Mavzu: Xitoy xalq respublikasining demografik xususiyatlari.
Reja.
1 Mamlakat aholisi soni, tarkibi, joylashuvi.
2 Mamlakatning demografik ko’rsatkichlari
3 Tarixi va madaniyati
4 Urf-odatlar, marosimlar
5 etnodemografik xususiyatlari
Xitoy Xalq Respublikasi
中華人民共和國 / 中华人民共和国
Bayrog’i Gerbi
Dunyo xaritasida tutgan o’rni.
Poytaxt
|
Pekin
|
Rasmiy til(lar)
|
Xitoy tili
|
Hukumat
|
Bitta-partiyalik davlat
|
•
|
Prezident
|
|
Xi Jinping
|
•
|
Premyer
|
|
Ven Jiabao
|
|
Mustaqillik
|
|
|
•
|
Chin Sulolasidan
|
|
1-yanvar 1912-yil
|
•
|
Xitoy Respublikasidan
|
|
1-oktabr 1949-yil
|
|
Maydon
|
|
• Butun
|
9,596,960 km² (3-)
|
• Suv (%)
|
3,8
|
Aholi
|
|
• 2010 roʻyxat
|
1,347,374,752 (1- oʻrin)
|
• Zichlik
|
139,6/km²
|
YaIM (XQT)
|
2011- yil roʻyxati
|
• Butun
|
AQSh$ 11.299 trln (2-)
|
• Jon boshiga
|
AQSh$ 8,382
|
Pul birligi
|
Yuan Renminbi (CNY)
|
Vaqt Mintaqasi
|
(UTC)
|
• Yoz (DST)
|
|
|
Qisqartma
|
CH
|
Internet domen
|
.cn
|
Telefon prefiksi
|
+86
|
2013 yilda Xitoy aholisi 7 million kishiga ko'paydi
XXR statistika davlat boshqarmasining ma'lumotlariga ko'ra, 2013 yilda mamlakatda 16,4 million yangi fuqaro dunyoga kelgan,
9,72 million aholi olamdan o'tgan.
Tabiiy o'sish 0,49% tashkil qilgan.
Bunda aholi soni (Gonkong, Makao va Tayvanni hisobga olmaganda) 6,68 million kishiga o'sgan va 1,36 milliardni tashkil qilgan.
Jinsiy tuzilmani ko'rib chiqadigan bo'lsak, erkaklar avvalgidek ko'pchilikni tashkil qiladi — 697,28 million, ayollar esa 663,44 million.
Mehnatga layoqatli yoshdagilarning soni (16 dan 59 yoshgacha) 2013 yilda 2,44 million kishiga kamaydi hamda 919,54 millionni tashkil qildi (umumiy aholi sonining 67,6%).
Keksa odamlarning soni 202,4 milliondan oshdi (Xitoy aholisining 14,9%).
Ta'kidlash joizki, AQSh aholisini hisobga olish byurosi tomonidan 2014 yilning 1 yanvar holatiga er aholisi soni 7 milliard 137 million 577 ming 750 kishini tashkil qildi. Bir yilda sayyoramiz 77 million 630 ming 563 kishiga ko'paygan. Asosiy o'sish Hindiston, shuningdek Xitoy, Nigeriya, Pokiston va Efiopiya hisobiga kuzatilgan.
Xitoy aholisi soni 2016 yilning oxirida deyarli 1,4 milliard kishiga yetdi
Jahon 20 Yanvar 2017 4455
Xitoy aholisi soni 2016 yilning oxirida 1,382 milliard kishini tashkil etdi.
Bu mamlakatda 12 oy davomida 8 million inson ko'payganidan darak beradi, deb xabar qildi RIA «Novosti» Xitoy davlat statistika byurosiga asosan.
Mamlakatda o'tgan yilda 17,86 million chaqaloq tug'ildi,
tug'ilish koeffitsiyenti bir ming kishiga 12,95 ni tashkil qildi.
Shuningdek, XXRda 2016 yilda 9,77 million inson vafot etib,
o'lim koeffitsiyenti mingga 7,09 ga teng bo'lgan.
Aholining tabiiy o'sish darajasi ming kishiga 5,86 ko'rsatkichini qayd etgan bo'lsa, tabiiy qisqarish – mingga 0,9 .
2008 yil ma'lumotiga ko'ra, Xitoy aholisining yoshi va jinsi bo'yicha tarkibi quyidagicha taqsimlanadi:
0-14 yoshdagilar - aholining 20,8% tashkil etib, undan 145.461.833 kishi o'g'il bolalar,
128.445.739 kishi esa qizlardan tashkil topgan.
15-64 yoshdagilar - aholining 71,4 % ni tashkil etib,
ulardan 482.439.115 kishi erkaklardan
va 455.960.489 kishi ayollardan iboratdir.
65 va undan yuqori yoshdagilar - aholining 7,8 % ni tashkil etib,
ulardan 48.562.635 kishi erkaklar,
53.103.902 kishi ayollardan iboratdir.
Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra Xitoyda 56 ta millat vakillari istiqomat qiladi.
Aholining 92 % ni xanlar tashkil etib, qolgan millatlarni rasman "oz sonli millat" deb yuritiladi. Amalda kichik etno-tillar guruhlari yirik guruhlar bilan birlashtirilgan bo'lib, ularning real soni ancha ko'pdir. Etnografiyaga asosan, xitoyda 236 ta til mavjud bo'lib, ulardan 235 tasi tirik til hisoblanadi va 1 tasi Zhongen tili batamom yo'q bo'lib ketgandir. Shuni ta'kidlash lozimki, xitoy janubiy provinsiyalardagi ko'pchilik aholi rasmiy standartdan ancha farq qiluvchi xitoy dialektlarida gaplashadi.
Asosan Xitoy aholisi quyidagi millat vakillaridan tashkil topgan bolib, ular:
Xanlar, xuyzular, xanilar, lisular, lahular, nasilar, tsianglar, dinolar, dunlar, chjuanlar, gelaolar, lilar, myaolar, yaolar, mug'ullar, uyg'urlar, qozoqlar, baylar, tutsyalar, ilar, tibetliklar, manchjurlar, koreyslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |