2. Hukumat tuz monopoliyasini va tuz soligʼini yoʼq yilish. 3. Chet el toʼqimachilik tovarlariga qoʼyiladigan homiylik tariflarini bekor qilish. 4. Ingliz amaldorlarining maoshini kamaytirish. 5. Siyosiy mahbuslarni ozod qilish. 6. Maxfiy politsiyani yoʼq qilish va hakozo. Gandi boshchiligi - Аngliya hukumati bu talablarni bajarishdan bosh tortdi. Shundan keyin Gandi boshchiligidagi Milliy kongress “fuqarolik itoatsizligi kompaniyasi”ni boshlashga qaror qildi. 1930 yil 12 martda Gandi bir guruh izdoshlari bilan Аrabiston dengizi sohiliga yoʼl oldi va bu yerda ingliz tuz kompaniyasiga boʼysunmaslik belgisi sifatida tuz pishira boshladi.Gandi sheriklari bilan birga qamoqqa olindi, Kongressning boshqa rahbarlari, shu jumladan Javaharlal Neru ham hibsga olindi. Umuman 60 mingdan ziyod kishi qamaldi. Milliy kongress qonundan tashqari deb eʼlon qilindi.
Ikkinchi jahon urushi arafasida Hindiston - Umumiy sanoat qoloqligiga qaramay, Hindiston mustamlakalar ichida birmuncha rivojlangan mustamlaka edi. Urush arafasi yillarida toʼqimachilik fabrikalari soni koʼpaydi, metallurgiya, metalga ishlov berish zavodlarining mahsulotlari koʼpaydi. Hindistonda yirik korxonalar bilan birga mayda korxonalar ham katta oʼrin tutardiki, ularda pul-tovar munosabatlarining rivojlanishi hunarmandlarni ommaviy xonavayron boʼlishigat olib kelardi.Mustamlaka hokimiyatining toʼsqinlik tadbirlariga qaramay, hind burjuaziyasi chet el sarmoyasi mavqeini birmuncha boʼshashtirishga erishdi.Ikkinchi jahon urushi arafasida ip gazlama sanoatida hind ip gazlama sanoati mahsulotlari mamlakat bozorining 65 foizini egalladi. Hind sarmoyasi sanoatning boshqa sohalariga ham kirib bordi
Qullik konstitutsiyasi - Lekin ingliz kompaniyalari hind iqtisodiyotida ustunlik mavqelarini saqlab qoldilar. Milliy kapitalizmni rivojlanishi bilan bar qatorda hind ishchilarining nisbiy qashshoqlashuvi kuchayib bordi, xususan 1933-1939 yillarda ularning ish haqlari 20-30 foizga kamaydi. Аyni vaqtda yirik shaharlarda yashash qiymati oʼsib bordi.1935 yili ingliz mustamlakachilari Hindistonni boshqarish toʼgʼrisida qonun chiqardilar. Bu qonun hind xalqi tomonidan “qullik konstitutsiyasi” deb ataldi, u quyidagi maqsadlarni: hind mulkdorlariga yon berish bilan ingliz mustamlakachilarining ijtimoiy tayanchini kengaytirish, eski tayanchlar – yirik zamindorlar va knyazlarning mavqeini mustahkamlash,musulmonlar bilan induslar orasidagi ajralishni chuqurlashtirish,mustamlakachilik tartiblari asoslarini mustahkamlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |