Hujjatni ishga tushirish uchun hujjat nomi yozilgan yozuv ustida "sichqoncha"ning chap tugmasini bosish kerak.
"Sozlash" menyusi uchta elementlardan iborat:
a)Boshqarish paneli-sistemalar panelini sozlash, dasturlar va kompyuterni avtomatik ishga tushirish yoki to'xtatish;
b)Printerlar-kompyuterga ulangan printerni avtomatik o'rnatish yoki sozlash;
c)Masalalar paneli-masalalar paneli parametrini sozlash, „Пуск“menyuga yangi dastur qo'shish yoki olib tashlash. "Hujjatlar" menyusidan hujjatlarni o'chirib tashlash.
Kerakli punktni ishga tushirish uchun "Sozlash" menyusi elementiga mos ravishda "sichqoncha"ning chap tugmachasidan foydalanish lozim.
Boshqarish paneli quyidagi elementlardan tashkil topgan:
-o'rnatish-dasturlarni o'chirish-yangi dasturlarni avtomatik "Dasturlar" menyusiga kiritish yoki o'chirish;
-yangi qurilmalarni o'rnatish-kompyuterga ulangan yangi qurilmalarni avtomatik sozlash;
-Tarmoqda kerakli-kompyuterni kompyuter tarmog'idan izlash.
a) Papka va fayllar-“Найти“ menyusidan "ishga tushirish" menyusi tanlanib, papka va fayllar ustiga olib borilib "sichqoncha"ning chap tugmasi bosiladi.
"Мой компьютер"ni ishga tushirish uchun "sichqoncha" yordamida kursorni "Moy kompyuter" yozuviga olib kelib, chap tugmasini bosish kifoya.
-"ishga tushirish" menyusini ishlatish uchun "sichqoncha"ning chap tugmasini bosish kerak;
-"ochish" satri bo'ylab fayl yoki papkaga yo'l ko'rsatish kerak. Agar kerakli yo'l noma'lum bo'lsa, "obzor" tugmasi yordamida avtomatik ravishda ob'ekt uchun kerakli yo'l topiladi;
-papkalarni ochish yoki dasturlarni ishga tushirish "OK" tugmasini bosish bilan bajariladi.