Mavzu:Xalqaro investitsiyalarga oid nizolarni arbitrajda ko’rishning xalqaro huquqiy asoslari. - 1-bob xalqaro investitsiyalarga oid nizolar tushunchasi va ularni xal etishda xalqaro markaz o’rni.
- 2-bob Investitsiyalarga oid nizolarni arbitraj tartibida xal etish va ularni xal etishda O’zbekiston Respublikasi ishtiroki.
- Kurs ishining maqsad va vazifalari. Mazkur tadqiqot ishining maqsadi xalqaro hamjamiyatda oʼzaro investitsion faoliyatlarda ishtirok etuvchilar munosabatlarida yuzaga kelayotgan nizolarni arbitrajlarda huquqiy va samarali hal etish hamda afzalliklari va vujudga kelgan muammolarini oʼrganish asosida nazariy xulosalar, ilmiy amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
- Tadqiqot ishi oldiga qoʼyilgan maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi asosiy vazifalarni hal etish nazarda tutiladi:
- - xalqaro investitsiyaga oid nizolarni arbitraj sudlarida hal etishning xalqaro huquqiy asoslari ahamiyatini koʼrsatish;
- - xalqaro investitsion nizolarni hal etishda nizoli munosabat ishtirokchilar va arbitrajlarning huquqiy vakolatlari hamda vazifalarini ochib berish;
- - milliy va xalqaro qonunchiliklar asosida investitsion nizolarni arbitrajlarda hal etishning huquqiy asoslarini amaliyotda samarali tatbiq etish boʼyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar va takliflar kiritish.
- Tadqiqot obʼektlari va predmeti. Tadqiqot obʼekti - xalqaro investitsion munosabatlarga oid nizolarni arbitraj tarkibida koʼrib chiqish va ularni tartibga solish sohasidagi xalqaro hujjatlari, milliy qonunchilikni nazariy-amaliy jihatlari.
- Tadqiqot predmeti – xalqaro investitsiyalarga oid nizoli munosabatlar hamda nizolarning arbitraj sudlarida hal etish, koʼrib chiqish pretseduralaridir.
- Kurs ishi tuzilmasi. kirish, to’rtta paragrafni oʼz ichiga olgan ikkita bobdan, adabiyotlar roʼyxatidan iborat
- Investitsiya so‘zi nemischa «Investition», lotincha «Investio» so‘zlaridan olingan bo‘lib, u kapitalni uzoq muddatli qo‘yilmalar tariqasida sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa tarmoqlarga sarf etiladigan xarajatlar yig‘indisidir. Xorijiy investitsiyalar esa, xorijiy investorlar tomonidan yo‘naltiriladigan investitsiyalar bo‘lib, xorijiy mulkdorlarning boshqa mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoqlariga (sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa tarmoqlar) daromad olish maqsadida muayyan muddatga qo‘yilgan kapitalidir.
- Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir.
- Xalqaro investiyaga oid munosabatlarda yuzaga kelgan nizolarni hal etish tartiblari xalqaro xususiy va ommaviy huquq normalar asosida, shuningdek, xalqaro normalar implementatsiya qilingan milliy qonunchilik normalari, kollizion normalar asosida amalga oshiriladi. Xorijiy investitsiyalarga oid nizoli munosabatlarni hal etish masalalari bo‘yicha eng mashhur ko‘p tomonlama universal konventsiyalar doirasida 1965 yil “Davlatlar va xorijiy shaxslar o‘rtasida investitsion nizolarni hal qilish to‘g‘risidagi” Vashington konvensiyasi muhim ahamiyat kasb etadi.
- Investitsiyalarni himoya qilish to‘g‘risidagi ko‘pchilik xalqaro davlatlararo shartnomalarda nizo kelib chiqqan taqdirda ushbu muammo ko‘rib chiqish uchun quyidagi organlarga berilishi mumkinligi nazarda tutilgan bo‘ladi:
- davlat sudiga;
- YUNSITRAL reglamenti normalariga muvofiq tuziladigan ad hoc hakamlik sudlariga;
- O‘zbekistonda so‘nggi yillar davomida nizolarni hal etishning muqobil usullarini tatbiq qilish, xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida vujudga keladigan nizolarni arbitraj muhokamasi orqali hal qilishni rivojlantirishga qaratilgan aniq choralar ko‘rildi. Mazkur yo‘nalishdagi dastlabki qadam O‘zbekiston Respublikasining “Davlatlar va xorijiy shaxslar o‘rtasidagi investitsion nizolarni hal etish to‘g‘risida”gi Konventsiyaga xamda “Chet el arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish tug‘risida”gi Konventsiyaga qo‘shilishi bo‘ldi. Keyingi muhim bosqich bo‘lib, 2007 yilda “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining ishlab chiqilishi va qabul kilinishi bo‘ldi.
Xulosa: - Fikrimizcha, arbitraj nizolarni hal qilishda ko‘pgina ustunliklarga ega. Birinchidan, tomonlar ishni ko‘rib chiqish uchun o‘zlari ishonadigan sudьyalarni tanlaydilar; ular turli davlatlardan bo‘lganliklari sababli aksariyat hollarda bir-birlariga tushunarsiz turli huquqiy tizimga tegishli bo‘lgan milliy qonunchilik asosida ishlarni ko‘ruvchi milliy sudlarga murojaat etishni istamaydilar. Ikkinchidan, investorlar, nizolashuvchi taraflar natijaga ko‘proq qiziqadilar, ko‘p hollarda arbitraj uchun faqat bir marta xarajat qilinadi, sud qarorlari esa uzoq vaqt davomida, ikkinchi tomonning ko‘plab shikoyatlari natijasida qayta ko‘rilishi mumkin. Uchinchidan, arbitraj aksariyat hollarda ishni yopiq tarzda ko‘rib mazmunan hal qiladi, bu esa, ayrim tomonlar uchun ish ochiq ko‘rilishi lozim bo‘lmagan hollarda muhim ahamiyatga egadir. Nihoyat, xalqaro konventsiyalar arbitraj qarorlarini deyarli barcha davlatlarda ijro etish imkonini beradi. Uning afzalligi shundaki, ijroga qaratish nisbatan engil va ko‘p vaqt talab qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |