O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo siyosatining xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo siyosati iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlariga erishish, inflatsiya sur’ati va ishsizlik darajasilarining me’yor darajasida bo‘lishini ta’minlash, valuta zahiralarini ko‘paytirish, milliy valuta almashinuv kursining mo‘tadil devalvatsiyasi va to‘lov balansining barqarorligini ta’minlash maqsadlariga qaratilgan.
Tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar etkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirish vazifasini amalga oshirish eksport hajmini barqaror o‘stirish, tashqi bozordagi o‘zgarishlar ta’sirida uning hajmi keskin kamayishi xavfini bartaraf etish imkonini beradi.
241
O‘tgan yillar mobaynida eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab- quvvatlash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini yuksaltirish, tashqi savdo tarkibida ijobiy siljishlarga erishish, uning hajmini barqaror o‘stirish imkonini bermoqda.
Keyingi yillarda eksportni rag‘batlantirish uchun so‘mning AQSH dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko‘rilishi va mahalliylashtirish dasturining izchil amalga oshirilishi natijasida respublikamiz to‘lov balansining, xususan, tashqi savdo balansining barqarorligi saqlab qolindi.
rasmda respublikamiz tashqi iqtisodiy savdo balansi (eksport- import) ijobiy saldoga ega boTganligini ko‘rishimiz mumkin.
17.3-rasm. O‘zbekistonning tashqi savdo ko‘rsatkichlari
dinamikasi, mln.doll.99
2018 yil yanvar-dekabr oylari yakunlariga kora, respublikada tashqi savdo aylanmasi 33 815,3 mln.AQSH dollarini tashkil etib, otgan yilning shu davriga nisbatan 27,3 %ga o'sdi. shu jumladan, eksport hajmi 14 257,9 mln. AQSH dollarga (osish surati 13,6 %) va import hajmi 19 557,4 mln. AQSH dollariga (osish surati 39,6 %) yetdi. Tashqi savdo saldosi minus 5 299,5 mln. AQSH dollarini tashkil qildi.
Songgi yillarda hukumatimiz tomonidan sanoat tuzilmasini diversifikatsiya qilishni, eksportni qollab-quvvatlash, import o rnini bosuvchi tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni yanada oshirilishi natijasida eksport tarkibida sezilarli ozgarishga erishildi.
Ko‘rilayotgan davrlarda mamlakatimiz eksport hajmi import hajmiga nibatan ko‘p bo‘lgan. SHuningdek, eksport va importning YAIM dagi ulushlari 2004 yildan boshlab pasayish tendensiyasiga ega bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Ayniqsa bu ko‘rsatkich 2015 yilga kelib juda past ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Jahon bozorida paxta tolasi, mis va oltinning narxlari tushib ketishi yuzaga kelgan vaziyatning asosiy sababidir. Eksportning YAIM dagi ulushi kamayganligi eksport hajmining absolyut miqdori kamayganligini bildirmaydi. Bu holatda YAIM ning o‘sish sur’atlari eksport hajmining o‘sish sur’atidan katta bo‘lganligi sababli YAIM dagi eksportning ulushi kamayganligini ko‘rishimiz mumkin.
1-jadval
O‘zbekistonning 2000 - 2018 yillardagi eksport - import
operatsiyalari dinamikasi100
Yillar
|
YaI
M
mlrd.
dolla
r
|
Eksport
mln.dolla
r
|
Import
mln.dolla
r
|
Eksport —import saldosi mln.dolla r
|
Eksportnin g YaIM dagi ulushi, foizda
|
Importnin g YaIM dagi ulushi, foizda
|
2000
|
13,8
|
3264,7
|
2947,4
|
317,3
|
23,6
|
21,3
|
2001
|
11,62
|
3170,4
|
3136,9
|
33,5
|
27,3
|
27
|
2002
|
9,65
|
2988,4
|
2712
|
276,4
|
31
|
28,1
|
2003
|
10,13
|
3725
|
2964,2
|
760,8
|
36,8
|
29,3
|
2004
|
11,01
|
4853
|
3816
|
1037
|
44,1
|
34,7
|
2005
|
13,06
|
5408,8
|
4091,3
|
1317,5
|
41,4
|
31,3
|
2006
|
16,72
|
6389,8
|
4781,6
|
1608,2
|
38,2
|
28,6
|
2007
|
22,31
|
8991,5
|
6728,1
|
2263,4
|
40,3
|
30,2
|
2008
|
28,61
|
11493,3
|
9704
|
1789,3
|
40,2
|
33,9
|
2009
|
32,81
|
11771,3
|
9438,3
|
2333
|
35,9
|
28,8
|
2010
|
38,98
|
13023,4
|
9175,8
|
3847,6
|
33,4
|
23,5
|
2011
|
45,3
|
15021,3
|
11344,6
|
3676,7
|
33,1
|
25
|
2012
|
51,17
|
13599,6
|
12816,5
|
783,1
|
26,6
|
25
|
2013
|
57,7
|
14322,7
|
13946,9
|
375,8
|
24,8
|
24,1
|
2014
|
63,1
|
13545,7
|
13984,3
|
-438,6
|
21,5
|
22,2
|
2015
|
66,9
|
12507,6
|
12416,6
|
91,0
|
18,7
|
18,6
|
2016
|
67,1
|
12094,6
|
12137,6
|
-43,0
|
18,2
|
18,1
|
2017
|
48,7
|
12553,7
|
14012,4
|
-1458,7
|
25,9
|
28,7
|
2018
|
49.7
|
14 257,9
|
19 557,4
|
-5 299,5
|
28,8
|
39,4
|
Iqtisodiyotimiz tarkibidagi chuqur o‘zgarishlar mamlakatimiz eksport salohiyatini mustahkamlash, eksport hajmini barqaror oshirish va uning tarkibida ijobiy o‘zgarishlarga erishishda eng muhim omilga aylandi.
Eksportning o‘sishi iqtisodiy o‘sish sur’ati tezlashuvining asosiy omillaridan biriga aylandi. Eksportning o‘sishiga ham ichki omillar, ham tashqi omillar ta’sir ko‘rsatdi. Eksportning o‘sishini rag‘batlantiruvchi asosiy omillar, milliy valyutaning konvertatsiyalanishiga erishish, mahalliy tovarlarni eksportga chiqarishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar bo‘ldi.
Eksport siyosatini bosqichma-bosqich xomashyo eksportidan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar eksportiga yo‘naltirish sanoatning texnologik darajasi va uning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish asosida amalga oshirildi. Ichki sanoatning rivojlanishi bilan bir paytda ayniqsa, xomashyo bilan bog‘liq bo‘lmagan tarmoqlarda eksportchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar bilan uyg‘unlikda proteksionizmni asta-sekinlik bilan qisqartirish o‘tkazildi. Savdo siyosati umuman iqtisodiyotning ko‘proq ochiqligiga yo‘naltirildi.
2-jadval
O‘zbekiston Respublikasining eksport tarkibining yillar bo‘yicha dinamikasi, foizda101
Eksport tarkibi
|
1990
yil
|
2000
yil
|
2011
yil
|
2012
yil
|
2013
yil
|
2014
yil
|
2015
yil
|
2016
yil
|
2017
yil
|
2018
yil
|
Paxta tolasi
|
59,7
|
27,5
|
9,0
|
9,3
|
8,1
|
7,7
|
6,1
|
5,3
|
3,8
|
1,6
|
Oziq-ovqat
Mahsul
Otlari
|
3,9
|
5,4
|
13,2
|
6,4
|
10,3
|
12,4
|
10,8
|
5,7
|
7,0
|
7,7
|
Kimyoviy mahsulotlar va ulardan tayyorlangan buyumlar
|
2,3
|
2,9
|
5,6
|
5,6
|
4,2
|
4,7
|
5,1
|
6,9
|
7,0
|
6,3
|
Yoqilg‘i va neft mahsulotlari
|
17,1
|
10,3
|
18,5
|
34,6
|
24
|
23,0
|
22,1
|
14,2
|
12,8
|
18,7
|
Qora va rangli metallar
|
4,6
|
6,6
|
7,4
|
7,8
|
6,7
|
7,2
|
6,8
|
5,9
|
7,3
|
8,2
|
Mashina va uskunalar
|
1,7
|
3,4
|
6,6
|
6,5
|
5,7
|
4,0
|
1,3
|
1,8
|
2,8
|
1,5
|
Xizmatlar
|
1,3
|
13,7
|
11,8
|
17,3
|
20,6
|
22,4
|
25,2
|
25,8
|
19,6
|
21,2
|
Boshqalar
|
9,4
|
30,2
|
27,8
|
12,5
|
20,4
|
18,6
|
22,6
|
34,4
|
39,7
|
34,8
|
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston eksportining tarkibi sezilarli darajada o‘zgardi, eksport monokulturasi - paxtaga bog‘liqlikka barham berildi, uning ulushi 59,7 foizdan 1,6 foizgacha kamaydi, tashqi savdo
jug‘rofiyasi tubdan o‘zgardi, bu mamlakatimizning eksport salohiyatini mustahkamlash imkonini berdi.
2018 yil yanvar-dekabr oylarida eksport hajmi 14 257,9 mln. AQSH dollarga (osish surati 13,6 %) teng boldi. Eksport tarkibida tovarlar 78,7 % ulushga ega, bular asosan energiya manbaalari va neft mahsulotlari (18,7 %), oziq-ovqat mahsulotlari (7,7 %), shuningdek, qora va rangli metallar (oltinni hisobga olmaganda 8,2 %) guruhlari hissasiga tog ri kelmoqda.
Eksportga yo‘naltirilgan tarmoqlarni rivojlantirish asosida, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, kimyo, neft-kimyo va neft-gaz sanoati, elektronika va sayyohlik kabi sohalarda yangi kompaniyalarning paydo bo‘lishi rag‘batlantirildi.
Keyingi yillarda mamlakat importining tuzilmasi investitsiyaviy bo‘lib qolaverdi, ya’ni olib kelinayotgan mahsulotlarda iqtisodiyott tarmoqlarini modernizatsiya qilish dasturlarini amalga oshirish uchun mashina va uskunalar, xomashyo, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan materiallar, ehtiyot qismlar va butlovchi qismlar, neft mahsulotlari ustunlik qilishi davom etmoqda.
Umuman, 2000-2018 yillarda tashqi savdoni rivojlantirish ko‘rsatkichlari yanada yaxshilandi. Eksport va importning tovarlar bo‘yicha tarkibida sifat o‘zgarishlari davom etdi. Yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan tovarlarni eksport qilishning yanada o‘sishi, import tarkibining yanada optimallashuvi kuzatildi.
Respublikamiz eksporti va importining tovar va geografik tarkibini takomillashtirish orqali raqobatbardoshlikni oshirish bir qator vazifalarning amalga oshirilishini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |