Liniatura va dinamik diapazon.
Qattiq qogoz yoki ekranda hosil qilinadigan rastrli tasvirda nuqtalar kattaligi orginal tasvirni rastrlash parametriga bogliq. Orginalni rastrlashda chiziqlar tori otkaziladi va hosil bolgan yacheykalar rastralar elementlarini hosil qiladi. Rastr torining chastotasi 1 dyuymdagi chiziqlar soni bilan olchanib, liniatura deb ataladi.
1 dyuymdagi chiziqlar soni =lpi.
Rastr nuqtasi kattaligi har bir element uchun alohida bolib, yoruglik toni intensivligiga bogliq. Intensivlik qancha katta bolsa, rastr elementi zichroq toldirilgan boladi, ya`ni yacheykaga absolyut qora rang togri kelsa u rastr nuqta kattaligi rastr elementi kattaligi bilan bir xil boladi. Demak, 100% toldirilgan. ABS oq rangli 0% toldirilgan boladi. Amalda toldirish 3% dan 98% gacha bolishi mumkin.
Rastr elementlari markazlari orasidagi boshliqlarni kamaytirish orqali bir xil rangli, masalan, qora rangni hosil qilish mumkin. Bu usul amplitudali modulyatciyalash deb ataladi.
Chastotali modulyatciyalash usulida ton intensivligi yonma-yon joylashgan bir xil olchamli nuqtalar orasidagi masofa ozgarishi bilan tartibga solinadi. Boshqacha qilib aytganda, chastotali modulyatciyalangan rastrlarda har xil intensivlik rastr yacheykalarda boshqa-boshqa sonli nuqtalar mavjud boladi. Chastotali modulyatciya usuli optimal usul bolib, tasvirlar aniqroq hosil boladi.
Staxastik rastrlar usuli deb ataluvchi rastrlashda tasvir chastotali modulyatciyaga qaraganda aniqroq hosil boladi.
Bu usulda muayyan rastr yacheykasida talab qilinadigan tasvirni hosil qilish uchun nuqtalar soni hisoblanadi. Keyin esa yacheyka ichida shu nuqtalar oraliqlari bir xil bolmagan holda joylashtiriladi. Shuning uchun bu usulda rastr liniaturasi tushunchasi oz kuchini yoqotadi. Bu usul bilan ishlash uchun maxsus resurslar mavjud bolishi kerak va u poligrafiyada qollaniladi.
Ton intensivligi (yorugligi) 256 bosqichdan iborat boladi. Yuqori bosqich inson koziga ta`sir qilsa, past bosqichda tasvir yaxshi hosil bolmaydi. 256 bosqichga erishish uchun rastr yacheykasining kattaligi 256=16*16 nuqta bolishi kerak.
Odatda lazerli printerlar uchun 65-100 lpi, gazetalar uchun 65-85 lpi, jurnal va kitoblar uchun 85-133 lpi, tijorat-reklamalar uchun 133-300 lpi liniaturadan foydalaniladi.
Tonli tasvir sifatini dinamik diapazon (D) degan tushuncha orqali aniqlanadi.
Odatda optik muhitlar uchun (yoruglik otkazuvchi) dinamik diapazon noldan tortgacha, yoruglikni qaytaruvchi tekislik uchun noldan ikkigacha boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |