Mavzu: Voleybolga dastlabki o’rgatish bosqichida qo’llarni tezkor bukish-yozish kuchi va mokkisimon yugurish tezligini o’yin mashqlari yordamida rivojlantirish uslubiyati
REJA:
KIRISH
1. Sportchilarni tayyorlashda jismoniy sifatlarning o’rni
2. Jismoniy sifatlarni rivojlantirishda harakatli o’yinlarning o’rni
3. Qishloq maktablarida voleybol bo’yicha o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarning saviyasini o’rganish
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Katta hayotga tayyorgarlik – muomala madaniyati o’zini tutish, qaerda va qay tartibda yurish – turish, fe’l – atvor, qaysi o’rinlarda gapirish.... bularning barchasi oilada shakllanadi. Bunday tarbiyani olgan yoshlar ijtimoiy hayotda qiynalmaydilar. Odamlar bilan tez til topishib, ishlarini oson bitiradilar va tezda obro’ – e’tibor qozonadilar. Farzandlarni o’zaro munosabatlarga layoqatli qilib tarbiyalash har bir ota – onaning eng asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Ota – onaning bir – birlariga bo’lgan munosabatlarini farzandlari ko’rib ulg’ayadi va o’zi ham kelajakda shunday qilishga urinadi. Axir bejizga “Qush uyasida ko’rganini qiladi” deyishmagan. Bu aqidagi har birimiz amal qilsak turmushimiz chiroyli o’tadi va biz farzandlar kelajagini ham barpo etgan bo’lamiz.
Prezidentimiz tashabbusi bilan 2012 yil “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilinishi ham bekorga emas. Jamiyatning negizi oila hisoblanar ekan, uning mustahkam va sog’lom bo’lishi zamon talabidir. Oila mustahkamligiga erishish uchun yuqorida sanab o’tilganlarga rioya qilsak yaxshi bo’lardi. Har bir yosh yangi oila qurar ekan, uni mustahkam bo’lishiga erishish uchun kurashmog’i lozim. SHundagina to’la – to’kis oila bo’lishga erisha oladi va farzandlarining kelajagi uchun ham zamin yaratadi. Bu boradi ushbu yilda juda katta ishlar qilinadi degan umiddamiz.
Oila sog’lom bo’lsa, jamiyat mustaxkam, mamlakat qudratli, kelajak ishonchli bo’ladi. Binobarin, yurt taqdiri, uning kuch qudrati, tinch- osoyishtaligi va istiqboli farzadlarimizning qanday tarbiya olishiga bog’liq.
Xalqimiz bolajon, azaldan oila parvar. Ota-bobolarimiz oilani muqaddas bilishgan. Inson tug’ilgan kundan boshlab oila muxitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadfriyatlar va urf –odatlar bolaning zuvalasini pishitadi. Eng asosiysi, farzandlar oila maktabi orqali jamiyat talablarini anglab etadi. Shu bois, sog’lom muxit, sog’lom turmush tarzi yo’lga qo’yilgan oilada tarbiya ko’rgan farzand jamiyatga foyda keltiradi.
Avvalambor, mustahkam oila degan so’zning mazmun-mohiyatini elektorat orasida keng targ’ib qilish, turmush tarzimizga, mentalitetimizga zid bo’lgan aqidalarga qarshi kurashmog’imiz, yoshlarni oila qurishga tayyorlashda xalqimizning ming yillar davomida sayqal topgan an’ana va qadriyatlari ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.
Oilaning paydevori mustaxkam bo’lsa, ko’ngil hotirjam bo’ladi. Bunda avvalo, ota-onaning o’rni katta. Oilam mustaxkam bo’lsin, desak, farzandlarimizni barkamol inson qilib tarbiyalashimiz kerak. O’zimiz yaxshi tarbiya bear olmasak, uni o’g’il- qizimizdan talab qilishga xaqqimiz yo’q, albatta.
Demak, oilam mustaxkam bo’lsin degan odam birovdan ko’mak kutishi emas, avvalo, o’zi harakat qilishi kerak.Farzandlarimiz esli xushli, bilimli, eng muhimi, kasb hunarli bo’lsa, ularning kelajagidan ko’nglimiz to’q bo’ladi. O’zimiz xam qarilikda tinch-xotirjam, shirin xayot kechiramiz.
Zamonaviy voleybol musobaqalarida o’zaro raqobatni keskinlasha borishi o’rgatish va tayyorgarlik jarayonini noan’anaviy texnologiyalar asosida amalga oshirish zarurligiga e’tibor qaratmoqda. Demak, dastlabki o’rgatish bosqichdan boshlab, toki takomillashtiruv bosqichigacha voleybol mashg’ulotlarini rejalashtirish, jismoniy va texnik-taktik mashqlarni qo’llash ilmiy asosda amalga oshirilishi dolzarb masalaga aylanib bormoqda.
SHuni ham ta’kidlash joizki, yosh iste’dodli voleybolchilarni tayyorlash masalasi dastlabki tayyorgarlik bosqichni to’g’ri tashkil qilishga bog’liqdir. Kuzatuvlar shundan dalolat beradiki, ayrim mutaxassis-trenerlar qisqa muddat ichida «tezlishar» voleybolchilarni tayyorlash maqsadida o’ta shiddatli va katta xajmli mashg’ulotlarga urg’u berishadi. Boz ustiga bunday mashg’ulotlarda yo jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi katta yuklamaga xos mashqlar ustunligi kuzatiladi, yo o’ta ixtisoslashgan texnik-taktik mashqlarga ustunlik beriladi. Natijada nasliy va tabiiy jihatdan qobiliyatli bolalar ham nari borsa birinchi sport razryadi yoki sport ustunligiga nomzod darajasiga borib to’xtaydi. Ularning ayrimlari esa mashg’ulotlarga bo’lgan iziqishni yo’qotib, voleybolni tark etib ketadilar. Ushbu sport turi bo’yicha katta tajribaga ega bo’lgan kator mutaxassis-olimlarning tavsiyasiga ko’ra, voleybolga dastlabki o’rgatishda, harakat sifatlari (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik) va malakalarini shakllantirishda avvalam bor bolalarning yoshi, mavjud jismoniy va funktsional potentsial hamda harakat zahirasi e’tiborga olinishi lozim (L.R.Ayrapetьyants, M.A.Godik, 1991; L.R.Ayrapetьyants, 2005; Yu.V.Verxoshanskiy, 1995; L.P.Matveev, 1999; V.N.Platonov, 1997 va b).
Albatta, yuksak texnik-taktik mahoratga ega voleybolchilarni tayyorlash uchun yetarli jismoniy salohiyat mavjud bo’lishi darkor. Boshqacha qilib aytganda bolalarda voleybolga xos jismoniy sifatlar shakllangan bo’lishi o’ta muhim shartlardan biridir.
Ma’lumki, voleybolda barcha sifatlar ichida tezkor-kuch (portlovchi kuch) sifatni o’rni beqiyosdir. Agar voleybolchida texnik-taktik mahorat, zarba aniqligi, maxsus chidamkorlik bo’lsayu, zarba kuchi zaif bo’lsa, muvaffaqiyat undan «yuz o’girishi» mumkin. Binobarin, qo’llarni harakat kuchini tarbiyalash hamda uni sinxron ta’sirini shakllantirish dolzarb ahamiyatga egadir.
Mazkur bitiruv malakaviy ishning maqsadi yosh voleybolchilarada qo’llarni bukuvchi va yozuvchi mushaklar kuchini o’yin mashqlari yordamida rivojlantirish samaradorligini o’rgatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |