MAVZU: Vaqtli matbuot va nutq madaniyati. Radio, televideniye, gazeta va jurnallarda o‘zaki va yozma nutq qoidalariga rioya qilinishi
- REJA:
- Ommaviy axborot vositalari haqida tushuncha.
- Publitsistik uslub va uning xususiyatlari.
- OAV larda nutq madaniyatiga rioya etilishi.
- Jamiyatda savodli shaxslarning shakllanishida matbuot vositalarining ahamiyati.
Tayanch tushunchalar: Adabiy til, og‘zaki adabiy nutq, yozma adabiy nutq, orfoepik qoidalar, orfografik qoidalar, umumxalq nutqi, aloqa vositasi, nutq me’yorlari, adabiy talaffuz, urg‘u, intonasiya, yozuvchi, so‘zlovchi, muloqot vositasi. - Tayanch tushunchalar: Adabiy til, og‘zaki adabiy nutq, yozma adabiy nutq, orfoepik qoidalar, orfografik qoidalar, umumxalq nutqi, aloqa vositasi, nutq me’yorlari, adabiy talaffuz, urg‘u, intonasiya, yozuvchi, so‘zlovchi, muloqot vositasi.
Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari uchun turli imtiyozlar belgilashga qaratilgan qonunchilik tobora takomillashtirilmoqda. Xususan, 2011-yil 30-dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklari berish to‘g‘risida”gi qaror buning yorqin isbotidir.
2015-yilda “O‘zbekistonda Internet jurnalistikasini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika konferentsiyasi o‘tkazilgani ayni muddao bo‘ldi. Buning natijasida fond yuqori malakali jurnalist, tahlilchi va sharhlovchilar tayyorlash, nufuzli xalqaro media kompaniyalar, xorijiy hamkasblar bilan samarali ijodiy aloqalar o‘rnatish, yosh mutaxassislarning kasb mahorati va tajribasini oshirish borasida izchil ishlarni amalga oshirdi
Publitsistik uslub va uning xususiyatlari. - Publitsistik uslub va uning xususiyatlari.
- Publisistika (lat. «xalq, omma») davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o‘quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo‘layotgan voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Ommabop uslubni shakllantiruvchi vositalar ijtimoiy-siyosiy atama va birikmalar bo‘ladi: fuqarolik burchi, iqtisodiy tejamkorlik, siyosiy vaziyat, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, iqtisodiy vaziyat, hukumat tangligi va b. publitsistik uslub ommaviy axborot vositalari uslubidir. Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir qilish, soddalik, tushunarlilik, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishdir. - Ommabop uslubni shakllantiruvchi vositalar ijtimoiy-siyosiy atama va birikmalar bo‘ladi: fuqarolik burchi, iqtisodiy tejamkorlik, siyosiy vaziyat, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, iqtisodiy vaziyat, hukumat tangligi va b. publitsistik uslub ommaviy axborot vositalari uslubidir. Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir qilish, soddalik, tushunarlilik, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishdir.
Tildagi har bir hodisaga obyektiv baho berish uchun o‘sha tilning ruhidan kelib chiqish kerak. Shu ma’noda imlo masalasi ham bundan soqit bo‘lmasligi lozim. Har bir tilda bo‘lganidek, o‘zbek tilining ham imlo tamoyillari bor. Bular yozuvni muayyan tartibda, turg‘un va standart holatda ushlab turuvchi, yozuv me’yorlariga oid qoidalarni barcha uchun bir xildagi majburiy qilib qo‘yuvchi asosiy omildir [Golovin]. - Tildagi har bir hodisaga obyektiv baho berish uchun o‘sha tilning ruhidan kelib chiqish kerak. Shu ma’noda imlo masalasi ham bundan soqit bo‘lmasligi lozim. Har bir tilda bo‘lganidek, o‘zbek tilining ham imlo tamoyillari bor. Bular yozuvni muayyan tartibda, turg‘un va standart holatda ushlab turuvchi, yozuv me’yorlariga oid qoidalarni barcha uchun bir xildagi majburiy qilib qo‘yuvchi asosiy omildir [Golovin].
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |