqh, kalom ilmlari olimi bo’lgan. Davr taqozosi bilan o’z vatani Toshkentda turg’un yashay olmaydi. 1528-yili Zahiriddin Muhammad Bobur huzuriga, Hindistonga boradi. Hajga borib, Usmonlilar Turkiyasi sultoni bilan uchrashadi. Vazirlikka qilingan taklifni rad etib, 1563­-yili Toshkentga qaytadi va shu yerda 1584-yili vafot etadi. U "Tarixi Toshkand", "Tarixi oliy Chingiz" (Chingiz sulolasi tarixi), "Risola fi fannit-tavsirval-usul val-firu val-mantiq val-kalom" (Tafsir, fiqh asoslari va tarmoqlari, mantiq va kalom ilmi haqida risola) kabi asarlar muallifidir. Adabiyot. Shayboniyxonning o’zi ham umri jang-u jadallarda o’tishiga qaramay, she’riyat va tarix fani bilan shug’ullanishga vaqt topgan. Uning she’riy devon tuzgani ma’lum. U hatto xattotlik bilan ham shug’ullangan. O’zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasida (tartib raqami 844) Kamoliddin Binoniy qalamiga mansub "Shayboniynoma" asarining Shayboniyxon ko’chirgan nusxasi saqlanadi. Ubaydullaxon ham ilmli va ma’rifatli hukmdor edi. U fors va turk she’riyatini yaxshi bilardi. Ayni paytda, o’zi "Ubaydiy" taxallusi bilan o’zbek, fors, arab tillarida ijod qilgan, she’rlar bitgan. Uning uch tilda bitgan she’rlaridan iborat uch devoni bir kitobga jamlangan. Ubaydiyning o’zbek tilidagi devoni 306 g’azal, 435 ruboiy, 25 qit’a, 13 tuyuqdan iborat.
XVI-X1X asrlar Buxoro xonligi (amirlik) ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy xayotini o‘rganishda tarixnavislar: Fazlullox ibn Ruzbexonning «Mehmonnomai Buxoro», Xofiz Tanish Buxoriyning «Sharafnomai shoxiy» (ko‘proq «Abdullanoma» nomi bilan mashhur), Zaynuddin Vosifiyning «Badoye’ ul-vaqoye’», Muxammad Vafo Karmanagiyning «Tuxfat ul-xoniy», Mirza Muxammad Xaydarning «Tarixi Rashidiy», Muxammad Yusuf Munshiyning «Tarixi Muqimxoniy», Muxammad Amin Buxoriyning «Ubaydullanoma», Abdurahmon Tolening «Tarixi Abulfayzxon», Muxammadsharifning «Tarixi Amir Xaydar», YAqub Buxoriyning «Gulshan ul- muluk», Mir- olim Buxoriyning «Fatxnomayi sultoniy», Mirza Abdul Abduazim Somiyning «Mang‘it sulolalari tarixi» singari asarlari muhim o‘rin tutadi.
Xorazm butun o`rta Osiyo tarixida madaniyat va san'at markazlaridan biri sifatida muhim rol o`ynagan. o`z vaqtida Oltin o`rdaning deyarli barcha xonlari Xorazmda ta'lim olishgan, butun islom olamidan olimlar va ilohiyotshunoslar bahs-munozaralarda ishtirok etish uchun bu yurtga kelishar edi. Qo`ng`irot va Xiva o`zbek madaniyati va tili o`choqlari bo`lgan. "Alpomish" dostonidan boshlab bu yerda o`zbek tili, milliy g`oyalar va milliy madaniyat rivojlangan va boyib borgan. Bu yurtda san'at, adabiyot, xususan, she'riyatda erksevarlik va demokratik tamoyillar hamisha ustunlik qilib kelgan. Adabiyot keng xalq ommasiga yaqin turar va o`z g`oyalari, ohanglari, shakllari, timsollarini xalq azob-uqubatlari, orzu-umidlari bag`ridan olar edi. Xiva xonligini larzaga solgan har bir dehqonlar qo`zg`aloni Xorazm adabiyotida xalq dardi sifatida aks etar edi.
Demokrat adiblar va shoirlar xalq orasida dong taratgan, xalq himoyasida bo`lganlar, chunki ular haqiqatni kuylashar edi. Polvonniyoz Muhammad (1825-1899), Otajon Abdalov (1855-1927), Ahmadjon Tabibiy (1869-1911), Berdaq (1827-1900), Bayoniy (1870-1925), Ckokar (1872-1952) ulardan eng mashhurlari edi. Ular xon amaldorlari makkorligini tanqid qilar, xalqni bilim olishga da'vat etar edilar. 1908-yili xon saroyi huzurida bosmaxona (litografiya) tashkil qilingan, bu narsa shoirlarga o`z asarlarini ko`p nusxada nashr ettirishga yo'l ochib berdi. 1908-yili shoir Tabibiy Xiva shoirlari tazkirasini tuzdi, unga ko`plab ijodkorlarning sheMari kiritilgan edi. Avaz o`tar o`g`li (1884—1919) ma'naviy-axloqiy kuchi, vatanparvarligi, ulug` demokratik his-tuyg`ulari va xaloskorlik g`oyalarini ifodalashda ana shu shoirlar orasida yetakchi o`rinni egallaydi.U o`z asarlarida Xiva xonlari kamchiliklarini ochib tashladi. Masalan, "Xalq" she'rida shoir mehnatkashlarni (o`z haq-huquqlarini himoya qilish, yaxshi turmush uchun kurashga chorladi., Tanqidiy she'rlari, erksevarligi, hurfikrligi uchun u 200 darra kaltak bilan jazolangan va aqldan ozgan, deb e'lon qilingan edi., Ammo jazo uning isyonkor ruhini sindira olmadi. U ajoyib she'rlarida xalq ozodligi va baxt-saodati uchun kurashga chiqishga chorladi va jahonda adolat tantana qilishiga umid bildiradi. o`limidan biroz ilgari yozgan "Hurriyat" she'rida otashin shoir xalqni qo`zg`alonga da'vat etdi.
Xalq ijodiyoti, Xiva xonligida nozik did bilan ishlangan, o`ziga xos naqshlari, yorqin bo`yoqlari bilan ajralib turuvchi kulolchilik san'ati ham yaxshi rivojlangan edi. Usta Allokora, usta Yusuf kulol, usta Vays va usta Kalontar o`z asarlari bilan mamlakatdan tashqarida ham mashhur edilar. Xivalik mis kandakorlari, zargarlar, ipak va jundan mato to`quvchi ustalar ham yuksak qadrlanar edi.
Xiva xonligida san'atning eng ommabop turi qo`shiq, musiqa va raqs bo`lgan. Og`ir turmush sharoiti ham, xon amaldorlarining zulmi ham Xorazm xalqining qo`shiq va musiqaga bo`lgan mehri va qiziqishini so`ndira olmadi. Birorta tadbir, xoh u davlat miqyosida, yoki mahalliy miqyosda bo`lsin, ommaviy qo`shiqlar va raqslarsiz o`tmas edi. Qo`shiqlar mualliflari, ijrochilari mashhur kishilar bo`lib, ularni xalq hurmat qilar edi. Ularning qo`shiqlarida muhabbat, vatanparvarlik, demokratiya, erksevarlik va inson qadr-qimmatini ulug`lash g`oyalari badiiy tarzda tarannum etilardi.
Xiva xonlari ham o`zlarida qarama-qarshiliklar birligini gavdalantirgan, ya'ni bir tomondan, ular xalqqa zulm o`tkazgan, davlatni zavolga yuzlantirgan mustabidlar bo`lsa, ikkinchi tomondan, ular Xorazm qadimiy milliy madaniyati sohiblari bo`lishgan hamda davlat va xalqning ma'naviy yuksalishi uchun ko`p kuch-g`ayrat sarflashgan.
1874-yili Muhammad Rahimxon II (Feruz) Rossiyadan sotib olgan ikkita bosma mashinasida Turkistonda ilk marotaba kitob chop qilishni yo`lga qo`ydi. Xiva bosmaxonasini tashkil qilishda Xorazm shoirlari va olimlari katta rol o`ynashdi. PetroAleksandrovskdagi rus-tuzem maktabini tugatgan shoir Otajon Abdalov birinchi matbaachi edi. Bu bosmaxonada Alisher Navoiyning "Xamsa"si, Xiva shoirlarining devonlari, Shermuhammad Munis, Komil Xorazmiy, Muhammad Yusuf Roziyning devonlari ana shu yerda chop etilgan edi.
Muhammad Rahimxon II ning topshirig`iga ko`ra bir qator tarixiy asarlarni o`zbek tiliga tarjima qilish bo`yicha katta ishlar amalga oshirildiki, bu tadbir, shubhasiz, Xiva davlati ma'naviy madaniyatini boyitdi. Masalan, "Tabariy tarixi" (12jildda), "Shayboniynoma", "Zafarnoma" (AmirTemuryurishlarihaqida), "Erontarixi", "To`tinoma" (to`ti tilidan ertak tarzida hikoya qilingan nasihatlar kitobi), "Maorifnoma" kabi mumtoz asarlar tarjima qilingan edi.
Xonning yozgi qarorgohi bo`lmish Tozabog`da (yangibog` ma'nosida) saqlanayotgan sharq tillarida yozilgan nodir kitoblar Rossiyaning sharqshunos olimlari e'tiborini tortdi va ular bu yerga ana shu nodir kitoblarni o`rganish, tarjima qilish va ko`chirib olish uchun kelishar edi.
Davlatda xalqning ma'naviy madaniyatini saqlab qolish bo`yicha salmoqli ishlar amalga oshirilgan edi. Muhammad Rahimxon II butun o`rta Osiyoda tengi yo`q boy kutubxonaga asos solgan edi. Uning topshirig`iga ko`ra yozilgan mamlakat tarixi Buxoro va Qo`qonda bitilgan xuddi shunday tarixlardan o`zining mukammalligi bilan ajralib turar edi.
XVII asr-XIX asrning birinchi yarmi Hiva xonligi madaniyati. Xiva honligida bu davrda ananaviy lirika bilan tazkiranavislik rivoj topdi. Abulg‘ozi Bahodirxonning «Shajarai turk» va «Shajarai tarokima» asarlari an’anaviy Sharq, nashrining go‘zal namunalari bo‘ldi.
XVII-XIX asrlarda Xorazmda XV asrda erishilgan ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, ma’rifiy-tarbiyaviy fikrlarni davom ettirib, ijtimoiy hayotiy masalalarni chuqur badiiy bayon etishga urinish va targ‘ib etishga intilish to‘zga tashlanadi. Chunonchi, bu davrlarda yashagan Muhammad Xoksor, Muhammadniyoz Nishotiy, Vafoiy, Roqim, Paxlavonquli Ravnaq, Nurmuhammad Andalib, Berdaq, Munis, Ogahiy kabi adib va mutafakkirlarning asrlarida ilgari surilgan yoshlarni ma’rifatli qilish, ularda ilm-fanga muxabbat uyg‘otish, ma’naviy-axloqiy kamolotga erishishga da’vat, ustoz-shogird munosabat- lariga oid fikrlar Horazmda ma’rifiy-tarbiyaviy qarashlarning rivojlanishida muhim rol о‘ynadi. Shuni ham aytib о‘tish kerakki, Ogahiyning katta tarihiy xizmatlari tufayli Sharq daholari bо‘lmish Nizomiy, Sheroziy, Jomiy, Xiloliy singari adiblarning shox asarlari fors tilidan о‘zbek tiliga tarjima qilindi. Hiva xoni Muhammad Raximhon II Feruz Ogahiyning iste’dodli shogardlaridan bо‘lgan.
Download 20,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish