Mavzu:Vazinli zichlik o’lchash asboblari.
Bu zichlik o'lchagichlarning ishlash usuli tekshirilayotgan suyuqlikning ma'lum bir doimiy hajmdagi og'irligini uzluksiz o'lchashga asoslangan bo'lib, bu og'irlik tekshirilayotgan suyuqlikning funktsiyasi hisoblanadi. Vaznli zichlik o'lchagichlar yordamida toza suyuqliklarning zichligini o'lchash bilan bir qatorda, suspenziya hamda tarkibida qattiq jismlar bo'lgan suyuqliklar zichligini o'lchashda ham ishlatiladi.
Vaznli zichlik o'lchagichlarda pnevmatik o'zgartgich bilan ta'minlangan U simon trubka 2 sezgir element bo'lib xizmat qiladi. Tekshirilayotgan suyuqlik rezina trubkalar 1 orqali tutashtirilgan U simon trubkadan uzluksiz oqib o'tadi. Sezgir element
og'irligining o'zgarishi suyuqlik zichligining o'zgarishiga proportsional bo'lib, tayanch 3 yordamida richagning chap yelkasi 4 ga uzatiladi. Shu richagning o'ng yelkasiga esa qarshi yuk va teskari aloqa silfonining qarshiligi o'rnatilgan. Richag 4 ning harakati «soplo-to'siq» turidagi pnevmatik o'zgartgich 7 yordamida pnevmatik signalga aylantiriladi. Bu signal shkalasi zichlik birligida darajalangan ikkilamchi pnevmatik asbobga va teskari aloqa silfoni 6 ga boradi. Richag 4 muvozanat holatda bo'lganida chiqishdagi pnevmatik signal tekshirilayotgan suyuqlik zichligiga proportsional bo'ladi. Vaznli zichlik o'lchagichni sozlash tayanch 3 ning U simon trubka va tayanch 4 da mahkamlangan qismini o'zgartirish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Vaznli zichlik o'lchagichining funksional sxemasi.
U simon trubka kesimining doimiyligi va trubkadan suyuqlikning katta tezlikda oqishi vaznli zichlik o'lchagichlarning afzalligini ko'rsatadi. Hozirgi paytda sanoatda 500-2500 kg/m3 o'lchash chegaralariga mo'ljallan gan vaznli zichlik o'lchagichlar ishlab chiqariladi Moddalarning zichligi texnologik mahsulotning sifatini ba'zi hollarda esa tarkibini ham xarakterlovchi asosiy parametrlardan hisoblanadi. Zichlikni avtomatik o‘lchash asboblari kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlaridagi bir qator jarayonlarni avtomatlashtirishdagi muhim vositalardan hisoblanadi. Masalan, bug‘latuvchi qurilmalar, absorber, distillyasion, rektifikatsion va boshqa uskunalarni nazorat qilish hamda boshqarishda zichliklarni uzluksiz o‘lchab turilishini talab qiladi. Ba'zi ishlab chiqarishda suyuqliklarning zichligi erigan modda konsentratsiyasini aniqlash maqsadida o‘lchanadi.
Modda massasining hajmiga nisbati zichlik deyiladi, ya'ni
, (27,1)
bu yerda — zichlik, kg/m3; m — moddaning massasi, kg; V — moddaning hajmi, m3.
Suyuqlikning zichligi haroratga bog‘liq va normal (20°S) haroratda quyidagi ifoda bilan hisoblanadi:
ρ20=ρt[1-β(20-t)] , (27,2)
bu yeda pt —suyuqlikning ish haroratidagi zichligi, kg/m3; β—suyuqlik hajmiy issiqlik kengayishining o‘rtacha koeffitsienti, 1/°S; t —suyuqlikning harorati, °S.
Sanoatda suyuqlikning zichligini o‘lchash uchun qalqovichli, vaznli, gidrostatik va radioizotopli zichlik o‘lchagichlar ko‘p qo‘llaniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |