Mavzu: Xalq qabulxonalarining tashkil etilishi fuqaro faolligini oshirish omili



Download 2,6 Mb.
Sana12.08.2021
Hajmi2,6 Mb.
#145598
Bog'liq
slayd Fazliddin




Mavzu: Xalq qabulxonalarining tashkil etilishi fuqaro faolligini oshirish omili.

Reja:


1.Kirish

2.Asosiy qism

3. Xulosa

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari-ning joriy etilishi islohotlar samaradorligini oshirib, aholi manfaatlarini ta`minlashga xizmat qilmoqda, yangidan-yangi imkoniyatlar yaratmoqda. “Elektron hukumat” tushunchasi kundalik turmushimizdan chuqur o'rin egallamoqda. Elektron hukumat tizimi orqali axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llagan holda amalga oshirilayotgan davlat xizmatlari jamiyatning barcha jabhasini qamrab olmoqda. O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida nazarda tutilganidek, tizimli asosda yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo'yicha Virtual qabulxona faoliyati, shuningdek hududlardagi Xalq qabulxonalarining faoliyati yo'lga qo'yilishi jamiyatimizda "Inson manfaatlari - barcha narsadan ustun" degan ezgu g'oyaning amalga oshishiga xizmat qilmoqda. Aytish kerakki, davlat boshqaruvi tizimiga “yagona darcha” tamoyilini joriy qilish ham ustuvor vazifalardan sanaladi. 2013 yili mamlakatimizda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishga tushirildi. Joriy yilning mart oyiga kelib esa ushbu portalda 301 ta elektron xizmat joriy etildi. Bunda xizmatlar axborot, yarimavtomat, avtomatlashtirilgan va interaktiv ko'rinishlarda taqdim qilinayapti. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kelib tushgan murojaatlar soni milliondan oshdi. Portalda interaktiv davlat xizmatlari soni ortishi murojaatlar ko'payishiga turtki bo'lmoqda. Bugungi kunda 2400 dan ziyod davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, shu jumladan, idoralar huzuridagi tuzilmalar ham Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron xizmat taqdim qilib kelmoqda. 2013-2020 yillarda O'zbekiston Respublikasi Milliy axborotkommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturiga muvofiq, elektron hukumatning samarali faoliyat yuritishi uchun yuqori tezlikdagi telekommunikatsiya infratuzilmasini bosqichma-bosqich rivojlantirish

1. Murojaatlar bo’yicha ish yuritish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31

martdagi 73-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Davlat organlari va davlat

muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash

tartibi to‘g‘risida»gi namunaviy nizomga asosan Davlat organlari va davlat

muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash

tartibi belgilanadi.

Takroriy murojaat - avvalgi murojaatlar bo’yicha qabul qilingan qaror

yuzasidan shikoyat qilingan yoki boshqacha tarzda norozilik bildirilgan,

shuningdek, agar takroriy murojaat kelib tushgan paytda ko’rib chiqishning

qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan bo’lsa, avvalgi murojaat o’z

vaqtida ko’rib chiqilmaganligi haqida xabar qilingan, aynan bir jismoniy

yoki yuridik shaxsdan kelib tushgan murojaat:

elektron murojaat - elektron rakamli imzo bilan tasdiqlangan va

elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa

rekvizitlariga ega bo’lgan elektron hujjat shaklidagi murojaat.

Virtual qabulxonaga murojaatni jo‘natish. Jismoniy shaxsning

murojaatida uning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi

to’g’risidagi ma'lumotlar va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo’lishi

kerak.


Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to’liq nomi, uning

joylashgan joyi (pochta manzili) to’g’risidagi ma'lumotlar ko’rsatilgan va

murojaatning mohiyati bayon etilgan bo’lishi kerak.

Yozma murojaat murojaat qiluvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki

murojaat qiluvchi yuridik shaxs rahbarining yoxud vakolatli shaxsining

imzosi bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma

murojaatini murojaat qiluvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo’lmagan

taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib,

uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo’shimcha ravishda yozib

qo’yilishi kerak.

Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan

murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

Murojaatni qabul qilish. Murojaatlar murojaatlarni ro’yxatga olish

jurnaliga tegishli yozuvlarni kiritish, quyidagi ilovaga muvofiq shakl

bo’yicha hisobga olish kartochkasini to’ldirish va murojaatning birinchi

sahifasi quyi o’ng qismida ro’yxatga olish shtampini qo’yish yo’li bilan

murojaatlar bilan ishlash bo’yicha bo’linmada ro’yxatga olinadi.

1

Murojaat tartib raqami




2

Operator raqami




3.1

Murojaat tushgan san ava vaqt




3,2

Tashkilotga kelib tushgan sana va vaqt




4

Murojaat muallifi F.I.Sh




5

Jismoniny yoki yuridik shaxsning manzili




6

Yuridik shaxs(tadbirkorlik subekti nomi)




7

Telefon raqami




8

Electron manzili




9

Muddati





10

Ishchi gurux topshirigi





11

Murojaatning qisqacha mazmuni





Murojaatni ijrochiga jo‘natish . Ro’yxatga olingan murojaatlar kelib

tushgan paytidan boshlab bir ish kunidan kechikmay organ rahbariga yoki

uning o’rinbosarlariga kiritiladi, u mas'ul tarkibiy bo’linmani (xodimni)

belgilagan xolda murojaatni ko’rib chiqish bo’yicha rezolyusiyani

(topshiriqnomani) qo’yadi. Rezolyusiya (topshiriqnoma) qo’yilgan paytdan

boshlab bir ish kuni mobaynida murojaatlar bilan ishlash bo’yicha bo’linma

murojaatni ijro etuvchi sifatida belgilangan tarkibiy bo’linmaga (xodimga)

imzo qo’ydirgan xolda beradi.

Murojaatlar bo’yicha tegishli ishlarni amalga oshirish hamda

murojaatiga javob yo’llash. Murojaatlarni ko’rib chiqish natijalari

bo’yicha davlat organi tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi, bu xaqda

darxol yozma yoxud elektron shaklda murojaat qiluvchiga xabar beriladi.

Murojaat bo‘yicha nazoratni amalga oshirish.

Javob xati bilan tanishib chiqish, uni murojaatchiga yetkazish va

nazoratga olish, zarurat bo’lganda murojaat etuvchi bilan telefon orqali



bog’lanib, murojaatning qoniqlantirilganligiga aniqlik kiritish


1-bosqich Virtual qabulxonaga murojaat jo’natish Murojaatni jo’natish: ubtuit.uz Virtual qabulxona orqali

Muddati: Zaruratga ko’ra





Mas’ullar: jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari yoki





2-bosqich. Murojaatni qabul qilish Virtual qabulxona axborot tizimiga kelib tushgan murojaatni ro’yhatdan o’tkazish

Muddati: 1 ish kuni ichida



Mas’ullar: devonxona





3-bosqich. Murojaatni ijrochiga jo’natish -Rahbar topshirig’iga asosan murojaatni ijrochilarga yetkazish -Ijrochilar tamonidan murojaatni ko’rib chiqish boshlanganligini nazorat qilish

Muddati: Xujjatlar rahbardan chiqishi bilan 1 ish kuni ichida

Mas’ullar: devonxona



Muddati: 1 ish kuni ichida, belgilangan muddatlarda, belgilangan muddat tugamasdan,javob xati tayyor bo’lishi bilan, xat imzolangandan so’ng

4-bosqich. Murojaat bo’yicha tegishli ishlarni amalga oshirish hamda murojaatchiga javoban yo’llash -Filialdan mas’ul ijrochini belgilash. – Murojaat yuzasidan tegishli o’rganishlarni amalga oshirish joiz bo’lganda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish,murojaatlarni ko’rib chiqish va joiz bo’lganda murojaatchidan e’tiroz yo’qligi to’g’risida ma’lumotnoma olish – O’zgarishlar bo’yicha javob xatini tayyorlash – tegishli mas’ul shaxs imzosini olgan holda rahbariyata imzoga kiritish – ragbariyat tamonidan imzolangan javob xatini Devonxonadan ananaviy usulda murojaatchiga yo’llash



Mas’ullar: Ichki nazorat va monitoring bo’limi boshlig’i

Muddati: Har hafta juma kuni

Mas’ullar: Devonxona

Muddati: Murojaat bo’yicha javob xati belgilangandan so’ng, 1 ish kuni ichida, 3 kun ichida, o’rnatilgan tartibda

Mas’ullar: bo’lim boshliqlari, mas’ul ijrochi, bo’lim boshliqlari, mas’ul ijrochi, Devonxona

5-bosqich. Murojaat bo’yicha nazoratni amalga oshirish -javob xati bilan tanishib chiqish, uni murojaatchiga yetkazish va nazoratga olish -Murojaatchi javob xatidan qoniqmagan holda murojaatni qayta ko’rib chiqish uchun tegishli bo’limga qaytarish -Filial tamonidan murojat etuvchi masalasi o’z yechimini topmagan bo’lsa yoxud ko’rib chiqish muddati buzilgan bo’lsa tegishli ma’lumotni rahbariyatga kiritadi. -Qonunga xilof ravishda yechimini topmagan, yoxud ko’rib chiqish muddati buzilgan murojaatlar yuzasidan tegishli rahbarlarivchoralarini belgilash

6-bosqich. Murojaatlar bo’yicha taxlilni amalga oshirish -Kelib tushgan murojaatlarni ro’yxatga olish, hamda masalalar kesimida tahliliy ma’lumotlarni shakllantirilgan holda rahbariyatga ma’lumot kiritish




yig‘ilib qolgan dardlari, allaqachon hal qilinishi mumkin bo‘lgan-u, lekin to‘rachilik, o‘zibo‘larchilik, sansolarlik oqibatida yillar davomida yechilmay kelgan muammolar yuzaga chiqa boshladi. Eng muhimi, odamlar dardlarini aytishi, kattayu kichik idoralar rahbarlari bilan yuzma-yuz gaplashishi, muammolariga qisqa fursatda yechim topishi uchun qulay imkoniyat yuzaga keldi. Nafaqat muammolar, ularning talab va takliflariga ham quloq tutildi, bu takliflar yig‘ilib, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi yo‘lga qo‘yildi. Prezidentimizning “Rahbarlar xalqning xizmatkori bo‘lishi zarur”, “Asosiy maqsadimiz – xalq roziligi, xalq bizdan rozi bo‘lsa, ishimizda unum va baraka bo‘ladi”, degan qat’iy talablari amalda o‘z ifodasini ko‘rsatdi. Bugungi kunda ana shu izlanishlar samarasi sifatida ko‘plab yangiliklar hayotga tatbiq etilmoqda.



2017 yil 12 dekabrda Prezidentimizning “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi va ushbu hujjat asosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi. Bu ham, albatta, aholiga barcha sohalarda qulay imkoniyatlar yaratish, ortiqcha ovoragarchiliklarga barham berish yo‘lida tashlangan yana bir muhim qadamdir. Ilgari “Yagona darcha” tizimi faqatgina tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatib kelgan bo‘lsa, endilikda oddiy fuqarolarga ham davlat idoralari bilan bog‘liq ishlarda ushbu tizim orqali xizmat ko‘rsatish maqsad qilindi. Natijada aholiga eng zarur va talab yuqori bo‘lgan davlat xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatish uchun mamlakatimizning barcha shahar va tumanlarida Davlat xizmatlari markazlari tarmog‘i vujudga keldi.

Mazkur tizimning davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan va amalda munosib samara bergan Xalq qabulxonalari negizida barpo etilgani ayniqsa

ahamiyatlidir. Chunki shu jamiyatda yashayotgan har bir fuqaro hayoti davomida turli ehtiyojlar bilan davlat idoralariga duch kelishi tabiiy hol. Xalqning davlat idoralari bilan munosabatlarida yengillik yaratish, mushkulini oson qilish esa bugungi kunda davlatimizning asosiy e’tibor markaziga ko‘tarilgan.

Shundan so‘ng Namangan shahar davlat xizmatlari markazi misolida “Namangan tajribasi” loyihasi amalga oshirildi. Bu yerda barcha ishlar namunaviy tarzda tashkil etilib, muammo va kamchiliklar o‘rganildi, shundan so‘ng shakllangan tajriba respublikaning hamma hududlariga tatbiq etildi. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, Davlat xizmatlari markazlarining Prezidentning Xalq qabulxonalari huzurida faoliyat olib borishi va bitta binoda joylashtirilishida ham o‘ziga xos ma’no bor. Ya’ni, avvalo, Xalq qabulxonalari qisqa vaqt ichida millionlab odamlarning muammolariga yechim topib, odamlarning ishonchini qozondi. Mazkur tuzilma ham fuqarolarning Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlari asosida, ularning talab va istaklarini o‘rganish natijasida vujudga keldi. Shuningdek, Xalq qabulxonalariga kelayotgan odamlarning aksariyat murojaatlari davlat idoralari va turli hujjatlar bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Shunday ekan, demak, endilikda fuqarolarning ko‘pgina tashvishlari Davlat xizmatlari markazlarida hal etilishi imkoniyati mavjud.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 11 apreldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ushbu sohada boshlangan ishlarga tanqidiy baho berildi va bu ko‘zda tutilgan reja hamda maqsadlarni jadallik bilan amalga oshirishga jiddiy turtki bo‘ldi. “Namangan tajribasi” loyihasidan ma’lum bo‘ldiki, Namangan shahar Davlat xizmatlari markazida yuridik va jismoniy shaxslarga yaratilgan sharoitlar vaqtni tejash, turli ovoragarchilik va sansolarliklarning oldini olish imkonini berdi. Bu yerda yaratilgan shart-sharoitlardan barcha fuqarolar mamnun ekanliklarini bildirishmoqda. Davlat xizmatlari markazi ixtiyoriga berilgan to‘rt qavatli bino shu paytgacha foydalanilmay kelinayotgan, qarovsiz bir ahvolda edi. Ushbu binoda 15 milliard so‘mlik rekonstruksiya va jihozlash ishlari olib borilgach, zamonaviy, ko‘rkam qiyofa kasb etdi.

Shuningdek, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini olish, ipoteka shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, tibbiy faoliyat huquqini litsenziyalash, elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish, haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish, bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish, kommunal xizmat kabi masalalarda odamlar ko‘plab muammolarga, ortiqcha sarsongarchiliklarga duch kelar edi. Endilikda bunday masalalar Davlat xizmatlari markazida qisqa vaqtda hal etib beriladi. Masalan, haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirmoqchi bo‘lgan kishi markazga kelib, eski haydovchilik guvohnomasi va fuqarolik pasportini beradi va belgilangan miqdordagi to‘lovni istalgan shaklda to‘laydi. Mutaxassislar shu yerning o‘zida fuqaroni suratga olib, tegishli hujjatlarni hech qanday muammosiz rasmiylashtiradi. Qarabsizki, yarim soat ichida fuqaro yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini olib ketadi.

Bolalarni bog‘chaga joylashtirish masalasida ham ota-onalar shu paytgacha turli qiyinchiliklarga duch kelganligini ko‘pchilik yaxshi biladi. Endilikda bu masala ham markazda hal qilinadigan bo‘ldi. Ariza ro‘yxatga kiritilib, yo‘llanma olish uchun elektron navbatga qo‘yiladi. Markazda ushbu xizmat joriy etilganidan buyon 250 dan ziyod ariza kelib tushgan va qisqa vaqtda 120 dan ortiq bola maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirilgan.

Bulardan tashqari, bu yil birinchi marta sinov tariqasida Toshkent davlat yuridik universitetiga abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish yurtimizning barcha shahar va tumanlaridagi Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi. Tasavvur qilib ko‘ring, ushbu universitetga birgina hujjat topshirish maqsadida abituriyent, uning ota-onasi Qoraqalpog‘istondan, Xorazmdan, Surxondaryo yoki Andijondan va boshqa viloyatlardan poytaxtga kelib-ketishi uchun qancha vaqt, qancha sarf-xarajat kerak bo‘ladi. Hujjatlar Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinayotgani esa kelajakka katta orzu-niyatlar bilan qadam qo‘yayotgan yoshlarga va ularning ota-onalariga yana bir qulay imkoniyat taqdim etganidan yurtdoshlarimiz mamnun.

Prezidentimiz joriy yil may oyida Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu markaz faoliyati bilan ham tanishib, fuqarolar va xizmat ko‘rsatuvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirgan edi. “Biz bu xizmatni nima uchun tashkil qildik? Adolat buzilmasligi, korrupsiya bo‘lmasligi, odamlar qiynalmasligi uchun. Ushbu muassasa Davlat xizmatlari markazlari faoliyatini tashkil etishning Namangan tajribasi, odamlar bilan muloqotning yangi namunasi bo‘ladi. Eng katta yutug‘imiz – bunday idoralarda endi fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi”, - deya ta’kidlagan edi davlat rahbari.

Darhaqiqat, “Namangan tajribasi” aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish borasidagi ko‘plab masalalarga oydinlik kiritdi. O‘tgan qariyb 15 yil davomida “Yagona darcha” tizimi faqat tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatgani bois yuridik shaxslar bu borada anchagina tushunchaga ega bo‘lsalar-da, biroq oddiy fuqarolar bu yangilik haqida hali yetarlicha tasavvurga ega emasligi ayon haqiqat. Shuning uchun davlat xizmatlari markazlari xodimlari bevosita mahallalarga, xonadonlarga borib, aholi uchun yaratilgan ushbu qulaylikni odamlarga tushuntirib, amalda ko‘rsatib berishdi va keng targ‘ibot ishlarini olib borishdi.

Savollar:

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risidagi” Qonuni// O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004 y., 1-2-son, 10-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014 y., 36- son, 452-modda

2. «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuni// O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014 y., 49-son, 578- modda



3. “Elektron hukumat to‘g‘risidagi” Qonuni// O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015 y., 49-son, 611-modda 1. www.ziyonet.uz - “ZiyoNET” axborot ta’lim portali 2. www.edu.uz - Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining portali www.lex.uz- O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi 3. www.gov.uz - Hukumat portal

4. www.yiiframework.com - elektron qo’llanma portali 5. www.uzinfocom.uz – kompyuter va axborot texnologiyalari rivojlantirish va joriy etish markazi elektron portali
Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish