―filtrlanuvchi
mikroblar‖
deb atashni
taklif etadi.
Hasharotlar tarqatadigan
―
sariq bezgak
kasalligi ham
viruslar tomonidan
qo‘zg‘atilishi aniqlanadi.
Keyinchalik filtrlanuvchi
yuqumli agentlarni
―filtrlanuvchi viruslar‖ deb
atala boshlandi. ―Virus so‘zi
lotincha zahar degan ma’noni
bildirishi yuqorida aytilgan
edi. Agar bu nomni mohiyati
haqida to‘xtaladigan bo‘lsak
mikrobiologiyaning
rivojlanishining ilk davrlarida
―Virus‖ degan so‘zni barcha
yuqumli agentlar va ular
tomonidan hosil qilinadigan
zaharli moddalarga ham
qo‘llanilgan.
Keyinchalik yuqumli agent bilan toksinlar
orasida farq yaqqol ko‘ringandan so‘ng
―virus‖ so‘zi faqat yuqumli agentlarga
nisbatan
қўлланила boshlandi. Sekin-asta
viruslar haqidagi bilimlar
to‘planaboshlandi. Masalan, Borrel virus
bilan kasallangan organizmlarda hosil
bo‘ladigan
―elementar tanachalar
‖ ustida
,
Raus (1911) ―o‘smalar hosil qiluvchi
viruslar ustida (tovuqlar sarkomasi virusi
),
Rid virus kasalliklarini tarqatishda
hasharotlarni roli haqida ishlar olib
borishadi. Ammo bu ishlar viruslarni
o‘rganishni jadal rivojlanishiga olib
kelaolmadi.
1935 yilda L.Zilber taklifi va tashabbusi bilan Rossiyada
Markaziy virusologiya laboratoriyasi tashkil qilinadi.
1938 yilga kelib bu laboratoriya Butunittifoq
eksperimental meditsina virusologiyasi bilan qo‘shilib,
1947 yilda ular asosida Meditsina Fanlar Akademiyasi
qoshida ―Virusologiya instituti‖tashkil topadi. Qisqa
vaqt (16 yil) ichida Rossiya virusologlari tomonidan
ilgari noma’lum bo‘lgan viruslarni (Uzoq-sharq
ensefaliti, gemorragik bezgak va h.lar) kashf qilinadi va
ularni qo‘zg‘atuvchilari, epidemiologiyasi aniqlanadi.
Ko‘pgina neyroviruslar, gripp, qizamiq va boshqalar
o‘rganiladi, viruslarni tabiati va immunitet
masalalarining nazariy tomonlari o‘rganiladi.
Qishloq ho‘jaligida ham virus kasalliklaridan katta
zarar ko‘rilgan. Umumiy va o‘simlik viruslari borasida
V.Rijkov, viruslar morfologiyalarini YE. Turevich va
R.SHenlar, gemorragik bezgakni M.Chumakov, gripp va
boshqa yuqumli kasalliklarni A.Smorodinsev,
V.Solovyov va V.Jdanov, L.Zilber va A.Shubladze,
A.Chumakovlar ensefalitlarni o‘rganishadi. Uzoq sharq
ensefaliti etiologiyasi va epidemiologiyasini esa ular
tomonidan har tomonlama chuqur o‘rganiladi.
19 asr oxiri va 20 asr boshlari Virusologiyaning
rivojlanishi viruslarni tadqiq qilish metodlarini
yutuqlari bilan chambarchas bog‘liq. Shamberlen
bakteriya filtrlari orqali filtrlash metodi asosida
amalga oshirildi. Bu usulda kasallik qo‘zg‘atuvchini
bakteriyalardan, ya’ni bakteriyalarni
nobakteriyalardan ajratildi. Natijada bu usulni
qo‘llab quyidagi viruslar aniqlandi:
1982 y.- tamaki mozaikasi virusi, 1898 y.- oqsim–
yashchur (qirov) kasalligi virusi, 1899y.- shoxli
mollar chumasi virusi, 1900 y.-sariq bezgak virusi,
1902y.- parranda va qo‘ylar chumasi virusi, 1903 y.-
qutirish va cho‘chqalar chumasi virusi, 1904 y.-
odam chechagi virusi, 1905 y.- itlar chumasi va
vaksina virusi, 1907 y.- denge virusi, 1908 y. -
chechak va traxoma viruslari, 1909 y. - poliomiyelit
virusi, 1911 y.- Raus sarkomasi virusi, 1915 y.
bakteriofaglar, 1916 y.- qizamiq virusi, 1917 y. -
uchuq virusi, 1926 y. - vezikulyar stomatit viruslari
kashf qilindi.
30 - yillar viruslarni ajratish va identifikatsiya qilish uchun asosiy
virusologiya metodi bo‘lib laboratoriya hayvonlarini qo‘llanilishi
bo‘ldi (gripp viruslari uchun oq sichqonlar, Koksaki viruslari uchun
yangi tug‘ilgan sichqonlar, shimpanze – V gepatiti virusi uchun,
onkogen viruslar uchun kaptarlar, ichak viruslari uchun -
gnotobiont cho‘chqa bolalari va h.). Birinchi marta laboratoriya
hayvonlarini viruslarni ajratishda ishlatish
1881 y.da Pasterdan boshlangan. U qutirish kasalligi virusini
quyonlar miyasiga yuqtirib, qutirish kasalligi virusini
kuchsizlantirilgan (attenuirlangan) formasini olgan, keyinchalik bu
sikldagi ishlarni qo‘llanilishining avjga chiqqan vaqti 1948 y.da
Sayklz tomonidan mialgiya epidemiyasi viruslari guruhini
ajratishda emadigan sichqonlarni ishlatilgan.
40-yillar: 1940 y.da Xogland safdoshlari bilan ospovaksina virusini
faqat DNK tutishini isbotladi. Viruslarni bakteriyalardan yana bir
farqli tomoni ularda faqat bir tipdagi nuklein kislotaning
mavjudligi (DNK ѐki RNK) aniqlandi.
50-yillar. 1950 y.da F. Bobbins i J. Enders lar tomonidan
virusologiyada revolyutsiya qilinadi, ya’ni ular viruslarni
ko‘paytirish uchun to‘qima kulturalarini ishlatish metodini ishlab
chiqishadi.
60-yillarga kelib molekulyar biologiya metodlarini viruslarni tavsiflashda o‘ta
gullagan vaqti bo‘ldi. Ximiya, fizika, molekulyar biologiya va genetika fanlarini
yutuqlari virusologiyaning rivojlanish metodikasining asosini tashkil qildi.
Molekulyar biologiyaning barcha yutuqlarida viruslarni model sifatida ishlatildi.
70-yillar. Baltimor bilan bir vaqtda Tѐmin va Mizutanilar RNK- tutuvchi onkogen
viruslar tarkibida qaytalama transkriptaza(revertaza) fermenti borligini xabar
qilishadi. Endi RNK-tutuvchi viruslar genomini o‘rganish real haqiqat bo‘lib qoldi.
80-yillar. L.A.Zilber tomonidan asos solingan o‘smalarni paydo bo‘lishi viruslarga
bog‘liqligi haqidagi dunѐqarash rivojlanadi. O‘smalarni rivojlanishiga javobgar
virus qismlarini onkogenlar deb nomlandi. Virus onkogenlari eng yaxshi model
sistema ekanligi aniqlanadi, ya’ni bu sistema sutemizuvchilar hujayralari
onkogenetik transformatsiyasi mexanizmini o‘rganishda ѐrdam beradi.
1985 y.da Myullis polimer zanjir reaksiyasini (PSR) kashf qilgani uchun Nobel
mukofotini oladi. Bu molekulyar-genetik diagnostika metodi rekombinant DNK
olish texnologiyasini mukammallashtirib, yangi viruslarni ochilishi imkoniyatini
berdi. Quyidagi viruslar ochildi: 1983 y.da odam immuntanqisligi virusi, 1989 y.da
S-gepatiti virusi, 1995y.da PSR metodini qo‘llab G-gepatiti viruslari ochildi.
Oʻzbekistonda Virusologiya
sohasidagi tadqiqotlar 20-asr
oʻrtalarida boshlangan. D. X.
Vahobov, A. Yu. Abdukarimova, N. K.
Tursumetova, M. Z. Isamuhamedov,
Virusologiya Mirzahmedov va
boshqaning ishlari gʻalla, gʻoʻza,
sabzavot va boshqa ekinlar viruslarini
ajratib olish, virus kasalliklarini
aniqlash va ularga qarshi kurash
choralarini ishlab chiqishga
bagʻishlangan.
Soʻnggi yillarda viruslarni interferon
hosil qilish faolligini oshirish (A.
Sayitqulov), gepatit virusi shtammlari
va oqsillarining struktura hamda
funksiyalarini oʻrganish va virusli
kasalliklarning zamonaviy tashhisini
ishlab chiqish (A. M. Ivanova)
borasida bir qancha ishlar amalga
oshirildi. Oʻsimlik viruslarini oʻrganish
sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ishlari
Oʻzbekistan fanlar akademiyasi
Mikrobiologiya institutiu, OʻzMUning
biologiya, tuproqshunoslik
fakultetida, tibbiyot Virusologiyasi
sohasidagi ishlar Virusologiya instituti
va tibbiyot oliy oʻquv yurtlari
kafedralarida olib boriladi.
Qarshi davlat universitetida ham
2018 yil noyabr oyidan boshlab
Mikrobiologiya va biotexnologiya
kafedrasi qoshida O`simliklar
viruslari” labortoriyalari faoliyat
yuritmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |