2.2. Voyaga yetmaganlar bilan ishlashda oila, mahalla, maktab
hamkorligi masalalari.
Har qanday mamlakat o`z kelajagini bolalar, voyaga yetmagan
yoshlartimsolida, aniqrog`i, ularni jismoniy va ma‘naviy jihatdan barkamol qilib
voyaga yetkazishda ko`rinishi, tabiiydir.
Voyaga yetmaganlar esa bog`cha
yoshidan to 18 yoshgacha bo`lgan bolalardir. YA‘ni ular hali rasman fuqarolik
huquqiga ega emaslar. Ularning huquqbuzarliklari esa shartli tushuncha. SHu
sababli bolalarning huquq va burchlari, axloq-odobiga
javobgarlikning barcha
mas‘uliyati kattalar, oila, davlat va nodavlat, jamoat tashkilotlari zimmasiga
tushadi. Hozirgi paytda O`zbekiston aholisining salmoqli qismini voyaga
yetmagan bolalar va o`smirlar tashkil etadi. Agar kattalarning qarovsizligi -tufayli
bu bolalarning o`ndan bir qismi turli darajadagi jinoyatlarga qo`l ursa,
jinoyatchilik bir, o`n,
yuzga emas, minglab miqdorlarga oshib ketadi. Demak,
tabiiyki, hukumatimiz siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri bo`lgan barkamol
avlod tarbiyasiga qayg`urish, ularning huquqlarini himoya qilish va ro`yobga
chiqarish har bir jamiyat, oila, qolaversa, har bir fuqaroning muqaddas burchi,
insoniylik mas‘uliyatidir. Busiz kelajak haqida so`z ham bo`lishi mumkik emas.
Mamlakatimizda voyaga yetmagan yoshlar muammosiga u yoki bu
darajada aloqador bo`lmagan birorta tashkilot yoki shaxsning o`zi yo`q. Biroq bu
tashkilotlar va shaxslarning voyaga
yetmaganlarni
barkamol
avlod
etib
tarbiyalashda o`z o`rni, ahamiyati, o`ziga xos ta‘siri bor. Aytaylik, birorta
bekorchi, huquqbuzar yoki diniy aqidaparast o`z manfaatlari yo`lida voyaga
yetmagan yoshlar xizmatidan
,
foydalansa, hatto jinoyatga undasa, bu ham ularga
ta‘sirning bir, qo`rinishi, afsuski, salbiy namoyon bo`lishidir?!
Bizning
fikrimizcha,
voyaga
yetmaganlar
qarovsizligi
va
huquqbuzarliklarining oldini olishning eng samarali yo`li mahalla,
oila va
maktabning mustaqkam hamkorligini ta‘minlashdan iboratdir. Oila-mahalla-
maktab kontseptsiyasi xalqasi esa bu hamkorlikni yanada kuchaytirishga
qaratilishi lozim. Bu xalqada biror zanjirni uzish, shubhasiz,
bola tarbiyasidagi
nuqsonlarga olib keladi. Masalan, bolaga oilada e‘tibor berishsa-yu, mahalla
beparvo bo`lsa, u ko`cha-ko`yda noma‘qul hatti-harakatlarni sodir etishi mumkin.
CHunki u o`z bezoriliklaridan oilasidagilar xabar topmasligini juda yaxshi biladi.
YOki bola maktabga boraman deb uydan, chiqib ketsa-yu, ko`chada daydib yursa,
maktab jamoasi bu haqda uning oilasiga xabar bermasa, bu ham bolaning keyingi
harakatlarida o`z ta‘sirini ko`rsatmay qolmaydi. Odatda, oilada yaxshi tarbiya
olgan bola mahallada ham, maktabda ham o`zini ibratli tutadi. Biroq ba‘zan oilada
o`zini yaxshi tutib, mahalla va maktabda bezorilik
qilib yuradigan bolalar ham
paydo bo`ladiki, bu tarbiyada oila - mahalla - maktab kontseptsiyasida birlik
yo`qligidan darak beradi. Davlat va jamiyat tarbiyasi esa bog`cha va maktablar,
«Mehribonlik» uylari, huquq va targ`ibot organlarining voyaga yetmaganlar bilan
ishlash bo`limlari faoliyati misolida namoyon bo`ladi.
O`zbekiston «Mahalla» jamg`armasi respublika boshqaruvi har yili
Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo`limlaridan
voyaga yetmaganlarning qarovsizligi hamda huquqbuzarliklarining
oldini olish
bo`yicha bajarilgan tadbirlar yuzasidan axborotlar olib turadi. Bolalar sporti
rivojlantirilib, muhtoj oilalarga moddiy yordam, ularni ma‘naviy qo`llab-
quvvatlash tadbirlari o`tkazilmoqda. Aholi o`rtasida yuzlab suhbatlar olib
borilmoqda. Ayni paytda bu axborotlarda kamchiliklardan ko`z yumish, ularni
umumlashtirib va ko`p vaqt oiladagilar ko`z
oldida xulosalarga kelish, zaruriy
tavsiyalar berishning yo`qligini ham qayd etish lozim. Bu kamchiliklarga
barham berish uchun, avvalo, sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish
yo`llarini aniq belgilab olish zarur.
Bizningcha, mahallalar boshqaruvida voyaga
yetmaganlar bilan ishlash
rejalarini davr talabidan kelib chiqqan holda ishlab chiqish, oila – mahalla –
maktab kontseptsiyasining samaradorligini oshirishda quyidagi takliflardan
foydalanish lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: