Mavzu: Xavotirlanish: kelib chiqish sabablari simptomlari va profilaktikasi Bajardi


Xorij psixologlari tadqiqotlarida xavotirlanish masalasi



Download 41,33 Kb.
bet4/9
Sana04.02.2022
Hajmi41,33 Kb.
#429108
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi (Mamitaliyeva)

1.2. Xorij psixologlari tadqiqotlarida xavotirlanish masalasi
Har qanday tadqiqotni boshlang’ich nuqtasi tushunchalarni ma’nosini aniqlashdir ammo “xavotirlanish” atamasini aniqlashda fikrlar tarqoqdir. Shuning uchun eng avvalo quyidagi savollarga javob berish lozim. Xavotirlanish holatining o’zi nima? Uning psixologik asosini qanday omillar tashkil qiladi?
Tadqiqotchilar tomonidan “Xavotirlanish tushunchasini eng ko’p umumiy o’rganiladigan jabhasi uni nevrotik va nevrotik oldi tuzilishi sifatida ko’rib chiqishdir. Bu holatni aniqlashtirish jarayonida xavotirlanish tushunchasini fikr va mushohadalarida ziddiyat yuzaga keladi. Avvalo xavotirlanish ichki notinchlik kechinma, qo’rquv kabi psixologik holat, sub’yektiv hissiy taranglik salbiy xavotirlarni oldindan sezish emotsional noqulaylikni his qilish, noma’lum xatarni oldindan sezish sifatida ko’riladi.(F.B.Berezin) Shunga ko’ra ko’pchilik tadqiqotchilar spetsefik kechinmalarida xavotirlanish holatini tavsiflovchi faqat emotsional tarkib aks sub’ektiv tarzda yoqimsiz his qilinadigan noqulaylik xatarnigina ajratadilar (M.S.Merlin, O.M.Gadyuk,A.M.Prixojan, D.Lyuis, K.Izard). K.Izard xavotirlanishni salbiy emotsiyalar sifatida aniqlaydi: qo’rquv, jahl va g’amginlik. Xavotirlanishga yoqimsiz emotsional fon, shaxs tuzilishidagi defektlarni boshqaruvchi va turli kasalliklarni rivojlantiruvchi sifatida qaraladi. Har qanday psixologik holat singari xavotirlanishni his qilish va faqat shartli tarzda undagi tarkibiy qismlarni evaziga emotsional holat sifatida xarakterlanishi mumkin. Aslida esa xavotirlanish murakkab tuzilma sifatida tavsiflanadi, u o’zida kognitiv, emotsional va operatsional aspektlarni emotsionallik ustunlik qilgan holda mujassamlashtiradi. Shunday qilib Ch.Spilberger xavotirlanish holatini avtonom nerv tizimidagi faollikni oshishi bilan kuzatiluvchi emotsional reaksiya sifatida aniqlaydi. Atamashunoslikdagi ko’p ma’nolilik va chalkashliklardan qochish maqsadida CH.Spilberger xavotirlanish atamasini yoqimsiz emotsional holatni, taranglikni, mudhish tuyg’ularni, stress holatlarini tushuntirish uchun qo’llashni tavsiya etadi. Psixologik taranglik atamasi bu tushunchani salbiy assotsiatsiyalardan holi qiladi va odamni qiyin vaziyatlarda aynan psixik funksiyalashuvini o’rganishni
taqozo etadi. Tashvishlanish ma’lum vaziyatdan kelib chiqqan asabiylashish va vegetativ nerv tizimini faollashuvi, yurak urushining tezlashishi, ko’p terlash bilan kechuvchi harakatlar bilan tavsiflanadi. Bunday holat vaqtinchalikdir chunki organizm bunday holatda ko’p qololmaydi va xavf vaziyati yo’qolgandan so’ng yo’qoladi, shuning uchun xavotirlanishni holat sifati mantiqan haqiqatda havotirlanish emas, vaziyatli xavotirlanish deyish maqsadga muvofiq. Xavotirlanish so’zi ko’proq darajada yaqinlashayotgan tashqi xatar bilan xarakterlanadi, ichki kechinmadan ko’ra.
V.S.Merlin va E.P.Ilin boshqalar singari xavotirlanishni yuqori emotsional ta’sir ma’lum vaziyatga reaksiya sifatida aniqlaydi. Biroq E.P.Ilin umumqabul qilingan salbiy tavsifnoma fikriga qarshi shuni ta’kidlaydiki, xavotirlanishning ma’lum darajasi bu shaxsning muhim faoliyat xususiyatdir. Har bir odamda xavotirlanish darajasining optimal varianti mavjud. Rivojlanish va kompensatorli va himoyaviy namoyishlarni realizatsiyalash va yuksaltirish stimuli sifatida ya’ni “foydali” xavotirlanish sifatida. Xavotirlanishning bu ko’rinishini “konstruktiv xavotirlanish” deymiz.
Yerkes-Doolsonning mashhur qoidasiga ko’ra motivasiya kuchi qancha yuqori bo’lsa, faoliyat natijaviyligi shuncha yuqori bo’ladi. G.L.Shabanova fikriga ko’ra taranglik bo’lmagan talablar kam qo’yiladigan sharoitdagi faoliyat zerikishga olib keladi. Shuning uchun taranglikni kuchaytirish, stimullash muhim hisoblanadi. Agar talablar odamning individual imkoniyatlaridan ortib ketsa, bu xavotirning yuqori darajasidir va ushbu holat faoliyat sifatini yomonlashishiga olib keladi. Xebbning ta’kidlashicha, taranglikning ortishi davom etsa shaxsiy resurslarni ko’paytirmasdan talablarni kuchaytirish holsizlanishga olib keladi.
R.Mey xavotirlanishni 2 asosiy turga bo’lgan: me’yoriy va nevrotik.

Download 41,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish