Shataklanish paydo bo‘lishini aniqlash tartibi, shataklanayotgan va shataklanmayotgan tortuv elektr dvigatellarining alohida nuqtalaridagi potentsiallarni taqqoslashga asoslangan. Tortuv elektr dvigatellarini parallel ulanganda, shatakli relening g‘altagi tortuv elektr dvigatellari yakorlarining tarmoqlanib chiqish joylari orasiga ulanadi (14. - rasm).
Bitta g‘ildirak juftligida shataklanish paydo bo‘lganda yakordagi tok va u bilan bog‘langan tortuv elektr dvigatelinining toki kamayadi. Shatakli rele g‘altagi ulangan nuqtaning potentsiali ham kamayadi (asosiy va qo‘shimcha qutblar chulg‘amlarida kuchlanish tushishi kamayadi). Poten-siallar farqi ta’sirida shatakli rele g‘altagidan tok o‘tadi va rele ulanadi.

Lekin shataklanishni bunday aniqlash sxemasi jiddiy kamchilikka ega. Ya’ni dvigatellari bir rele yordamida nazorat qilinadigan g‘ildirak juftliklari bir xil yoki bir-biriga yaqin tezlikda, bir vaqtda shataklanishini aniqlash imkoni mavjud emas. Chunki shatakli rele g‘altagi ulangan nuqtalarning potentsiali teng yoki bir-biriga juda yaqin. Zamonaviy lokomotivlarda shataklashni aniqlash uchun ko‘priksimon sxemadan foydalaniladi. Bunday sxema atiga bitta g‘ildirak juftligi shataklanmasa ham, shataklanishni aniqlash imkonini beradi (15 - rasm).
G‘ildirak juftligi shataklanganda yakor va qo‘shimcha qutblar ulanish nuqtasining potentsiali, shataklanuvchi tortuv elektr dvigateli yakorining zanjiridagi tokning pasayishi hisobiga pasayadi. Xuddi shu nuqtada shataklanmagan g‘ildirak juftliklarida esa potentsial o‘zgarmaydi. Bu holatda maksimal potentsialli nuqtadan shatakli rele orqali minimal potentsialli nuqtaga tok oqishi uchun zanjir hosil bo‘ladi. Shatakli relening sezgirligi oshadi. Lekin barcha g‘ildirak juftliklari shataklanganda bu sxema ishga yaroqsiz bo‘lib qoladi (bunday holat amalga oshishi ehtimoldan uzoq).