Uyga vazifa: o’tilgan mavzu yuzasidan savolar tuzish
Sana “___”________201__yil.
5-sinf “Vatan tuyg’usi”
Mavzu: 3. Vatanni anglash.
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad-o’quvchilarda vatanni anglash haqida tushucha hosil qilish.
tarbiyaviy maqsadi-o’quvchilarda sog’lom fikrni shakillantirish.
rivojlantiruvchi maqsadi-o’quvchilarbi fanga bo’lgan qiziqishlarini ortirish va rivojlantirish.
Darsning rejasi:
1. Tashkiliy qism;
2. Yangi mavzu bayoni;
3. Mavzu ustida ishlash;
4. O’quvchilarni baholash;
5. Uyga vazifa berish.
Darsning jihozi: 5-sinf “Vatan tuyg’usi” darsligi va tarqatmalar.
Darsning bosqichli jadvali:
T.r
|
Darsning bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
Guruhlarga topshiriqlar berish orqali o’tilgan mavzuni so’rash
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni bayon etish
|
15 daqiqa
|
4
|
Xotira mashqlari va savollar berish orqali mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Dars yakuni va o’quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
6
|
Uyga topshiriq berish
|
2 daqiqa
|
Dars turi: yangi bilim va ko’nikmalar berish.
Dars uslubi: suhbat va savol javob.
Darsning borishi
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Sinf honasi va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish
O’tilgan mavzuni so’rash:
O’tilgan mavzuni o’quvchilar bilan savol-topshiriqlar orqali yakka suhbat orqali so’rayman.
Yangi mavzu bayoni:
O’quvchilar e’tiborini savol-topshiriqlarga qarataman va mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarni yozdiraman.
Vatanni anglash uchun uni chin yurakdan sevib ardoqlab yashash kerak. Vatan tushunchasi aniq joy bilan bog’liq bo’lgani uchun uning hududida o’ziga hos qadryatlar, betakror ma’naviyat egasi bo’lgan xalq shakilanadi. Vatan shu xalqning mehnati, yaratuvchanlik salohiyati tufayli rivojlanadi. Vatandagi har qarich yer, har bir hududning o’ziga xos xosiyati, fayz-u tarovati bor. Xalqimiz bunday xosiyatli joylarni va ne’matlarni “duo ketgan” deb tariflaydi. Odamzod qadim-qadim zamonlardan buyon turli millat va ellatlarga, davlat va xalqlarga bo’linib yashab keladi. Bunday xilma-xillik orqali har bir xalq o’z milliy an’analarini saqlab, ota-bobolarining rasm-rusum va qadriyatlarini davom ettiradi. Bu rasm rusum va qadriyatlar har bir xalq yoki millat makon tutgan joy bilan bog’liq holda shakillanadi. Vatanimizning o’ziga xos xususiyatlari hatto insonning yuz tuzilishi, chehrasida ham aks etib turadi. Ajdodlar deb, insonning uzoq va yaqin ota-bobolariga aytiladi. Avlodlar deb, inson naslining davomchilariga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |