Ubaydulla Solih o‘g‘li Zavqiy.
Zavqiy nima uchun zindonga tashlangan? Erk va ozodlikni tarannum etgan she’rlari uchun.
Sharq adabiyoti uchun an’anaviy bo‘lgan janr qaysi? She’riyat.
Turkistonda she’riyatning qanday oqim mavjud bo‘lgan? Shakl va mazmuni bir-biridan farqlanuvchi va ba’zan bir-biriga zid bo‘lgan so‘fiylik va tanqidiy-realistik oqim.
Qaysi shoirlar xalq dardini, davrning dolzarb muammolarini aks ettirishga harakat qilgan? Muqimiy, Furqat, Zavqiy, shoira Anbar otin, Avaz O‘tar o‘g‘li, Ahmad Donish.
Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy qaysi shaharda tug‘ilgan? Qo‘qon.
Muqimiy qanday asarlar yozgan? «Saylov», «Tanobchilar», «Hapalak qishlog‘i ahliningxonga arzi».
«Qo‘qondan Farg‘onagacha», «Qo‘qondan Isfaragacha» sayohatnomalar kimga tegishli? Muqimiy.
Kim Zavqiy kabi erksevar va hurfikr she’rlari bilan shuhrat topgan? Anbar otin.
Qo‘qon shahrida yashab, ayollarning jamiyat va oiladagi haqhuquqsiz ahvoli to‘g‘risida achchiq haqiqatlarni qalamga olgan shoira kim? Anbar otin.
Anbar otin nima uchun Qo‘qondagi mutaassib kayfiyatdagi kuchlar tomonidan kaltaklangan? Ayollarning erkinligi va teng huquqli bo‘lishi uchun kurashga da’vat etgani uchun.
Qachon o‘zbek adabiyotida yangi janrlar paydo bo‘lgan? XX asr boshlarida.
Qachon jadid adabiyoti rivojlangan? XX asr boshlarida.
Jadid adabiyoti mazmunida qanday jarayonlar qoralangan? Mamlakatdagi og‘ir sharoit va mustamlakachilik tizimi illatlari.
Qachon Qodiriy ilk nasriy asarlarini e’lon qilgan? 1910-yili.
«Juvonboz» hikoyasining muallifi kim? A.Qodiriy.
Qachon Turkistonning turli shaharlarida teatrlar tashkil etilgan? 1911–1913-yillarda.
Qachon jaded teatrlarida 25 ta pyesa namoyish etilgan? 1911-1917-yillarda.
Qaysi pyesada otalar va bolalarni bir-biriga nisbatan shafqatsiz mavjudotlarga aylantirgan ma’naviy qashshoqlik, mol-mulkka ruju qo‘yish qattiq qoralangan? «Padarkush».
Qaysi pyesada yot odatlarning kirib kelishi jamiyat uchun muqaddas bo‘lgan oilani yemirishi ko‘rsatib berilgan? «Padarkush».
«To‘y» asarining muallifi kim? Nusratilla Qudratilla.
Meteorologiya so‘zi qaysi tildan olingan? Yunoncha.
Felyeton so‘zi qaysi tildan olingan? Fransuzcha.
Meteorologiya qanday fan? Yer atmosferasi, uning xususiyatlari va unda bo‘ladigan fizik jarayonlar haqidagi fan.
Kundalik turmushda ro‘y beradigan salbiy hodisalarni tanqid qilib yozilgan gazeta yoki jurnal maqolasi nima deb ataladi? Felyeton.
Quyidagi rasmdagi shaxs qaysi pyesa muallifi? «Baxtsiz kuyov» (A.Qodiriy).
Quyidagi rasmdagi shaxs qaysi shaharda tug‘ilgan? Qo‘qon (Muqumiy).
- -
Do'stlaringiz bilan baham: |