1)
mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;
2) mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar.
Bundan tashqari, moliyaviy faoliyat bo’yicha hamda favqulodda xarajatlar alohida hisobga
olinadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:
1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
a) bevosita va bilvosita material xarajatlar;
b) bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlari;
v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega
bo’lgan ustama xarajatlar.
Bevosita
xarajatlar deb, mahsulotning ayrim turlari tannarxiga to`g`ridan-to`g`ri, ya’ni bevosita
o’tkaziladigan xarajatlarga aytiladi.
Bilvosita,
ya’ni egri xarajatlar deb, hisobot oyi davomida yiG’ib-
taqsimlovchi hisobvaraqlarda hisobga olinib, tannarxni kalkulyatsiya qilishda, mahsulotning ayrim
turlari tannarxiga biron-bir ko’rsatkichga mutanosib ravishda taqsimlash yo’li bilan qo’shiladigan
xarajatlarga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |