Mavzu: Xalqaro baholash dasturlari. PISA tadqiqoti reytingida yuqori
o‘rinlarni egallagan davlatlar biologiya ta’limining ilg‘or tajribalari.
Reja:
1. Xalqaro baholash dasturlari.
2. PISA tadqiqoti reytingida yuqori o‘rinlarni egallagan davlatlar biologiya
ta’limining ilg‘or tajribalari. Tabiiy-ilmiy savodxonlik tushunchasining mazmun-
mohiyati.
3. Tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetensiyalari ta’rifi, ko‘nikmalari.
4. PISA topshiriqlari maqsadi: kompetensiya, ilmiy bilish turi, kontekst, kognitiv
daraja.
5. Tabiiy-ilmiy savodxonlikning oltita darajasi. PISA topshiriqlari javoblarining
formati.
Tayanch iboralar:
Xalqaro baholash dasturlari. Buyuk Britaniyada
biologiya ta’limi mazmuni, AQSH biologiya ta’limi mazmuni, Finlyandiyada
biologiya ta’limi, kompetensiya
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi
“Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni
tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-son
qarori
Respublika xalq ta’limi
tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish,
xalqaro aloqalarni o‘rnatish, o‘quvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya
faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish
maqsadlarini ko‘zda
tutadi.
Jahonda tabiiy fanlar, jumladan, biologiyani o‘qitish jarayonida
o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish, umumiy o‘rta ta’lim
tizimida fanlarni integratsiyalab o‘qitish mexanizmlarini yaratish, pedagogik va
didaktik asoslarini aniqlash hamda amaliyotga tatbiq etish, biologik bilimlarni
kundalik va hayotiy faoliyatda qo‘llay olish layoqatini oshirish, bilimlarni to‘liq
o‘zlashtirish texnologiyasini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimizda ta’lim sohasini rivojlantirish, ta’lim muassasalari moddiy-
texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim muassasalarini yuqori malakali
mutaxassislar bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli
islohotlar biologiya fanini o‘qitish jarayoniga xalqaro tajribalarni samarali tatbiq
etish, o‘quvchilarning tabiiy-intellektual qobiliyatini rivojlantirishda integrativ
ta’lim texnologiyalaridan foydalanish darajasini oshirdi. O‘zbekiston Respublikasi
xalq ta’limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “o‘qitish
metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish
tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish, xalq ta’limi sohasiga zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish”
1
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 29 апрелдаги «Ўзбекистон
Республикаси халқ таълими тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини
vazifalari belgilangan.
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
7-fevraldagi PF-4947-sonli farmoni bilan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar
strategiyasi”ning IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarining
4.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish bandidan biri “umumiy o‘rta ta’lim
sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo,
biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan
tarzda o‘rganish” bo‘lib, u jahonning ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalariga mos
keladi. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8 dekabrdagi 997-son “Xalq ta’limi
tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori bilan yoshlarni ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini
har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini
shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida
baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish
maqsadida ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish
vazifalari belgilandi. Mazkur qaror asosida xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini
baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni
o‘rnatish, o‘quvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng
avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida
Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy
markazi tashkil etildi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda
muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
baholash dasturlarida qayd etgan natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan
qiyosiy taqqoslash; xalqaro baholash dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish
bo‘yicha tizimli monitoring olib borish, ushbu sohadagi ilg‘or tajribani
ommalashtirish va uning asosida ta’lim muassasalari uchun tavsiyalar va
qo‘llanmalar ishlab chiqishda ishtirok etish; o‘qitishning innovatsion usullaridan
foydalangan holda o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha
pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy tavsiyalar
tayyorlash kabilar Milliy markazning asosiy vazifalari va faoliyatining
yo‘nalishlaridan etib belgilandi. Quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha
xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish belgilandi:
Bu tadqiqotlar:
- Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) —
boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini
baholash;
тасдиқлаш тўғрисида»ги ПФ-5712-сонли Фармони. // Қонун ҳужжатлари маълумотлари
миллий базаси. 06/19/5712/3034-сон, 29.04.2019 й.
PIRLS tadqiqotida 50 dan ortiq davlatlar ishtirok etib kelmoqda. Mazkur
xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo‘lgan davlatlardagi
boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish bo‘yicha
tayyorgarligi hamda o‘quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo‘luvchi
ta’lim tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta
bunday tadqiqot xalq ta’limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar,
o‘qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir.
Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) — 4 va
8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish
darajasi, savodxonligini baholash;
TIMSS - ham jahon mamlakatlari ta’lim tizimida keng tadbiq etilmoqda.
TIMSS dasturi Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA
(International Association for the Evaluation of Educational Achievements)
tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ushbu tadqiqot 4 va 8-sinf o‘quvchilari orasida
matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha ta’limning sifati, darajasi, fanga bo‘lgan
munosabati, qiziqishini aniqlaydi. Har 4 yilda bir marotaba olib boriladi. Ushbu
tadqiqot PIRLS tadqiqotiga o‘xshab, o‘quvchilar, maktab ma’muriyati va
o‘qituvchilari orasida qo‘shimcha so‘rovnomalar o‘tkazadi va fan sohasida
to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillarni aniqlaydi. Bu esa o‘sha mamlakatda ishlab
chiqilgan ta’lim standartlarini va ta’lim samaradorligini boshqa davlatlar bilan
solishtirib ko‘rish imkonini beradi.
The Teaching and Learning International Survey (TALIS) — rahbar va
pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish
muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish, o‘qituvchilarning
idrokini, o‘qishini baholashni hamda ularning kasbiy talablarini, kasbiy rivojlanish
ehtiyojlarini qondirish darajasini tahlil qilishga qaratilgan. Va nihoyat, TALIS
o‘qituvchilarning o‘zaro pedagogik amaliyotlar haqida nuqtai nazarlari bilan
tanishishga imkon beradi.
The Programme for International Student Assessment (PISA) — 15 yoshli
o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik
darajasini baholash;
Xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda O‘zbekiston
Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”
ishlab chiqildi, unga ko‘ra, o‘quvchilarning yozma va nutq savodxonliklarini
oshirish bo‘yicha ilg‘or milliy va xalqaro tajribalarni joriy etish; o‘quvchilar
mustaqil ta’lim olishlari uchun elektron shakldagi ta’limni rivojlantirish, unda
o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlar bo‘yicha
savollar bazasini yaratish hamda boyitib borish; o‘quvchilarning o‘qish,
matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik
ko‘rish uchun mustaqil ta’limni joriy etish; xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish
yuzasidan malakali o‘qituvchi-trenerlar bilan hamkorlikda hududlarda o‘quvlar
tashkil etish kabilar belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |