O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi
Qoraqalpog’iston Respublkasi To’rtko’l tumani 63-umumta’lim
maktabi biologiya fani o‘qituvchisi Turamuratova Dilnozaning
“Halqali chuvalchanglar tipi. Yomg’ir chuvalchangining tashqi tuzilshi” mavzusidagi
bir soatlik dars ishlanmasi
2021-2022 o‘quv yili
Mavzu: Xalqali chuvalchanglar tipi. Kam tuklilar sinfi
1. Darsning maqsadi va vazifalari. Darsning ta’limi maqsadi: O’quvchilarni yomg’ir chuvalchangining nafas olishi, ayirish nervi sistemasi, sezgi organlari, refleksi, ko’payishi, xilma-xilligi ahamiyati, kelib chiqishi bilan tanishtirish
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni yomg’ir chuvalchangining o’ziga xos hususiyatlari bilan tanishtirish orqali ular ilmiy dunyoqarashlarini kengaytirish, iqtisodiy va ekologik tarbiya berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning tirik organizmlarning xilma-xilligi haqidagi bilimlarni, darslik ustida mustaqil ishlash, mantiqiy fikr yuritish, ko’nikmalarini rivojlantirish.
Darsda yoritilishi lozim bo’lgan asosiy tushunchalar: Qorin nerv zanjiri, teri muskul xaltasi, yelka qorin qon tomiri, kapillar qon tomiri, yomg’ir chuvalchangi, chuchuk suvda yashovchi qizil chuvalchang.
Mavzu rejasi:
1. Halqali chuvalchanglar tipi va kamtuklilar sinfining umumiy tavsifi.
2. Yomg’ir chuvalchangining yashash muhiti va boshqa tuzilishi.
3. Teri-muskul xaltasi va tana bo’shlig’ining tuzilishi.
4. Sezgi organlari va refleksi.
2. Yangi mavzu mazmuni.
1. Halqali chuvalchanglar tipi. Halqali chuvalchanglar tanasi halqali, tana bo’shlig’i rivojlangan hayvonlar. Ularga 7000 tur kiradi. Yashash muhiti tuproq, chuchuk suvlar, dengiz. Tanasi bo’g’imlarga bo’linib, ikkala yonida harakat vositasi bo’lgan tuklari – paradoiyalar joylashgan.
Halqali chuvalchanglar 2 ta sinfga bo’linadi. 1. Kam tuklilar sinfi (oligoxetlar). 2.Ko’p tuklilar sinfi (poligoxetlar).
1. Kam tuklilar sinfi (oligoxetlar) tuproq va suvda yashaydi. Paradoyalari yo’qolgan, o’rnida bir nechta tuklar qolgan. Germafrodit organizmlar, lichinkalari o’zgarishsiz rivojlanadi. Turlari: yomg’ir chuvalchangi, oq gultuvak chuvalchangi, chuchuk suvda, balchiqda yashovchi qizil chuvalchanglar.
2. Yomg’ir chuvalchangi. Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Yomg’ir chuvalchangi chirindiga boy nam tuproqlarda hayot kechiradi. Uni ariq bo’yida, beda, sabzavot va poliz ekinlariekiladigan dalalarda uchratish mumkin.
Chuvalchanglar tuproq ichida hayot kechiradi, lekin qattiq jaladan so’ng ba’zan ko’plab yer yuzida chiqib qoladi. Ana shu sababdan ular yomg’ir chuvalchangi deb ataladi.
Yomg’ir chuvalchangi tanasining uzunligi 8-10 sm, oldingi uchi konussimon o’tkirlashgan. tanasi halqalarga o’xshash tortmalar bilan ko’p sonli bo’limlarga bo’lingan. Har bir tana bo’g’inining qorin tomonidan to’rt juftdan kalta va ingichka tuklar joylashgan. Tuklar harakatlanayotgan chuvalchang uchun tayanch vazifasini bajaradi. Oldingi tomonidagi bir necha dona halqalari yo’g’onlashib, maxsus belbog’ hosil qiladi. Tanasida taxminan 100-180 ta halqa bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |