Mavzu: Xesh funksiyalar va ulardan axborot xavfsizligini ta’minlashda foydalanish



Download 262,05 Kb.
bet5/6
Sana21.03.2022
Hajmi262,05 Kb.
#504879
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kiberxavfsizlik MI Xesh funksiyalar

SHA-1 xesh funksiyasi algoritmi. Kafolatlangan bardoshlilikka ega
bo‘lgan xeshlash algoritmi SHA (Secure Hash Algorithm) AQShning
standartlar va texnologiyalar Milliy instituti (NIST) tomonidan ishlab
chiqilgan bo‘lib, 1992 yilda axborotni qayta ishlash federal standarti (RUB
FIPS 180) ko‘rinishida nashr qilindi. 1995 yilda bu standart qaytadan ko‘rib
chiqildi va SHA-1 deb nomlandi (RUB FIPS 180-1). SHA algoritmi MD4
algoritmiga asoslanadi va uning tuzilishi MD4 algoritmining tuzilishiga
juda yaqin. Bu algoritm DSS standarti asosidagi elektron raqamli imzo algoritmlarida ishlatish uchun mo‘ljallangan. Bu algoritmda kiruvchi ma’lumotning uzunligi 264 bitdan kichik bo‘lib, xesh qiymat uzunligi 160 bit bo‘ladi. Kiritilayotgan ma’lumot 512 bitlik bloklarga ajratilib qayta ishlanadi.
Xesh qiymatni hisoblash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
1-bosqich. To‘ldirish bitlarini qo‘shish.
Berilgan ma’lumot uzunligi 512 modul bo‘yicha 448 bilan taqqoslanadigan (ma’lumot uzunligi  448 mod 512) qilib to‘ldiriladi. To‘ldirish hamma vaqt, hattoki ma’lumot uzunligi 512 modul bo‘yicha 448 bilan taqqoslanadigan bo‘lsa ham bajariladi. To‘ldirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: ma’lumotga 1 ga teng bo‘lgan bitta bit qo‘shiladi, qolgan bitlar esa 0 lar bilan to‘ldiriladi. Shuning uchun qo‘shilgan bitlar soni 1 dan 512 tagacha bo‘ladi.
2- bosqich. Ma’lumotning uzunligini qo‘shish.
1-bosqichning natijasiga berilgan ma’lumot uzunligining 64 bitlik qiymati qo‘shiladi.
3- bosqich. Xesh qiymat uchun bufer initsializatsiya qilish.
Xesh funksiyaning oraliq va oxirgi natijalarini saqlash uchun 160 bitlik buferdan foydalaniladi. Bu buferni beshta 32 bitlik A, B, C, D, E registrlar ko‘rinishida tasvirlash mumkin. Bu registrlarga 16 lik sanoq sistemasida quyidagi boshlang‘ich qiymatlar beriladi:
A=0x67452301,
B=0xEFCDAB89,
C=0x98BADCFE,
D=0x10325476,
E=0xC3D2E1F0.
Keyinchalik bu o‘zgaruvchilar mos ravishda yangi a, b, c, d va e o‘zgaruvchilarga yozib olinadi.
4- bosqich. Ma’lumotni 512 bitlik bloklarga ajratib qayta ishlash.
Bu xesh funksiyaning asosiy sikli quyidagicha bo‘ladi:
for (t = 0; t < 80; t++){
temp = (a <<< 5) + ft(b, c, d) + e + Wt + Kt ;
e = d; d = c; c = b <<< 30; b = a; a = temp;
},
Bu yerda <<< - chapga siklik surish amali. Kt lar 16 lik sanoq sistemasida
yozilgan quyidagi sonlardan iborat:

ft(x, y, z) funksiyalar esa quyidagi ifodalar bilan aniqlanadi:
Wt lar kengaytirilgan ma’lumotning 512 bitlik blokining 32 bitlik qism
bloklaridan quyidagi qoida bo‘yicha hosil qilinadi:

Asosiy sikl tugagandan keyin a, b, c, d va e larning qiymatlari mos ravishda A, B, C, D va E registrlardagi qiymatlarga qo‘shiladi hamda shu registrlarga yozib qo‘yiladi va kengaytirilgan ma’lumotning keyingi 512 bitlik blokini qayta ishlashga o‘tiladi.

Download 262,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish