Bog'liq 44e754b73359e8357d9b2695fb2be810 xalqaro moliyaviy institutlarning tijorat banklari investitsiya loyihalarini moliyalashtirishi ozbekiston respublikasi aitb ipak yoli misolida
Tadqiqotob'ektivapredmeti. Ilmiy ishning ob'ekti sifatida O'zbekistonda investitsiya loyihalarini xorijiy banklar kredit liniyalari hisobiga moliyalashtirish faoliyati olingan. Ishning predmetini investitsiya loyihalarni xorijiy banklar kredit liniyalari hisobiga moliyalashtirish jarayonida vujudga keladigan moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari.Investitsiya loyihalarini xorijiy banklar kredit liniyalari hisobiga moliyalashtirishni takomillashtirishga qaratilgan taklif-tavsiyalar ishlab chiqish dissertatsiyaning bosh maqsadini tashkil qiladi. Ushbu maqsadga erishish dissertatsiyada quyidagi vazifalarning bajarilishiga asoslanadi:
investitsiya loyihalarining mazmuni, mohiyati va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi rolini yoritish;
O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy banklar kredit liniyalarining ahamiyatini o'rganish va uning zarurligini asoslash;
investitsiya loyihalarini xorijiy banklar kredit liniyalari hisobiga moliyalashtirishning me'yoriy-huquqiy asoslarini yoritish;
investitsiya loyihalarini xorijiy banklar kredit liniyalari asosida moliyalashtirish shart-sharoitlarini tahlil qilish;
investitsiya loyihalarini xorijiy banklar kredit liniyalari hisobiga moliyalashtirish amaliyotini tadqiq etish;
investitsiya loyihalarini xorijiy banklar kredit liniyalari hisobiga moliyalashtirish jarayonidagi muammolarni aniqlash va uni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
investitsiya loyihalarni xorijiy banklar kredit liniyalari hisobiga moliyalashtirishni takomillashtirish yuzasidan taklif-tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqotning ilmiyyangiligi:
investitsiya loyihalarining mazmun-mohiyati yoritildi, tavsiflandi va tasniflandi, investitsiya loyihalarining iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi roli ochib berildi;
O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy banklar kredit liniyalarining o'rni va ahamiyati yoritildi hamda asoslab berildi;
investitsiya loyihalarini xorijiy banklar kredit liniyalari hisobiga moliyalashtirishning me'yoriy-huquqiy asoslari, shart-sharoitlari ochib berildi;
investitsiya loyihalarini xorijiy banklar kredit liniyalari hisobiga moliyalashtirish amaliyoti tadqiq etildi va unga oid tendentsiyalar aniqlandi;
investitsiya loyihalarini xorijiy banklar kredit liniyalari hisobiga moliyalashtirish amaliyoti yuzasidan muhim ilmiy ahamiyatga doir xulosalar shakllantirildi;
investitsiya loyihalarini xorijiy banklar kredit liniyalari hisobiga moliyalashtirish jarayonidagi muammolar aniqlandi va uni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi;
investitsiya loyihalarini xorijiy banklar kredit liniyalari hisobiga moliyalashtirishni takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi.