II.Amaliy qism
Loyiha ishimning mavzusi “Xodimlar ish grafigi va tatilga chiqish vaqtlari” shu dasturni C++ Builder dasturlash muhitida yaratilish talab qilingan bo’lib shu qilgan loyiha ishimga ozgina ta’rif berib o’taman. Har qanday tizmda kata malumotlar bbilan ishlashda inson hayolini shoshirib qoyadigan malumotlar aylanmasi boladi. Biz yaratayotgan dasturlar esa manashu malulotlar bilan ishlashga qulaylik yaratishda yordam beradi. Dasturdagi qidirish orqali istalgan turkum boyicha ismi,familyasi, telfon raqami,sanalari boyicha ham malumotlarni izlashga imkon yaratilgan.
1-qadam → Dasturda ishlashda qulaylik yaratish maqsadida barcha qoshimchalar kiritilgan. Qo’shish, o’chirish ,taxrirlash va yana ammallarni ossonlashtirish maqsadida keying, oldingi, boshiga va oxiriga tugmalari ham qoshilgan.
2.1-rasm
2-qadam → Bu rasmda dastur ishga tushgan holati korsatilgan. Istalgan xodimni tanlash orqali o’ng tomondagi darchada hodim rasmini korishingiz mumkun.
3-qadam → Qo’shish bo’limi haqida. Qo’shish bo’limi tanlanganida sizga hodimning malumotlarini va rasmini kiritish ushun yangi oyna ochiladi. Ism familya va telfon nomer kiritilgandan so’ng xodimning tatil muddati tanlanadi so’ngra agar mavjud bolsa rasmi ham yuklanishi mumkun. “Ok” nni bosish orqali yangi malumotlar saqlanadi.
2.3-rasm
4-qadam→ Dastur tuzish davomida Asosan “data control” va “alpha light” kompanentalaridan foydalanildi.
Xulosa
Insoniyat o’zining tarixiy taraqqiyoti jarayonida har xil ish qurollarini yaratgan. Bu ish qurollari uning jismoniy mеhnatini yengillashtirishga xizmat qilgan. Bularga oddiy bolta, tеsha, arradan tortib hozirgi zamon qudratli mashina va traktorlarini misol sifatida kеltirish mumkin.Inson bu davrda faqat mеhnat qurollarini yaratish bilan chеgaralanib qolmay, balki u o’zining
aqliy mеhnatini yengillashtirish qurollarini ham yaratdi. Bunga oddiy hisobkitob toshlaridan tortib, hozirgi kunda ham o’z kuchi va qulayligini yo’qotmagan cho’tlar misol bo’la oladi. Axborot kommunikatsion texnonologiyalarini taraqqiy etishida bevosita dasturlash tillarining o’rni beqiyos. Ayniqsa, hozirgi davrga kelib C++, Java, Delphi dasturlash tillar yordamida shaxsiy kompyuterlar uchun amaliy dasturiy to’plamlardan tashqari SmartPhone va Planshetlar uchun operatsion tizim (iOS, Android, Windows mobile, Symbian va h.k) va ilovalar yaratilmoqda.
Informatsion texnologiyalarning yana bir muhim jihatlaridan biri shundaki, bu fan jadal sur’atlarda o‘sib, yil sayin yangidan-yangi yo‘nalishlarga, mutaxassisliklarga tarmoqlanib ketmoqda: algoritmik, mantiqiy, obyektga yo‘naltirilgan, vizual, parallel dasturlash texnologiyalari, animatsiya, multimediya, Web, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, ko‘p prosessorli, neyron arxitekturali kompyuterlar va hokazo. Ko‘rinib turibdiki, informatika meta fan darajasiga ko‘tarilib, uni bitta o‘quv kursi chegarasida to‘liq o‘zlashtirishning imkoni bo‘lmay qoldi. Informatsion texnologiyalar sohasi bo‘yicha rus va ingliz tillarida qo‘llanmalar juda ko‘p chop etilmoqda. Oxirgi yillarda o‘zbek tilidagi qo‘llanmalar ham ko‘payib qoldi.
Men ushbu Loyixa ishini bajarish davomida C++ dasturlash tilida dasturlash to’g’risidagi bilimlarimni amaliy jihatdan o’rgandim va nazariy bilimlarimni amaliy jihatdan mustahkamlab oldim. O’z dasturimni tayyorlash jarayonida shunga amin bo’ldimki, har bir dasturchi, o’z dasturini tuzar ekan, avvalambor uning foydalanuvchiga tushunarli, boshqarishga oson, hamma qismlari puxta hisob-kitob qilingan, dasturda yuz berishi mumkin bo’lgan xatoliklarni oldi olingan, dasturning yashash sikli hisobga olingan bo’lishi lozim ekan. Shundagina yaratilgan dastur foydalanuvchiga uzoq muddat, samarali hizmat qilishi mumkin. Kelajakda xar bir yosh avlod dasturlash tillarini mukammal o’rganishi, ularni o’zi yarata olishi yoki undan unumli foydalana olishi,o’zgartirishga o’z bilim saviyasini oshirishi zarur va majburdir.Qisqa qilib aytganda davlatimiz bizni bilim olishimizga yaratib berayotgan shart shatoitlardan unumli foydalana olishimiz kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.To’lqinov Jahongirmirzo ,,C++ tilini mustaqil o’rganuvchilar uchun”
2.Rahimov Q.S, Karimova Sh.T ,,C++ tilida dasturlash” o’quv qo’llanma// TATU, Toshkent 2017
M.Q.Berdimuratov, B.S.Samandarov, R.T.Djumamuratov,,C++ o’quv qo’llanma”
B.Boltayev,A.R.Azamatov,,C++ tili asoslari”.Toshkent 2021
Internet manbalari:
www.cyber-form.ru
www.wikipedia.org
www.programmer.com
www.lib.samtuit.uz
5.www.n.ziyouz.com
Do'stlaringiz bilan baham: |