Mavzu: Xavotirlanish: kelib chiqish sabablari simptomlari va profilaktikasi Bajardi



Download 41,33 Kb.
bet5/9
Sana04.02.2022
Hajmi41,33 Kb.
#429108
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi (Mamitaliyeva)

Me’yoriy xavotirlanish 3 asosiy jihat bilan tavsiflanadi:

  1. Xavotirlanishga sabab bo’layotgan ob’yektiv xatarni ko’rsatadi.

  2. Me’yoriy havotirlanish tushkunlikka olib kelmaydi;

  3. Bunday xavotirlanishni ijodiy qo’llash mumkin. Agar ularni keltirib chiqaruvchi faktorlarni identifikatsiyalab va ularga qarshi turlicha harakat qilinsa.

Nevrotik havotirlanish tavsifnomalari ulardan farqlanadi bu- xatarga adekvat reaksiya emas. Bunday xavotirlanish tushkunlikka olib keladi va u buzg’unchidir, konstruktiv emas. Nevrotik xavotirlanishga bog’liq bo’lgan tushkunlik va anglashni bloklash odamlarni muhim axborotga kira olishidan mahrum qiladi,
Reaksiyani ikkinchi turini “destruktiv xavotirlanish” deb atash mumkin.
Yuqorida keltirilgan vaziyatlarda biz insonni turli ko’pincha ijtimoiy psixologik stressorlarga (salbiy bahoni kutish yoki agressiv reaksiya, o’ziga nisbatan salbiy munosabatni qabul qilish, o’zini obro’si, hurmatiga nisbatan xatarni sezish) ta’sirini 2 turini ajratdik: konstruktiv va destruktiv vaziyatli xavotirlanish. Biroq har bir insonda o’ziga nisbatan xatarni turli vaziyatlarda qabul qilish va bu vaziyatga me’yoriy xavotirlanish oshadigan bo’lsa konstruktiv yoki destruktiv reaksiya ko’rsatish mavjud. Bu ishtiyoqni Yu.A.Xanin shaxsiy xavotirlanish jihat, xususiyat, dizpozitsiya individual farqlar haqida tasavvur beruvchi va turli stresslarga ta’sir sifatida aniqlaydi. Shaxsiy xavotirlanish hajmi individning avvalgi malakasini xarakterlaydi, yani u qancha ko’p vaziyatli xavotirlanishni boshdan kechirganini. Xavotirlanishni ikkala ko’rinishini: “xarakter xavotirlanishi” va “vaziyatli xavotirlanish”ni differensiyalashni L.I.Kitaev-Smik ta’kidlagan. Barqaror individual farqlarni belgilashda individni xavotir holatini his qilish uchun Ch.Spelberger (“shaxsiy xavotirlanish”) atamasini qo’llashni tavsiya etadi. Xavotirlanish shaxs xususiyati sifatida uni xarakterida namoyon bo’lmaydi, ammo uning darajasini individda xavotirlanish holati qancha tez takrorlanib turishi orqali bilib olish mumkin.
Xavotirlanish tushunchasini chet el psixologlari singari rus psixologlari ham xuddi shunday ta’riflaydilar. Xususan, R.S.Nemov xavotirlanishni doimiy yoki situativ yuzaga keluvchi insonni yuqori xavotirda spesifik vaziyatlarda qo’rquv va hayajonni his qilishi sifatida ko’radi. O.M.Radyuk ham xavotirlanishni insonni xavotirni his qilishga ishtiyoqi sifatida o’rganadi. E.P.Ilin Spelbergerga yondashgan holda quyidagicha ta’rif beradi. “Yuqori xavotirlanish –shaxs emotsional xususiyatini namoyon bo’lishi turli hayotiy vaziyatlarda xavotirlanish holatini tez-tez namoyon bo’lishi”.
Shu tariqa xavotirlanish tushunchasi psixologiyada ikkita o’zaro bog’liq ma’noda qo’llaniladi.
1) aniq vaziyatli stressorga nisbatan reaktiv holat javobi sifatida;
2) turli vaziyatlarda insonni bu holatni his qilishga bo’lgan ishtiyoqi.
Xavotirlanish atamasini sinonimlari sifatida birinchi ma’noda “xavotir”, “xavotir holati”, “vaziyatli xavotirlanish”, “reaktiv xavotirlanish” atamalarini ko’rishimiz mumkin. Ikkinchi ma’noda quyidagi atamalar ishlatiladi: “xavotirlanish”, “shaxsiy xavotirlanish”, “xarakter”, “xavotirlanish holati”, “faol xavotirlanish”, “yuqori xavotirlanish”.Ma’lumki, bu xavotirlanish tushunchalari orasidagi bog’liqlik va ularning differensiyasi inson xavotir holatini his qilishi chastotasi jihati bo’yicha aniqlanadi, yani reaksiya parametri bo’yicha. Bu bog’liqlik bir tekisdir; inson qanchalik ko’p vaziyatli xavotirni his qilsa, uni shaxsiy xavotirlanishi shunchalik barqarorlashadi.
Shaxsiy xavotirlanish reaktiv xavotirlanishning pasayishi bilan barobar rivojlanib borishi mumkin. Shunday qilib, jiddiy xatar oldida faollik va shaxsiy xavotirlanish ortadi. Buning natijasida vaziyatli sust reaktiv xavotirlanish pasayadi. Inson tashqi tomondan anchagina tinch, chidamli bo’ladi.
Ch.Spelberger xavotirni jarayon sifatida ko’rib chiqar ekan uni kognitiv, affektiv va harakat reaksiyalarini bosilishi sifatida tasavvur qiladi. Odamga stressning turli shakllarini ta’siri natijasida faollashadi, ular quyidagi vaqt tarkibiy qismlari zanjiri ko’rinishida bo’ladi. Stress xatarni qabul qilish kognitiv qayta baholash psixologik himoya yoki chetlashni berkitish mexanizmi. Ko’rinib turibdiki, bu yerda stress taranglik sifatida emas faktor (stressor)sifatida namoyon bo’ladi.
G.Sele bu jarayonni quyidagicha tavsiflaydi: birinchi bosqichda miya stressorni qayd qiladi-u xavotirni keltirib chiqaradi va organizmdagi temir moddasiga ma’lumot jo’natadi; garmonlar ishlab chiqila boshlaydi keyin adrenalin ajralib chiqadi, u organizmga xavotir signalini yuboradi. Organizm o’z navbatida bu signalga noodatiy emotsiyalar, fikrlar chalg’ishi o’tira olmay qolish fiziologik reaksiyalar bilan javob qaytaradi. Ammo bunday vaziyat vaqtinchalik va ekstremal vaziyatlar uchun mo’ljallangan. Organizm bunday vaziyatda ko’p qololmaydi. Xatar yo’qolganda yoki organizm unga o’rganib qolsa, teskari mexanizm ishga tushadi, tana o’zining odatiy holatiga qaytadi.
Agar xatar saqlanib qolsa odam xavotirlanishda davom etadi va u yo’qolgandan keyin holdan toyish bosqichi boshlanadi, u sog’liq va , hatto, hayot uchun xavfli. Shu tariqa xavotirlanishni tushunishni psixologiyada quyidagi nuqtaiy nazarlari yuzaga keladi:
1. Xavotirlanish-bu
-ichki xavotirni psixik holati xavotirni his qilishdagi taranglik;
-yomon hislar, xatarni kutishni sub’ektiv his qilish;
-emotsional diskomfortni his qilish;
-nevrotik reaksiya (avtonom nerv tizimini faolligini oshishi bilan kechuvchi emotsional reaksiya);
-salbiy emotsiyalar:qo’rquv, jahl va g’amginlik kompleksi
-murakkab psixik holat, kognitiv emotsional va operatsional tarkibiy qismlarini o’z ichiga oladi,
-shaxs tuzilishida deffektlarni paydo bo’lishi bo’lishi ular turli kasalliklarning kelib chiqishidir;
-shaxs faol harakatini tabiiy va majburiy xususiyati shaxsni o’zini mukammallashtiruvchi stimul sifatida.
2. Xavotirlanish turlarini defferensiyalash lozimdir:
-xavotirlanish vaqtinchalik holat ma’lum vaziyat orqali kelib chiqqan “xavotir”, “xavotir holati”, “vaziyatli xavotir”, “reaktiv xavotirlanish” atamalari bilan ifodalanadi;
- xavotirlanish affektiv fenomenlar jarayoni sifatida, xavotirni kelib chiqishi va rivojlanishiga ko’ra almashib turadi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarni inobatga olgan holda biz uning keyingi mahsuldorroq tushunchasidan kelib chiqamiz:
Xavotirli holat-bu jarayondir;
-affektiv fenomenlar bir-birlarini almashtirib turuvchi ketma-ketlik;
-bosqichlarni almashishi kelib chiqishdan bartaraf etish mexanizmlarigacha;
-ko’payish intensivligini o’zgarishi bo’yicha sustidan ortiqcha qo’rquvgacha.
3. Xavotirlanish shaxsiy xususiyat sifatida bu ko’p qaytariladigan yoki haddan ziyod intensiv holat natijasida situativ xavotirlanishni saqlanib qolishi , u o’z navbatida ma’lum vaziyatda reaksiya xarakteriga ta’sir etadi.
Keyinchalik tadqiqotlar tahlilida stimullashtiruvchi faktorlar xavotirni keltirib chiqaruvchilari biz xavotir manbai sifatida interpritatsiya qilamiz.
Umumiy ko’rinishda xavotirlanish keltirib chiqaruvchi sabab va mexanizmlarni ko’pchilik tadqiqotchilar individni ichki nizolarida ko’radilar ularning kamchilik qandaydir yomon xatarni kutish natijasida kelib chiqadigan. Shu xususiyat asosida CH.Spelberger “qo’rquv” va “xavotir” atamalarini ajratadi. “qo’rquv” atamasi emotsional reaksiyani qandaydir xatarli vaziyatda kelib chiqishini o’z ichiga oladi. “Xavotir” atamasini esa “predmetsiz” emotsional reaksiya sifatida tavsiflaydi. O.M.Gadyuk xavotirni qo’rquvdan quyidagicha ajratadi, xavotir holati predmetsizdir, qo’rquv esa uni keltirib chiqaruvchi obyektni talab etadi. Yana ham aniqroq ma’lumot E.P. Ilyin tomonidan beriladi. Ba’zi tadqiqotchilar masalan S.A.Alasheyev, S.V.Bikov, F.B.Berezin, X.Xekxauzen nafaqat xavotir va qo’rquv farqlarini balki xavotirni holat sifatida va “xavotirlanish shaxs xususiyati sifatida ham farqlaydilar”.
Shaxs uchun turli narsalar haqida tashvishlanish qobiliyati xosdir, bu esa uning hayotga befarq munosabatda emasligidan dalolat beradi. Biroq bu tashvishlanish ba’zida noadekvat shaklda bo’ladi, ya’ni shaxs asoslanmagan holda bu holatni boshdan kechiradi. Psixik holat sifatida xavotirlanish tushunchasining ko’p qirraliligi shundan kelib chiqadiki, turli xil tadqiqotchilar “xavotirlanish” tushunchasini turli ma’noda qo’llaydilar.
Ch.D.Spilberger fikriga ko’ra, xavotirlanish konsepsiyasining noaniqligi va ko’p qirraliligining asosiy sababi. Bu atama odamda ikki asosiy ma’noda foydalaniladi. Lekin ular bir-biri bilan bog’liq. Shu bilan birga turlicha tushunchalar sifatida qo’llaniladi. Ko’pincha, “xavotir” terminini yoqimsiz emotsional holat sifatida qaraladi. Bu holat esa zo’riqish, notinchlik,g’amginlikni his qilish tariqasida fiziologik jihatdan avtonom nerv tizimining faollashuvi sifatida tavsiflanadi. Xavotirlanish holatini inson vujudga kelishi mumkin bo’lgan stress darajasi funksiyasidek vaqt va intevsivligi bo’yicha o’zgarib boradi.



Download 41,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish