Shartnomaga binoan Xristofor Kolumb yangi ochilgan yerlarning vitseqiroli qilib tayinlashi, admiral unvonini meros qilib olishi, yangi ochilgan yerlardan olinadigan foydaning 1/10 qismini, yangi yerlar bilan qilinadigan savdodan tushadigan daromadning esa 1/8 qismini egallashi lozim edi [3]. Birinchi ekspedisiyada (1492-1493) hammasi bo‘lib 90 kishi qatnashdi, ular uchta uncha katta bo‘lmagan kemalar, “Santa Mariya”, “Pinta” va “Ninya”da yo‘lga chiqishdi. 1492 yilning 3 avgustida kemalar avval Kannar orollari tomonga jo‘nashdi, so‘ngra ekspeditsiya g‘arb tomonga qayrildi va Atlantika okeanini kesib o‘tdi. Kolumb Bagam arxipelagi orollaridan birini u San-Salvador deb nomladi va shu kun rasman Amerika ochilgan kun deb hisoblandi Portugaliya Pireney yarimorolida joylashgan janubi g‘arbiy Yevropadagi davlat. Atlantika okeanidagi Azor va Madera orollari ham Portugaliyaga tegishli hisoblanadi. Sharqda va shimolda Ispaniya bilan chegaradosh. G ‘arbda va janubda Atlantika okeani suvlari uning qirg‘oqlarini yuvib turadi. Chegaralarining umumiy uzunligi — 1214 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 793 km. Portugaliyaning shimoliy va shimoli sharqiy qismi tog‘lar bilan tugallangan. Asosiy tog‘ tizmasi Serra-de-Eshtrela. Mamlakatning eng yuqori nuqtasi — Eshtrela (1551 m) tog‘idir. Portugaliyaning markazi va janubida pasttog‘liklar va tepaliklardan iborat Portugal pasttekisligi yastanib yotadi. Asosiy daryolari: Dorn (Duxro), Teju (Taxo), Gvadiana. Qazilma boyliklardan temir rudasi, uran rudasi, volfram, bulardan tashqari tabiiy boyliklardan marmar, yog‘och mavjud. Haydaladigan yerlar mamlakat hududining 32%, o‘rmonlar va dashtlar 40% ini egallagan. Iqlimiga Atlantika okeanining ta’siri kuchli. 0 ‘simlik dunyosi daraxtlarga boy, asosan yirik bargli va nina bargli daraxtlardan iborat. Hayvonlardan bo‘ri, tulki va boshqalar uchraydi. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat 22 okrugga bo‘lingan. Portugaliya 1143-yilda mustaqillikka erishib, 1910-yili 5-oktabrda respublika deb e’lon qilindi. Milliy bayrami 10-iyun — Portugaliya kuni. ljro etuvchi hokimiyat prezidentga (davlat boshlig‘i) va premyerministrga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali Respublika Yig‘ini tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakatda 18 ta siyosiy partiya ro‘yxatga olingan, ulaming eng yiriklari: Portugaliya sotsial-demokratik partiyasi, Sotsialistik partiya, Portugaliya kommunistik partiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |