2. Davr xarajatlari (operatsion xarajatlar):
a) mahsulot sotish xarajatlari;
b) ma’muriy yoki boshqaruv xarajatlari;
v) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar;
3. Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar:
a) foizlarni to’lash bo’yicha xarajatlar;
b) xorijiy valyuta bilan operatsiyalar bo’yicha kurslardagi salbiy farqlar;
v) qimmatbaho qoG’ozlarga qo’yilgan mablag`larni qayta baholash natijasidagi zararlar;
g) moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar;
4. Favqulodda xarajatlar
daromad (foyda)dan olinadigan soliq to’lagunga qadar foyda va
zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi.
Mahsulot (ish va xizmat)lar ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ish va xizmat)larni
ishlab chiqarish bilan bog`liq bo’lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan
shartlangan xarajatlar kiritiladi. Yuqoridagi xarajatlar iqtisodiy mazmunga ko’ra quyidagi elementlar
bilan guruhlarga ajratiladi:
-
ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan
holda);
-
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari;
-
ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urta ga ajratmalar;
-
asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar
amortizatsiyasi;
-
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
= 3 =
Ishlab chiqarish xarajatlarini hujjatlarda to`g`ri va o’z vaqtida rasmiylashtirish
korxonada boshqaruv hisobining samarali ishlashini ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda hisob
ma’lumotlari asosida korxona ishlab chiqarish faoliyatini tahlil qilish va kelgusidagi faoliyatni
rejalashtirish imkoniyati oshadi.
2010-«Asosiy ishlab chiqarish» va 2310-«Yordamchiishlab chiqarish» hisobvaraqlari bo’yicha
analitik hisob har bir mahsulot turi, kalkulyatsiya bandlari va bajarilgan joyi bo’yicha alohida
yuritiladi. Buning uchun analitik hisob kartochkasi yuritiladi.
2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» hisobvarag`i bo’yicha analitik hisob 12-qaydnomada
yuritiladi. 12-qaydnoma shaxmat shaklida bo’lib, tegishli grafalarga hisobvaraqlar bo’yicha xo’jalik
muomalalarining summasi yoziladi.
Sexlar bo’yicha xarajatlar aks ettirilib va №12-qaydnomada jami ma’lumotlar chiqarilgandan
so’ng, sex qaydnomalari xarajatlari jamlanadi. Yakuniy ma’lumotlarni «Korrespondentlashadigan
hisobvaraqlar jami» jadvaliga, qaydnomaning orqa tomoniga yoziladi. Yuqoridagi ma’lumotlar №10-
jurnal-orderda xarajatlar bo’yicha sintetik hisobvaraqlarda yozuv uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Bundan so’ng butun korxonada xarajatlar va ishlab chiqarish faoliyati bo’yicha natijalarni
aniqlash lozim. Buning uchun №12 va 15-qaydnomalarda hisobga olingan ishlab chiqarish
xarajatlarini iqtisodiy elementlar va xarajatlar yo’nalishi bo’yicha umumlashtirib tahlil etish va sintetik
hisobvaraqlar bo’yicha kredit oborotini aniqlash kerak. Bu ma’lumotlar Bosh kitobni yuritishga asos
bo’ladi.
Korxona bo’yicha ishlab chiqarish xarajatlarini №10-jurnal orderda jamlanadi. Ushbu jurnal-
order shaxmat qaydnomasi prinsipiga asosan tuziladi. Kredit hisobvaraqlar ustunlar bo’yicha, debet
hisobvaraqlar qatorlar bo’yicha joylashtirilgan. Ya’ni ishlab chiqarish xarajatlari sintetik hisobvaraqlar
sistemasi qatorlar bo’yicha joylashtirilgan. Ustunlar va qatorlar bo’yicha ma’lumotlar yiG’ilganda
natijalar bir-biriga mos kelishi kerak. №10-jurnal-order ma’lumotlari ishlab chiqarish xarajatlarini
iqtisodiy elementlar bo’yicha aniqlash uchun hamda tannarx hisoblash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
№10-jurnal-order yakuniy ma’lumotlarini №10-1-jurnal-orderning qatori bo’yicha ko’chiriladi. №10-
1-jurnal-order 10-jurnal-orderning davomi bo’lib hisoblanadi. Unda №10-jurnal-orderdagi kredit
bo’yicha hisobvaraqlar oboroti aks ettiriladi va noishlab chiqarish hisobvaraqlar debeti bilan
korrespondensiyalashadi.
Nazorat uchun savollar
1.
Ishlab chiqarish xarajatlar qanday turkumlarga ajratiladi?
2.
Xarajatlar tarkibi to`g`risida Nizom haqida nima bilasiz?
3.
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni aytib baring?
4
Davr xarajatlari tarkkibiga qanday xarajatlar kiradi?
Yakuniy ma’lumotlar jamlanib, kredit bo’yicha hisobvaraqlar oborot summalari
aniqlanadi va Bosh kitobga ko’chiriladi. Bosh kitob yillik hisobotlarni asosini tashkil etuvchi
yakuniy ma’lumotnoma bo’lib hisoblanadi. Ushbu kitobda ma’lum davr mobaynida har bir
hisobvaraq bo’yicha xo’jalik operatsiyalari oboroti aks ettiriladi.
Document Outline - a) Bevosita va bilvosita material xarajatlar
- Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining guruhlanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |