Mavzu: Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari Kirish. 1-bob. Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari


Kurs ishining maqsadi; Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari



Download 56,37 Kb.
bet2/8
Sana08.06.2023
Hajmi56,37 Kb.
#949952
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari Kirish. 1-bob. X

Kurs ishining maqsadi; Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiyava takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining obyekti; Iqtisodiyotda xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini xorijlik yetakchi olimlarning
Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari xususiyatlari va ahamiyati borasidagi amaliy ishlanmalari, ilmiy maqola va konseptual nazariyalari
tashkil etadi.
Kurs ishining tuzilishi. Ushbu Kurs ishi kirish, xulosa, foydalanilgan
adabiyotlar ro’xati va o’zaro mazmunan bog’langan 2ta bob va 4 ta bo’limdan iborat
1-BOB.XALQARO SAVDO NAZARIYALARI
1.1 Merkantilizm va erkin savdo g‘oyasi
Xalqaro savdoga oid nazariyalar o‘z tarixiga ega. Bu boradagi ilk iqtisodiy ta’limot 17-asrdayoq yaratilgan. 0‘rta asrlarda ro‘y bergan Yevropadagi ulkan o‘zgarishlar jumladan, yangi qit’alarning kashf etilishi, mustamlakalardagi oltin va bosh- ’boyliklarni egallab olishga intilish o‘z-o‘zini ta’minlashni targ‘ib etuvchi feo- jaiizm nazariyasi doirasidan chiqib ketgan yangi xo‘jalik tizimi doirasida tovarlar oiini va davlatlarning xalqaro savdoga bo‘lgan talabini asoslab bera oladigan yan- ei iqtisodiy nazariyaga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Shunday nazariyalardan biri merkantilizm ta’limotidir. Merkantilizm maktabi XVI-XVII asrlarda faoliyat ko‘rsatgan. Uning eng yirik vakillari ingliz iqtisodchilari Tomas Man (1571-1641) vaUilyam Staffordlar (1554-1612) hisoblanishadi.
Merkantilistlar o‘z nazariyalarida faqat cheklangan miqdordagi boylikka ega bo‘lgan statik qarashlarni qo‘llab-quvvatlaganlar. Shu sababdan biron-bir mamlakat boyligining ko‘payishi faqatgina boshqa mamlakatning qashshoqla- shishi evaziga amalga oshishi mumkin. Demak, boylikning ko‘payishi qayta taqsimot evaziga amalga oshar ekan, har bir mamlakat mustahkam iqtisodiyot- ga va boshqa davlatlar ustidan hukmronlikni ta’minlab bera oladigan armiya, harbiy va savdo flotidan iborat kuchli davlat qurilmasiga ega bo‘lishi zarur deb hisoblashgan.
Merkantilistlar iqtisodiyotni ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va harbiy kolo- niyalar sektoriga boiishgan. Savdogarlar iqtisodiyotning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishida eng muhim guruh, deb hisoblangan, mehnat esa ishlab chiqarishning asosiy omili sifatida baholangan. Mamlakatning boyligi uning ixtiyorida bo‘lgan oltin va kumush bilan belgilanligi sababli tashqi savdo maktabi mamlakat milliy iqtisodiyotini mustahkamlashi uchun quyidagilarga amal qilish lozim, deb hisob­lashgan:

  • tashqi savdoda musbat saldoni ta’minlash — eksportning importdan katta bo‘- lishi mamlakatning oltin zaxirasini boshqa mamlakatlarning oltin manbalari hisobiga o‘sishiga olib keladi. Bu, o‘z navbatida, ichki xarajatlar, ishlab chiqa­rish va bandlikning oshishiga olib keladi;

  • eksportni oshirish va importni kamaytirishga qaratilgan tashqi savdo siyosatini yuritish — tariflar, kvotalar va boshqa dastaklar yordamida savdo balansining musbat savdo saldosini ta’minlash;

  • xomashyoning olib chiqilishini qattiq cheklash yoki ta’qiqlash va mamlakatda mavjud bo‘lmagan xomashyo importidan boj undirmaslik, chunki bunday cho- ra-tadbirlar mamlakat oltin zaxirasining ko‘payishi va tayyor mahsulotlarni past narxlar bo‘yicha eksport qilish imkonini yaratadi;

  • mustamlakalarning metropoliyadan boshqa davlatlar bilan har qanday savdo aloqalarini ta’qiqlash va mustamlakalarni xomashyo ta’minotchisiga aylan- tirish.

Merkantilistlar g‘oyasiga binoan iqtisodiy tizimda to‘liq bandlikka erishib bo‘l- maydi. Shu sababli xorijdan keladigan qo‘shimcha oltin qo‘shimcha ish joylarning yaratilishiga, ishsizlik darajasining pasayishi va ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayishiga olib keladi.
Merkantilistlar xalqaro savdo nazariyasi rivojlanishiga jiddiy ulush qo‘shdilar. Ular xalqaro savdoning mamlakat iqtisodiy o‘sishidagi o‘rnini birinchi bo‘lib chuqur tahlil qildilar va uning rivojlanishining muhim modellaridan birini ishlab chiqdilar.
Ular birinchi bo‘lib zamonaviy iqtisodiyotda to‘lov balansi, deb ataladigan tushun- chani ta’rifladilar.
Merkantilistlar g‘oyasining kamchiligi — bu ularni bir mamlakat boyishi bosh­qa mamlakatlarning qashshoqlashishi hisobiga amalga oshadi deb hisoblashgani- dir. Bunday g‘oyaga amal qilish jahon iqtisodiyotida iqtisodiy disproporsiyalarga va iqtisodiy vaziyatning keskinlashuviga olib keldi. Metropoliyalarning mustamla- kalar hisobidan boyishi ularda haddan ziyod oltin massasining to‘planishiga va shu orqali giperinflyatsiyaga olib keldi.
Merkantilistlarning g‘oyalari xalqaro iqtisodiyotdagi keyingi maktablari g‘oya- lariga ilmiy yo‘nalish berdi. Merkantilistlar g‘oyalari bir yarim asr maboynida keng qo‘llanilgan. Buning natijasida XVIII asrda xalqaro savdo aloqalarida keskinliklar- ning kuchayishi holatlari kuzatilgan.
«Erkin savdo» nazariyasi. Merkantilistlarni keskin tanqid qilgan iqtisodchi- lardan biri Adam Smitdir (1723-1790). A. Smit mamlakatning boyligi u ega bo‘lgan oltin miqdoriga emas, balki uning ishlab chiqarish imkoniyatlariga bog‘liqligini ko‘rsatib berdi. Shuning uchun har qanday davlatning bosh vazifasi mamlakat ega bo‘lgan oltin miqdorini oshirish emas, balki xalqaro mehnat taqsimotida o‘ziga xos munosib o‘rin egallashdan iboratdir. Shuningdek, A. Smit g‘oyalariga binoan ish­lab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun davlatning iqtisodiyot- ga aralashuvini cheklash kerak. Ushbu siyosat «Lessa fer»1 nomini oldi.
A. Smit qarashlariga muvofiq:

  • davlat tashqi savdoga aralashishi kerak emas va mamlakat erkin savdo rejimi- ga rioya qilishi lozim;

  • mamlakatlar ishlab chiqarishda afzallikka ega bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqa- rishga ixtisoslashishlari kerak va bu tovarlarni boshqa mamlakatlar afzallikka ega bo‘lgan tovarlar bilan ayirboshlashi kerak;

  • tashqi savdo milliy bozorlarni boshqa mamlakatlar hisobiga kengaytirish orqa­li mehnat unumdorligining o‘sishini ta’minlaydi;

  • eksport mamlakat iqtisodiyoti uchun ijobiy omil hisoblanadi, chunki u ichki bozorda sotilmagan ortiqcha mahsulotlarni xorijga sotish imkonini beradi;

  • eksport subsidiyalari ichki soliqlar hisobidan moliyalashtiriladi va ichki narx- larning oshishiga olib keladi. Shuning uchun ularni bekor qilishi kerak.



Download 56,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish