Mavzu: Xo’jalik hisobi haqida tushuncha va uning paydo bo’lish tarixi. Ma’ruza rejasi:
1.Xo‘jalik hisobi to‘g‘risida tushuncha
2. Xo’jalik hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi
3. Xo‘jalik hisobining funksiyalari
Mavzuga oid me’yyoriy-huquqiy va mualliflik adabiyotlari
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni
O‘RQ-404, 13.04.2016
Buxgalteriya Hisobining Milliy Standartlari
“Buxgalteriya hisobi” darslik
A.A.Karimov, J.E.Kurbanbayev, S.A.Jumanazarov
Toshkent-2020
“Buxgalteriya hisobi nazariyasi” darslik
R.D.Dusmuradov
“Buxgalteriya hisobi” fanidan ma’ruza matni
Xo‘jalik hisobi to‘g‘risida tushuncha - Korxonalarni boshqarish, uning oldiga qo‘yilgan reja ko‘rsatkichlariga doir vazifalarni bajarish maqsadida xo‘jalik faoliyati ustidan kundalik kuzatib borishni talab qiladi. Bunday kuzatish va boshqarish xo‘jalik hisobi yordamida amalga oshiriladi.
- Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik shakllari turli xil bo‘lgan subyektlarning tashkil topish jarayonida ularni boshqarish, faoliyatini nazorat va tahlil qilish; ma’muriyat tomonidan tezkor qarorlarning qabul qilinishiga asos bo‘ladigan zarur ma’lumotlarni asosan buxgalteriya hisobi taqdim etadi.
Xo‘jalik hisobining turlarini quyidagi rasmda ko'rishimiz mumkin:
Xo’jalik hisobi
Operativ hisob
Statistik hisob
Buxgalteriya hisobi
Operativ (tezkor) hisob Korxonalarda ishlab chiqarishni tezkor boshqarish maqsadlarida yuritiladi. Operativ (tezkor) hisob muomala sodir bo‘layotgan joyning o‘zida va biror-bir xo‘jalik operatsiyasini sodir etish paytida yuritiladi. Bu hisobning korxona va uning tarkibiy bo‘linmalariga joriy rahbarlik qilish maqsadida ma’lumotlarni tezkor ravishda olish va ulardan foydalanish uning farq qiladigan belgisi hisoblanadi. Hisobning bu turini tashkil qilish, yuritish uchun maxsus yo‘riqnoma talab qilinmaydi. - Tezkor hisobning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri ma’lumotning tezda yig‘ilishi va yetkazilishidir. Nazoratning tezkorligini ta’minlash uchun xo‘jalik operatsiyalarining borishi haqidagi axborotni tezroq olish kerak bo‘ladi. Shuning uchun tezkor hisobning ma’lumotlari iloji boricha osonroq yo‘l bilan qayd qilinishi mumkin. Ularni bevosita kuzatish yo‘li bilan telefon, faks, telegraf, og‘zaki yoki hujjatlar orqali yetkaziladi.
- Tezkor hisobning ma’lumotlaridan mutloq aniqlik talab etilmaydi, chunki ularning asosiy vazifasi - kuzatilayotgan obyektlarda sodir bo'layotgan o‘zgarishlarni tezlik bilan xabar qilishdir. Shuning uchun amaliyotda tezkor hisobdan faqat taxminiy axborotni olish bilan kifoyalanadilar. Tezkor axborot yordamida - menejerlar ishlab chiqarish, foyda bo‘yicha topshiriqni bajarilishining borishi, korxonani ta’minlash va mahsulot realizatsiyasi bo‘yicha topshiriqlarning bajarilishi, tovar moddiy qiymatliklar zaxirasining darajasi hamda boshqa korxonalar, tashkilotlar, muassasalar bilan hisob-kitoblarning holati hamda borishi haqidagi ma’lumotlarni olishda foydalanishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |