Mavzu: Vakum texnikasi asoslari. Vakum hosil qilish, uni darajalash. Nasoslar klassifikatsiyasi. Past vakuum olish yuqori vakuum hosil qilish



Download 0,97 Mb.
bet1/6
Sana19.02.2022
Hajmi0,97 Mb.
#459854
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
vakuum nasoslar


Mavzu: Vakum texnikasi asoslari. Vakum hosil qilish, uni darajalash. Nasoslar klassifikatsiyasi. Past vakuum olish.yuqori vakuum hosil qilish.

Vakuum – havosiz bo’shliq degan ma’noni anglatadi. Past bosimni, «vakuumni» hosil qilish texnikada, ilmiy tadqiqot ishlarida muhim rol o’ynaydi. Vakuumdan turli elektrik va radiotexnik maqsadlarda (elektron lampalar, elektron nurli trubkalar va h.k.) foydalanish vakuum texnikasining rivojlanishi uchun katta turtki bo’ldi.


Vakuum fan-texnika tarraqqiyotida va turmushda muhim ahamiyatga ega. Vakuum qanday hosil qilinadi? Idishdan havoni so’rib chiqarish qanday amalga oshiriladi? Havo yoki gazni idishdan so’rib chiqarish maxsus konstrukstiyali vakuum nasoslari yordamida amalga oshiriladi.
Vakuum texnikasining dastlabki yillarida vakuum porshenli nasoslar bilan hosil qilingan. Shunday nasoslardan biri Gerikning havo nasosi edi. Ammo porshenli mexanik nasoslar Yuqori vakuumlarni hosil qilaolmaydi. Buning sababi siyraklashtirish ma’lum kattalikka etganda bosim farqi ta’sirida stilindr va porshen orasidan idishga havo sizib kiraboshlaydi. Keyin nasos boshqa siyraklantira olmaydi.
XX-asrning boshlarida vakuum hosil qilish uchun ishonchli ishlaydigan rotastion forvakuum nasoslari paydo bo’ldi. Keyinchalik fan va texnikaning turli sohalarida ancha mukammal konstrukstiyali maxsus forvakuum nasoslari qo’llanila boshladi. Rasmda rotastion nasosning tuzilishi ko’rsatilgan. Tez aylanadigan 1-rotor qo’zg’aluvchan 2-kuraklarga ega bo’lib, vakuum hosil qilinadigan idishdan chiqariladigan havo 3-trubkadan kuraklar orqali 4-chiqarish trubkasiga uzatiladi. Odatda nasosning germetikligini (yaxshilash) ta’minlash uchun nasos moy ichiga solib qo’yiladi. Rotorning har bir aylanishida havosi so’riladigan idishdan ma’lum miqdor havoni olib uni atmosferaga chiqarib tashlaydi.
Porshenli eng sodda havo nasosi o’zining tuzilishi jihatidan porshenli suv nasosi bilan o’xshash bo’lib, undan faqat qismlarining aniqroq ishlanganligi va zichroq o’rnatilganligi bilan farq qiladi. Ammo porshenli nasos mexanik nuqtai nazardan noqulay harakatlanuvchi, ya’ni orqaga va oldinga harakatlanuvchi nasoslarning o’rnini hozirgi vaqtda kuraklari aylanma harakat qiluvchi nasoslar tamomila egallagan. Shu xildagi vakuum nasosining kesimi va ishlash prinstipi 2-rasmda ko’rsatilgan. Nasosning massiv metall korpusi ichidagi stilindrik bo’shliqqa metall stilindr eksstentrik o’rnatilgan. Stilindrdagi kesikka o’rnatilgan va ikkita kurak o’zlari orasida qo’yilgan prujina yordamida bir-birlaridan itarilib, stilindr bilan bo’shliqning devorlari orasidagi sohani ikki hismga ajratadi.
Bu sxemalar strelka bilan ko’rsatilgan yo’nalishda aylanganda kuraklar qanday ketma-ket holatlarda bo’lishini tasvirlaydi.
Bo’shatiladigan idish S naychaga ulangan bo’lib, holatda gaz idishdan birinchi sohaga kiradi. Stilindr buralgan sari kurak suriladi ( xolat), 1-soha kengayadi, va gaz S naycha orqali so’riladi.



Simobli diffuzion nasosning eng sodda turi 3-rasmda tasvirlangan. idishga quyib qo’yilgan simob elektr pechi yordamida qizdiriladi. Natijada simob bug’lanadi va truba orqali soplodan otilib chiqadi. So’ngra u suv bilan sovitiladigan devorda kondensastiyalanadi va nay bo’yicha yana idishga oqib tushadi. soplodan otilib chiqayotgan simob bug’i oqimi bo’shatiladigan idishdan nay orqali keluvchi gaz molekulalarini o’zi bilan olib ketadi. So’ng ular forvakuum nasosi bilan nay orqali so’rib olinadi. Bu ko’rsatilgan prinstip, ya’ni kondensastiyalanadigan simob bug’ining va molekulalarni o’zi bilan olib ketishi hozirg vaqtda turli variantlarda qo’llaniladi. Dastlab diffuzion nasoslar shishadan yasalgan. Metalldan yasalgan diffuzion nasoslarning juda ko’p xil konstrukstiyalari bor. Ko’pincha ketma-ket bir nechta soplo o’rnatilgan ko’p pog’onali diffuzion nasoslar juda yaxshi vakuum hosil qiladi va forvakuum nasosi bilan birgalikda ishlatiladi. Hozirgi vaqtda diffuzion nasosdagi simobni qiyin uchuvchan organik suyuqliklar bilan almashtirgan. Bunday nasoslar moy-bug’li nasoslar deyiladi. Simobli diffuzion nasoslarning kamchiligi shundaki, ularda bo’shatladigan idishga simob bug’i kirib qoladi. Simobli diffuzion nasoslar dan past bosimlarni hosil qila olmaydi. Bu kamchilikdan qutilish maqsadida simobli diffuzion nasos bilan bo’shatiladigan idish orasida egilgan maxsus naycha «simob tutgich» bo’ladi. U suyuq havo bilan sovitiladi. Suyuq havoning qaynash temperaturasi . Bunda simob qattiq holatda bo’lib, to’yingan simob bug’ining bosimi yo’q darajada kichik bo’ladi (2-rasm). Rotastion forvakuum nasoslarinisbatan kichik past vakuumlarni (10-2 – 10-3 mm sim ust) hosil qilish uchun esadiffuzion bug’ nasoslari qo’llaniladi.
Eng sodda diffuzion nasosning sxemasi 3-rasmda ko’rsatilgan. Moy bug’li nasoslar suyuq havo bilan sovitiladigan simob tutqichsiz va hatto suv bilan sovitilmaganda ham ishlatiladi. Chunki ularda ishlatiladigan suyuqliklar to’yingan bug’larning uy temperaturasidagi bosimidan juda kichik bo’ladi.
Yuqori vakuumlarni hosil qilishda ular forvakuum nasoslari bilan birgalikda ishlatiladi. Past va yuqori vakuumlarni hosil qilishda turli tipdagi nasoslar qo’llaniladi. Ular haqida maxsus adabiyotlardan zarur ma’lumotlarni olish mumkin.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish