Mavzu:Xizmat koʻrsatish sohasida tadbirkorlik faoliyati.
Reja:
1.Tadbirkorlik turlari va shakllari.
2.Xizmat koʻrsatish sohasida tadbirkorlik koʻrinishlari.
3.Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko‘rsatish.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Tadbirkorlik turlari va shakllari.
Barcha korinishdagi tadbirkorlik faoliyatlari turli belgilariga qarab toifalarga ajratiladi: xususan, aoliyat turi, mulkchilik shakli, mulkdorlar soni, tashkiliy-iqtisodiy shakllari, yollanma mehnatdan foydalanish darajasi va hokazolar boyicha. Bulardan ayrimlarini korib chiqamiz. Turi yoki qollanilishi boyicha tadbirkorlik faoliyatlari - ishlab chiqarish, moliyaviy, tijorat-konsultativ va boshqa turlarga bolinadi. Bular barchasi birgalikda yoki alohida faoliyat korsatishi mumkin.
Mulkchilik shakli boyicha korxona mulki xususiy, davlat, munitsipal bolishi shuningdek, jamoa birlashmalari (tashkilotlari) ixtiyorida bolishi mumkin. Bu borada mulkka egalik qilish huquqini belgilashda, mulkni xususiy, davlat, munitsipal yoki jamoa ixtiyorida ekanligidan qatiy nazar turli cheklamalarga yoki imtiyozlarga davlat tomonidan korsatma berilishiga yol qoyilmaydi.
Mulkdorlar soni boyicha tadbirkorlik faoliyati yakka tartibli yoki jamoa shaklida boladi. Yakka tartibli tadbirkorlikda mulk bir jismoniy shaxsga tegishli boladi. Jamoa tadbirkorligida esa mulk bir necha subyektga tegishli bolib, ularning mulkka egalik hissalari aniqlangan yoki aniqlanmagan bolishi mumkin. Bu borada mulkka egalik, undan foydalanish va ishlatish barcha mulkka egalik qiluvchilarning roziligi bilan amalga oshiriladi.Tadbirkorlikni shakllari boyicha: tashkiliy - huquqiy va tashkiliy iqtisodiy turlarga bolish mumkin. Tashkiliy - huquqiy shakldagi tadbirkorlik jumlasiga shirkatlar, jamiyatlar, kooperativlar kiradi.
Shirkatlar - tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun tashkil etilgan shaxslar uyushmasidir. Shirkatlar korxonani tashkil etilishida ikki yoki undan ortiq shaxslar ishtirok etgan taqdirda tuziladi. Shirkat uyushmalarining afzalligi shundaki, ularda qoshimcha kapitalni jalb etish imkoniyati mavjuddir.Bundan tashqari, mulk egasining bir nechta ekanligi, korxona ichida, egadorlarning bilimi, tajribasiga qarab, bir necha ixtisoslashgan sohani tashkil. etish imkonini beradi. Lekin tadbirkorlikning bunday tashkiliy-huquqiy shakli kamchiliklarga ega bolib, ular quyidagilarda namoyon boladi: har bir shirkat ishtirokchisi ozining qoshgan hissasidan qatiy nazar. bir xil javobgarlikka ega. Bundan tashqari bir sherikning harakati qolgan sheriklar uchun, agar ular bunga qarshi bolsalarda, majburiy bolishi mumkin. Shirkatlar masuliyati cheklanmagan va masuliyati cheklangan ikki guruhga bolinadi. Jamiyatlar, kamida ikki fuqaro yoki huquqiy shaxs tomonidan, ularning mablaglarini birlashtirish orqali (pul yoki natura korinishida) xojalik yuritish faoliyatini amalga oshirish maqsadida tuziladi. Masuliyati cheklangan jamiyat azolari uning majburiyatlari boyicha javobgar hisoblanmaydi. Ular faqat ozlari qoshgan hissalari qiymati doirasida javobgardirlar. Bulardan farqli olaroq, qoshimcha masuliyatli jamiyat azolari ozlarining barcha mulklari boyicha javobgar hisoblanadilar.Tadbirkorlikning eng kop tarqalgan korinishi aksiyadorlik ja-miyatidir. Ularning farqi shundaki, ularga qimmatli qogoz - aksiya chiqarish yoli bilan zarur mablagni ishlab chiqarishga jalb etish huquqi berilgan. Bu borada aksiyadorlik jamiyati azolari jamiyat faoliyati yakunlari boyicha, ozlari egalik qilayotgan aksiyalar qiymati chegarasida javobgar hisoblanadilar.Ishlab chiqarish yoki boshqa xojalik yuritish faoliyatini yolga qoyish maqsadida shaxslar guruhi tomonidan tuzilgan korxona kooperativ korxona deb ataladi.Kooperativ azolari uchun, ularning shaxsan mehnat qilishlari yoki kooperativ faoliyatida qatnashishpari, shuningdek ular tomonidan badallarni birlashtirishi majburiydir.Tadbirkorlikning asosiy tashkiliy-iqtisodiy shakllariga kon-sernlarni, asotsiatsiyalarni, konsorsiumlarni, sindikatlarni, kartellarni, moliyaviy sanoat guruhlarni kiritish mumkin.
Konsern - kop tarmoqli aksiyadorlik jamiyati bolib, korxona-larni qatnashishi tizimi orqali nazorat qiladi. Konsern tarmoqlanib chiqqan shoba kompaniyalarning aksiyalari nazorat paketlariga egalik qiladi. Oz navbatida shoba kompaniyalar ham boshqa aksiyadorlik kompaniyalar (jumladan chet ellardagi) aksiyalari nazorat paketlariga egalik qilishi mumkin.
Assotsiatsiya iqtisodiy jihatdan mustaqil bolgan korxonalar, tashkilotlarning ixtiyoriy birlashmasidir. Assotsiatsiyaga birlashgan korxona va tashkilotlar ayni paytda boshqa tuzilmalar tarkibiga ham kirishi mumkin. Odatda, assotsiatsiya tarkibiga bir hududda joylashgan, bir sohaga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar kiradi. Assotsiatsiyaga birlashishdan asosiy maqsad - ilmiy-texnika, ishlab-chiqarish, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa muammolarni birgalikda hal etishdir.
Konsorsium - yirik moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida tuzilgan tadbirkorlarning uyushmasidir.
Tadbirkorlarning bunday uyushmasi yirik loyihalarga mablag sarflash imkoniga ega bolib, bunda tavakkalchilik bir muncha kamayadi, chunki javobgarlik koplab qatnashchilar ortasida taqsimlanadi.
Sindikat - ortiqcha raqobatchilikni cheklash maqsadida, mahsulot sotish uchun tuzilgan bir tarmoqdagi korxonalar birlashmasidir.
Kartel bir. sohadagi korxonalarning, mahsulot, xizmat narxlari, bozorni taqsimlanishi, umumiy ishlab chiqarish hajmidagi qissasi va boshqalar boyicha kelishuvidir.Tadbirkorlikning yangi tashkiliy iqtisodiy shakli moliya-sanoat guruhidir (MSG). Ular sanoat, bank, sugurta va savdo kapitalining shuningdek, korxona va tashkilotlarning intellektual potensiallari birlashmasini tashkil etadi.Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda tijorat korxonalarining asosiy shakllari.Bularga xususiy tadbirkorlik firmalari, hamkorlik korxonalari, kooperatsiyalar kiradi. «Firma» deganda xojalik mustaqilligiga ega bolgan, ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyat yurituvchi iqtisodiy subyekt tushuniladi.
Xususiy tadbirkorlik firma - shunday korxonaki, uning egasi oz manfaatlari yolida mustaqil ish olib boradi. U firmani boshqaradi, olingan barcha daromadga egalik qiladi, firmaning barcha majburiyatlari boyicha javobgar hisoblanadi.
Firma egasi ishchilarni ishga yollash va ishdan boshatish huquqiga ega, shartnomalar tuzadi. Firmaning afzalligi shundaki, uning boshqaruvi sodda, xarakat faoliyati erkin, iqtisodiy mazmuni yetarlicha kuchli hisoblanadi (bir kishi barcha foydaning egasidir).
Kamchiliklari esa quyidagilardan iborat: moliyaviy va moddiy resurslarning cheklanganligi, rivojlangan ichki ishlab chiqarish ixtisoslashuvining va takomillashgan boshqaruv tizimining yoqligi, javobgarlikning cheklanmaganligi.
Hamkorlik korxonalar - hamkorlikda egalik qiluvchi va boshqaruvchi bir necha shaxslar tomonidan tashkil etilgan firma yoki korxonadir. Bunda barcha hamkorlarga muhim huquqlar beriladi, biroq hamkorlik masuliyati cheklangan bolib, bu borada firma faoliyati boyicha toliq javob beruvchi asosiy hamkorlar bilan bir qatorda, faqat ishga qoshgan hissalari bilan javobgar boluvchi hamkorlar (masuliyati cheklangan hamkorlar) ham boladi.
Hamkorlik sharoitida moliyaviy masalalarnini hal etish nisbatan osondir. Bunday firmada, xususiy tadbirkorlik firmadan farqli ravishda mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish va boshqaruvni ixtisoslashtirilishidan foydalanish mumkin. hamkorlikning kamchiligi funksiyalar taqsimoti bolib, buning natijasida faoliyat yuritilishida kelishmovchiliklar va xatto manfaatlarning mos kelmasligi hollari yuzaga kelishi mumkin. Natijada kelishmovchiliklar sababli bir yoki bir necha hamkorning ishdan chiqib ketishi, hamkorlikning barbod bolishi havfini tugdiradi.
Korporatsiya deganda huquqiy shaxs shaklidagi yoki korxona tushu-niladi. Bunda har bir mulkdorning javobgarligi mazkur korxonaga hissasi chegarasida cheklanadi.
Korporatsiya paychilik asosidagi jamiyatdir. Jamiyatning aksiya-larini sotib olar ekan, alohida shaxslar koorporatsiya mulkdorlari qatoridan joy oladi. Shu tariqa jamiyatga kop miqdordagi aholining moliyaviy mablaglari jalb qilinadi. Aksiya egalari foydaning bir qismini dividend sifatida oladilar, Ular faqat aksiya sotib olishda sarflangan mablaglari boyicha tavakkal qiladilar. Korporatsiya aksiyalar - egalariga bogliq holda mavjuddir. Shu boisdan korporatsiyalar nisbatan mustaqkam, ishonchli korxona hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |