-
bosh kompaniyaning xorijdagi ko’chmas mulki;
-
bosh kompaniyaning kamida bir yil davomida
xorijda faoliyat yurituvchi
moslamalari (kemalar, samolyotlar, neft qazib chiqaruvchi platformalar va boshqalar).
Sho’ba kompaniyalar qabul qilayotgan mamlakatda o’z balansiga ega bo’lgan mustaqil firma
sifatida (ya’ni yuridik shaxs hisoblanib) ro’yxatdan o’tadi va TMK tizimiga kiruvchi korxonalar
hisoblanadi. Bosh kompaniya uning aksiyalarning kontrol paketiga yoki sho’ba kompaniyaning
butun kapitaliga egalik qiladi, korxona boshliqlarini tayinlaydi va nazorat qiladi.
Uyushgan kompaniya - bu qabul qiluvchi mamlakatda aksiyalarining 10-50 % ga bosh
kompaniya egalik qiluvchi TMK tizimidagi korxona hisoblanadi. Bu korxona bosh
kompaniyaning nazoratida emas, balki ta’siri ostida bo’ladi.
Ba’zan bo’lim, sho’ba va uyushgan kompaniyalar milliy firma faoliyatining baynalmilallashuvi
yo’lidagi bosqichlardan biri hisoblanadi. Bu holatda internatsionallashtirishning
ilk bosqichi
bo’lib odatda kompaniya mahsulotlarining eksporti hisoblanadi. So’ngra bu jarayon tashqi savdo
bitimlari, xorijiy hamkorlar bilan texnologiyalar (litsenzion bitimlar) ayirboshlash hisobiga
kengayadi. Tovar aylanishining ko’payishi, qabul qiluvchi mamlakat firmalari bilan ilmiy- texnik
aloqalarining kengayishi eksporter kompaniyaning bu mamlakatda o’z vakolatxonasini ochish
zaruratiga olib keladi. Muomalalar hajmining o’sishi natijasida vakolatxona bosqichma-bosqich
sho’ba kompaniyasi va keyin uyushgan kompaniya darajasiga ko’tariladi. Xorijiy
tadbirkorlikning keyingi rivoji global ko’lamdagi biznesga ega xalqaro korxonaning
shakllanishiga olib keladi.
Yuqorida aytib o’tilgan milliy kompaniyaning TMK sari borish yo’lini ko’pchilik
xalqaro
kompaniyalar uchun odatiy bo’lgan tashkiliy qayta shakllanish zanjiri sifatida quyidagicha
tasavvur qilish mumkin, ya’ni eksport - texnologiyalar bilan almashinuv - qabul qiluvchi
mamlakatdagi vakolatxona - sho’ba kompaniya - uyushgan kompaniya - global ko’lamdagi
biznesga ega xalqaro kompaniya.
Kompaniya millati haqidagi masalalar bankrotlik, soliqqa tortish,
antimonopol qonunchilikni
qo’llash va bir qator boshqa holatlarda ham yuzaga keladi. Ko’pchilik soliqqa tortish huquqiy
tizimiga ko’ra har bir kompaniya qardosh firmalar bilan aloqalaridan qat’iy nazar alohida soliqqa
tortiladi. Bunda ikkiyoqlama soliqqa tortmaslik uchun bosh kompaniya qardosh korxona bilan
ularga texnologiyalarni, nou-xaularni berish, patentlardan, konstruktorlik ishlanmalaridan, savdo
belgilaridan, ITTKI natijalaridan (agar ITTKI tijorat daromadi keltirsa, ular soliqqa tortiladi)
foydalanish sohasida kelishib olishlari zarur. Qabul qiluvchi mamlakatni soliq organlarining
bosh kompaniya va uning xorijiy filiallari orasidagi munosabatlarni bilishi qabul qilayotgan
mamlakatning soliq deklaratsiyasida TMK filiallari tomonidan ko’rsatilayotgan
daromadlar
hajmining to’g’riligini nazorat qilish imkonini beradi.
90-yillarda yirik TMKlar tomonidan qabul qiluvchi mamlakatlar soliq qonunchiligini qo’pol
buzilganligi holatlari ham kuzatilgan. Masalan, 90-yillar o’rtalarida Yaponiya soliq organlari
“Koka-kola” kompaniyasi filialiga bosh kompaniya hisobiga haddan tashqari ko’p
litsenziyalangan pullarni o’tkazgani, shunga ko’ra soliq deklaratsiyasida filial foydasi past
ko’rsatilgani uchun 15 mlrd. iena miqdorida jarima solgan. Shu vaqtning o’zida “Nissan” yapon
mashinasozlik kompaniyasi AQSh soliq boshqarmasiga 17 mlrd. iena miqdorida jarima to’lagan,
chunki u o’z foydasining bir qismini Yaponiyadagi bosh kompaniya hisobiga o’tkazib yuborish
evaziga Amerika solig’ini chetlab o’tishga muvaffaq bo’lgandi.
Antimonopol qonunchilik qo’llanilgan holatlarda ko’p mamlakatlar sudi birlashmagan bozor
qudratini aniqlashda korxonalarning iqtisodiy birligini (qardoshligi) ko’zda tutadi. Bu yerda
ko’pgina TMKlarning huquqiy maslahatlar, ITTKI, moliya,
buxgalteriya, bir yoki bir nechta
xalqaro markazlarda dasturlashtirish kabi TMKning butun tizimiga xizmat ko’rsatadigan
vazifalarni markazlashtirishi e’tiborga olinadi. Kompaniya millati sud yoki arbitrajda bosh
kompaniyaning ekologik jihatdan zararli texnologiyalar yoki nuqsonli mahsulotlar ishlab
chiqarishga jalb qilinganligi darajasi ko’rib chiqilayotganda katta ahamiyatga ega bo’lishi
mumkin. Bunday holatlarda sud hukmiga huquqiy tomondan tashqari ma’naviy masalalar ham
ta’sir etishi mumkin. Masalan, hammaga ma’lum bo’lgan Bxopaldagi (Hindiston) kimyo
zavodida
insonlarning
ommaviy
zaharlanishiga
“Yunion karbayt” kompaniyasining
texnologiyasidan foydalanilish sabab bo’lgan va u sudda Hindiston tomoni oldida ma’naviy
javobgarligini tan olib, zarar ko’rgan oilalar harajatlarini qoplash majburiyatlarini o’z bo’yniga
olgan.
TMK millatini va uning chet el filiallari bilan aloqasini aniqlashdagi qiyinchiliklar bu
aloqalarning ko’p uchraydigan ko’pdarajaliligi bilan tushuntiriladi. Masalan, o’yinchoqlar
tayyorlaydigan yirik “Mattel” korporatsiyasi (AQSh) butun dunyo bo’yicha 39 ta qardosh
kompaniyaga egadir, bulardan 26 tasi bosh kompaniyaning bevosita mulki va 13 tasi esa
“Mattel” korporatsiyasining chet el filiallariga tegishlidir (3.5. jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: