Axborotni to’plash va undan foydalanish jixatlariga ko’ra axborot tizimini to’rtta quyi tizimga ajratish mumkin.
Axborot va ma`lumotlar olish manbalarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Iqtisodiy siyosatning asosiy yo‘nalishlariga taaluqli bo‘lgan Prezident farmonlari, Vazirlar
Mahkamasi qarorlari, Davlat soliq qo‘mitasining
tasdiqlagan yo‘riqnomalari va farmoyishlari. Ushbu ma`lumotlar iqtisodiyotning sohalari bo‘yicha
rivojlanish yo‘nalishlari, ishlab chiqarish hajmlari,
soliq va bojxona siyosatiga oid bo‘lib ulardan nafaqat mutasaddi vazirliklar, uyushmalar, tashkilotlar foydalanadilar, balki maxalliy va xorijiy tadbirkorlar, firmalar ham o‘z faoliyatlarida foydalanadilar.
2. Davlat statistik muassasasi ma`lumotlari. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika Vazirligi halq xo‘jaligining barcha sohalari bo‘yicha oylik, kvartallik, yillik
ma`lumotlarni jamlaydi. Ularning ayrimlari maxalliy matbuotda chop qilinadi, yillik hisobotlar esa statistik yilnomalar shaklida nashr qilinadi. Makroiqtisodiyot va statistika Vazirligi o‘zining tarkibida ilmiy-tadqiqot
institutlari, halq xo’jaligining tegishli sohalari bo‘yicha
ixtisosolashgan boshqarma va bo‘limlarga egadir. Ushbu tadqiqot va hisobot bo‘limlari belgilangan yo‘nalishlar
bo‘yicha ma`lumotlar to‘playdi va tahliliy tadbirlar tkazadi.
Bunday ma`lumotlar Vazirlar Mahkamasi, mutasaddi
vazirliklar, uyushmalar, viloyat hokimligiga taqdim etiladi.
- Vazirliklar, uyushmalar va kontsernlar majmuida to‘plangan axborotlar va ma`lumotlar. Ushbu axborot manbai tegishli sanoat, qishloq
xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ixtisoslashgan vazirliklarda ularning
barcha bo‘ysinuvchi korxonalari xolati, rivojolanish yo‘nalishlari
bo‘yicha axborot olish imkonini beradi. Bu turkum axborotlar vazirlik, uyushmalarning yillik hisoboti, tegishli boshqarmalarning hisob-kitobi va o‘tkazgan tadqiqot yakunlaridan tashkil topadi. Hozirgi paytda
mamlakatimiz vazirliklari uyushmalar, kontsernlar o‘z tarkibida marketing muammolari bilan shug’ullanuvchi boshqarma yoki
bo‘limlarga egadir.
- Maxalliy hokimiyat miqyosida jamlanadigan axborot va ma`lumotlar. Mamlakatimiz viloyatlari, tumanlari, shaharlari hokimiyatlari xuzurida statistika, «Biznes-fond» bo‘lo‘imlari, aynan o‘sha xudud iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi xususida
axborotlar va ma`lumotlar to‘playdi. Ushbu ma`lumotlar ko‘lami keng bo‘lib, ularning asosiylarigina Respublika miqyosidagi tegishli boshqarma tashkilotlarga statistik hisobot shaklida taqdim etiladi. Ko‘pgina boshqa xududiy rivojlanishga oid axborotlar maxalliy hokimiyat miqyosida umumlashtiriladi va tahlil qilinadi.
- . Ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, universitetlar va oliy o‘quv yurtalrining ilmiy izlanish ma`lumotlari, tadqiqot natijalari. Bu ma`lumotlar va axborotlar Davlat fan-texnika qo‘mitasi
buyurtmalar yoki xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy tadqiqot institutlari, ijodiy–izlanish guruhlari, alohida tadqiqotchilar
jamlanadi va hisobot shaklida taqdim etiladi. Tegishli soha va muammolar bo‘yicha amalga oshirilgan marketing va bozor
izlanishi tadqiqotlari Davlat fan–texnika qo‘mitasi byulleten’larida, universitet, markaz, oliy o‘quv yurti ilmiy to‘plamlarida qisqa
shaklda e`lon qilinadi.
- Ommaviy matbuot va ilmiy adabiyotlar. Mamlakatimizda va xorijiy
davlatlarda chop etiladigan ro‘znomalar, jurnallar, risolalar, kitoblar
ko‘lami tobora ortib bormoqda. Masalan «SHarq biznes xabarnomasi»,
«Soliq va bojxona xabarnomasi», «Delovoy mir», «Biznes uik» va boshqa bir qator ro‘znoma hamda jurnallar shular jumlasidandir. Ularda Respublikamiz iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga oid ko‘plab axborotlar ma`lumotlar tahliliy materiallar chop etiladi. Bu ma`lumotlar ayrim Davlat qo‘mitalari, vazirliklar, uyushmalar, ilmiy tadqiqot markazlari, institutlari, izlanish olib borayotgan guruhlar, sharxlovchilar va mutaxassislar tomonidan taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |