sun’iy kattalashtirish metodidan
foydalanish (dastlab bakteriyalarning
xivchinlarini bo‘yashda foydalanilgan Leffler
usulida bo‘yash) natijasida optik mikroskop
ostida qushlar va sutemizuvchilar tanasida
parazitlik qiluvchi yirik viruslar ham
aniqlandi.
1932 yilda V.J. Elford (W. J. Elford, 1900—1952) va K. Endryuslar tomonidan ultrafiltratsiya
metodi yordamida ayrim bakteriofaglar va ospa vaksina virusining o‘lchami aniqlandi.
Keyinchalik 1935 yilda amerikalik bioximik olim, virusologiya bo‘yicha birinchi Nobel
mukofotini olgan Uendli Stenli tamaki mozaikasi virusini sof xolda ajratib olishga muvaffaq
bo‘ladi. Lui Paster barcha mikroorganizmlarni viruslar deb atagan. Virusologiyaga bu
terminni Martin Beyyerink kiritgan.
Virusologiyaning rivojlanish tarixini ikki
bosqichga bo‘lish mumkin.
•
Birinchi bosqich D.I. Ivanovskiy tadqiqotlaridan boshlanadi va virusli
kasalliklar etiologiyasi, shuningdek, bakteriofaglarning aniqlanishi
davrigacha davom etadi. Stenli (1935) tomonidan kristall holatda
ajratib olingan tamaki mozaikasi virusi oqsil xususiyatga ega ekanligi,
ularning kristallanishi aniqlandi. Bu o‘z navbatida, viruslarning
kimyoviy tarkibini o‘rganishga turtki bo‘ldi. Ammo ko‘p vaqt o‘tmay,
tamaki mozaikasi virusining nukleoproteid ekanligi ma’lum bo‘ldi.
F. Bouden va R. Pirilar (1937) tamaki mozaikasi virusida oqsildan
tashqari nuklein kislota ham borligi aniqladilar.
1940 yilda E. Gudpaschur tomonidan virusologik tadqiqotlar uchun
tovuq embrionidan foydalanish metodining kashf etilishi
virusologiyada tub burilish yasadi. 1949 yilda shu metoddan
foydalangan Dj. Enders, F. Robbins, T. Uellerlar katta muvafaqiyatga
erishdilar va 5 yil o‘tib ular Nobel mukofotiga sazovor bo‘lganlar.
M. Boriyes va N. Rusk tomonidan elektron mikroskopning yaratilishi
esa viruslarning strukturasini batafsil o‘rganish imkoniyatini berdi va
virusologiyaning ikkinchi bosqichining boshlanishiga asos bo‘ldi.
1950-1960 y.y.lar mobaynida viruslarning ultrastruktur tuzilishi,
ularda kechadigan replikatsiya jarayoni, hujayra ichida viruslarning
tashkillanishi kabilar tadqiqi qilindi.
1953 yilda U. Rou bir guruh hamkasblari bilan birgalikda
toza kulturada adenoviruslarni ajratishga muvaffaqt bo‘ldi.
1956 yilda G. Daldorf va G. Sikls - koksakiviruslarni, Dj.
Enders va Dj. Melnik - ekxoviruslarni, R. Chanok – paragripp
virusini ajratib oldi. Dj. Morris - respirator-sinsitial virusini,
S. Styuart va B. Eddilar esa 1957 yilda – sichqonlarda shish
kasalligini qo‘zg‘atuvchi polioma virusini ajratib olishga
erishdilar.
1962 yilda AQShda butundunyo virusologlarining
simpoziumi bo‘lib o‘tadi. Bu simpoziumda virionlar
arxitekturasi, nukleokapsid, kapsomer kabi yangi terminlar
tilga olinadi. Shundan boshlab molekulyar virusologiya
sohasi rivojlana booshladi. 1970 yilda retroviruslardan
qaytar transkriptazani ajratib olishga muvaffaq bo‘lgan
X.M. Temin D. Baltimorlar ham Nobel mukofotiga loyiq deb
topildilar. Bu kashfiyot rekombinant vaksinalar olish uchun
imkon berdi va gen muhandisligiga yo‘l ochib bergan edi.
1970-1980 yillar mobaynida S. Bakli va Dj. Kazals (1969)
lar tomonida Afrika gemorragik lixoradkasi kasalligini
qo‘zg‘atuvchisi hisoblangan Lass virusini aniqladilar. D.
Deyna (1970) va S. Faynstou (1974)lar esa virusli
gepatitning V va A turlarini qo‘zg‘atuvchi viruslarni ajratib
oldilar. L. Montanye (1983) va R. Gallo (1984) lar
tomonidan insonlarda turli shish kasalliklarini chaqiruvchi
onkoviruslar va odam immunodefitsit virusi aniqlandi
Beyyerink virusning qandaydir suyuq materiya degan gepotezani ilgari suradi va virusli eritmani
sontagium vivum fluidum
(tirik yuqumli suyuqlik) deb ataydi. Beyyerinkning o‘limidan so‘ng
viruslarning tashqi muhitda zarracha shaulida eknligi aniqlanadi va uning bu fikri inkor qilinadi.
1935 yilda Uendell Stenli tomonidan tamaki mozaikasi virusi kristall holida ajratib olindi va eng
birinchi ajratib olingan virus deb hisoblandi. 1940-yillarda tamaki mozaikasi virusining strukturasi
rentgenostruktur analiz metodi yordamida aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |