O’quv-bibliografik materiallar – o’quv bibliografik xarakterdagi ma’lumotnomalar, o’quv moduli asoslarini samarali o’zlashtirishga imkon beradigan ilmiy, o’quv va metodik adabiyotlar ro’yxati, davlat qonunchiligi asoslari va normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, kompyuter dasturiy vositalarining ro’yxati.
EATR dan foydalanishda ta’lim oluvchi (jumladan, malaka oshirish kursi tinglovchisi) bir qator tushunchalarga tez-tez duch keladi. bunday tushunchalar sirasida o’quv moduli, giperihtibos (giperaloka), gipermatn va titul ekrani kabilarni e’tirof etish mumkin. Ta’lim oluvchi (jumladanb malaka oshirish kursi tinglovchisi) ga EATR dan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida ayni o’rinda yuqorida qayd etilgan tushunchalarining mohiyatini aniqlab olish to’g’ridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |