Siyosiy fanlarni ichki va tashqiga ajratmasdan uning asosiy masalalarini ko‘rib chiqishga bo‘lgan intilishi tushunarli va samaralidir. Gap oxir-oqibatda, asosida manfaatlar kurashi yotgan siyosatning faoliyat jarayoni sohasidagi ikki jihati va ikki aspektiga taalluqli. Ammo “Xalqaro munosabatlar” fani o‘zining uzoq yillik tarixiga qaramasdan yetarli darajadagi yirik muvaffaqiyatlarga erisha olmadi (bu sohadagi ilk tadqiqot mil.avvalgi V asrda yashab o‘tgan Fukididning “Peloponnes urushi tarixi” asaridir). Ushbu yo‘nalishda muvaffaqiyatga erishgan yirik vakillar safiga G.Morgentau, R. Aron va A.Yolfers va boshqalarni kiritish mumkin. Ular ushbu fenomenning murakkabligini, uning ichki va xalqaro hayot, psixologiya va tashkilotlar nazariyasi, iqtisodiy soha va ijtimoiy strukturaga bog‘liq ravishda bir yoqlama tushuncha emasligini nomoyon etishgan. Bu holat sotsiologiya, psixologiya, iqtisodiyot va matematika, antropologiya va informatika hamda boshqa fanlar imkoniyatlariga tayangan holda davlatning tashqi siyosiy faoliyatini aniq o‘rganishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |