Xesh funksiyalar qo’llanilishi va axborot xavfsizligidagi o’rni
X eshlash algoritmlarining zamonaviy kriptografiyadagi tutgan o’rni juda muhimdir va undan hozirda keng ko’lamda foydalaniladi. Yangi xesh algoritmlar xam yaratilmoqda. Yangi xesh algoritmlar kolliziyaga bardoshli, xesh qiymatning tez hisob-kitob qila olishi va.h.k xususiyatlarga ega bo’ladi.
2-rasm. Kriptografik xesh funksiyalar ishlatilishi
Xesh funksiyalar asosan, Elektron raqamli imzo (ERI)da, Torrent, DC Hub, Operatsion sistemalarda va fayllarning butunliligini yoki o’zgartirilganligini nazorat qilish uchun foydalaniladi. Axborot butunligini nazorat qilishning ko’proq maqbul bo’lgan metodlaridan biri xesh-funksiyadan foydalanish hisoblanadi. Xesh-funksiyaning qiymatini uning kalitini bilmasdan turib qalbakilashtirib bo’lmaydi, shu sababli xeshlash kalitini shifrlangan ko’rinishda yoki jinoyatchining «qo’li yetmaydigan» joydagi xotirada saqlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |