mavzu. V-XII asrlarda o‘zbek davlatchiligi va ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot. IX-XII asrlarda O‘rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg‘onish davri. Fan va madaniyatning yuksak ravnaqi Ma’ruza – soastrrepla


Xorazm somoniylar davrida ularga tobe edi. X asr oxiri va XI asrning boshlariga



Download 0,79 Mb.
bet8/13
Sana20.06.2022
Hajmi0,79 Mb.
#681121
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
лотин 4а мавзу V XII аср да узбек дав ва ижт сиё икт мад хаёт Уйгон

Xorazm somoniylar davrida ularga tobe edi. X asr oxiri va XI asrning boshlariga kelib Xorazm hokimi Ma’mun I va uning o‘g‘li Ali ibn Ma’mun Somoniylar davlati tugaganidan so‘ng mustaqil davlat tuzishga harakat qilib ko‘rdilar. Lekin Movaraunnahrdagi Qoraxoniylar va Xurosondagi G‘aznaviylar davlati oldida Xorazm davlati juda kuchsiz bo‘lib, ko‘p hollarda Mahmud G‘aznaviy va uning o‘g‘li Ma’sudga qaram edi. G‘aznaviylar davlatining inqirozi va Xurosonda Saljuqiylar hukmronligi o‘rnatilgandan keyin Xorazm dastlabki yillarda mustaqil siyosat olib borishga harakat qilgan bo‘lsa-da, tez orada Saljuqiylarga qaram davlatga aylandi.
Xorazmning mustaqil davlat sifatida shakllanishida ko‘p xizmat qilgan hukmdor Qutbiddin Muhammad Otsiz (1127-1156) bo‘ldi. Saljuqiy Sulton Malikshoh davrida Xorazmni hukmdori bo‘lgan Anushteginning nevarasi Otsiz o‘zi tobe bo‘lgan Saljuqiy sultonlarining har bir xatosidan ustalik bilan foydalandi. Ayyor, diplomat va mohir sarkarda bo‘lgan Otsiz mustaqil tashqi siyosat olib bordi. U Xorazm erlarini ancha kengaytirib, Sirdaryoning quyi oqimi erlarini, Mang‘ishloqni bosib oladi. SHundan so‘ng u bir necha bor (1138, 1141, 1142, 1147-1148-yy.) Sulton Sanjarga qarshi isyon qildi va mag‘lubiyatga uchrab Saljuqiylarga butunlay tobe bo‘lib qoldi. Lekin shunga qaramasdan u Xorazmni mustaqilligi uchun mustahkam asos yarata oldi. Sulton Sanjarning o‘limidan so‘ng (1157 y.) Saljuqiylar davlati deyarli yo‘q bo‘ldi va Xorazmni mustaqil davlat sifatida siyosat olib borish uchun keng yo‘l ochildi. Muhammad Otsizning o‘limidan so‘ng o‘g‘li Elarslon taxtga o‘tirdi. U otasiga qaraganda ancha qulay vaziyatda davlatni boshqardi. Xurosondagi voqealardan foydalanib u Kaspiy bo‘yidagi Dehiston hududlari bosib olishga erishdi. Elarslon otasi davrida Xorazmning bo‘ysundirilgan ko‘chmanchi turkman va qipchoq qabilalari yordamida Movaraunnahrning ichki ishlariga ham tez-tez aralasha boshladi. 1158 yilda u katta qo‘shin bilan Movaraunnahrga bostirib kirdi. Bu vaqtda qoraxitoylarga vassal bo‘lgan qoraxoniylar ko‘chmanchi qarluq qabilalari bilan jang olib borishayotgan edi. Elarslon qarluqlarga Buxoro va Samarqand uchun olib borgan janglarda yordam berdi. Lekin qoraxitoylar qo‘shinlari yordamga etib kelishi bilan Elarslon Xorazmga qaytishga majbur bo‘ldi. U bir necha marta Xurosonga yurish qilgan bo‘lsa-da, muvaffaqiyatga erisha olmadi. 1171-1172 yillarda qoraxitoylarning katta qo‘shini Xorazmshohning o‘lponini o‘z vaqtida to‘lamayotganligini bahona qilib Xorazm ustiga yurish qildi. Elarslonning buyrug‘i bilan Sirdaryodagi katta to‘g‘on buzib tashlandi va katta maydon suvga bostiriladi. Bu qoraxoniylar qo‘shini yurishini qiyinlashtirdi va Xorazmning poytaxti Gurganch (Urganch) ni talon-taroj qilishdan saqlab qoldi.
Lekin qoraxoniylarning bu bosqini davrida Elarslon vafot etdi. Undan keyin Xorazm taxtini uning kichik o‘g‘li Sultonshoh egallaydi. Arslonning katta o‘g‘li Alouddin Takash qoraxitoylar yordami bilan ukasi Sultonshohdan taxtni tortib olishga erishdi. Sultonshoh Xurosonga qochishga majbur bo‘ldi. SHundan so‘ng Alouddin Takash (1172-1201) Xorazmda mahkam o‘rnashib, qoraxitoylarga va’da bergan o‘lponni to‘lashdan bosh tortadi. Unga javoban qoraxitoylar Xorazmga yana yurish qiladilar, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Sultonshoh ixtiyoriga bir kichik qo‘shin qoldirib o‘zlari orqaga qaytadilar. Sultonshoh esa qo‘shin bilan Marv shahrini, Saraxs va Tusni egalladi.
Qoraxitoylarning muvaffaqiyatsiz yurishlaridan keyin, Takash o‘z davlatini yanada mustahkamladi. Movarounnahrga, Xurosonga bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirdi. U Movarounnahrni egallay olmagan bo‘lsa-da, lekin Xurosonni bir necha tumanlarini bosib oldi. Lekin Xorazshoh Takashning Xurosonda kuchli va xavfli raqibi bor edi. Bu tobora kuchayib borayotgan G‘uriylar davlati edi. G‘ur viloyati hozirgi Afg‘onistondagi Gerirud daryosi bo‘yida, Hirotdan Balxgacha, Qobuldan G‘aznagacha cho‘zilgan viloyat bo‘lib, bu erda asosan forsiy qabilalar yashagan. So‘nggi Saljuqiylar davrida G‘ur viloyati o‘z mustaqilligini ancha mustahkamladi.
1150-1151 yillarda g‘uriylar hokimi Alouddin G‘aznaviy sulosasi sultoni Bahromshoh ustidan g‘alaba qozonib, G‘azna shahrini vayron qilgan edi. G‘aznaviylarga so‘nggi zarbani 1186-1187 yillarda G‘uriylar hokimi G‘iyosiddin Muhammad berdi. SHundan so‘ng G‘uriylar hozirgi Afg‘onistonni hamda Tojikiston va O‘zbekistonning janubiy hududlarini ham ma’lum vaqt egallab turdilar. Xurosonda Saljuqiylarning kuchsizlanganidan foydalanib, G‘uriylar sultoni G‘iyosiddin Muhammad 1175 yilda Hirotni egalladi va Xurosonning markaziy hududlariga hujumlar uyushtirib turdi. Qoraxitoylarning vassali hisoblangan Xorazmshoh Takash esa Xorazmni qoraxitoylar qo‘lidan qutqarish uchun katta kuch sarflashga majbur bo‘ldi. Faqat XII asrning 80-yillarida u Xurosonni ba’zi bir hududlarini qo‘lga kiritdi. 1187 yilda u Nishopurni, 1192 yilda Ray shahrini, 1193 yilda Marv shahrini egalladi. Bag‘dod xalifasi Nasr (1180-1225) va G‘arbiy Saljuqiylar sultoni Tug‘rul II o‘rtasidagi nizodan foydalanib, Takash qo‘shinlari 1194-yilning mart oyida Tug‘rul II ga qarshi urush ochdi va uni engib Hamadon shahrini egalladi. Tug‘rul II esa jangda o‘ldirildi.
Xorazmshohning tobora kuchayib borayotganidan xavfsiragan Xalifa Nasr qo‘shinlari Takashga qarshi chiqdilar. 1196 yilning iyul oyida xorazmliklar xalifa qo‘shinlarini engdilar. SHu tariqa Eronning katta qismi Xorazmshohlar qo‘liga o‘tdi va davlati, hududi birdaniga ikki baravar kengaydi. Xorazm davlati endi Bag‘dod xalifasiga tegishli joylar va G‘uriylar bilan chegaradosh bo‘lib qoldi. 1200 yilda Takash vafot etdi va shundan keyin Iroqda xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarildi. Bu erdagi Xorazm qo‘shinlarining katta qismi qirib tashlandi, qolganlari Xurosongacha kelishga majbur bo‘ldi. Xorazmshohlar ichida Takash -eng talantli lashkarboshi va hukmdor edi. U juda og‘ir vaziyatda Old Osiyo va O‘rta Osiyoning katta qismini birlashtirib qudratli davlat tuzishga muvaffaq bo‘ldi.
Lekin Takashning katta xatosi shunda ediki, u o‘zining xotini Turkonxotun mansub bo‘lgan qipchoqlar qabilasiga katta erkinliklar berdi. Ularni doimo qo‘llab-quvvatladi. Turkonxotunning davlat ishlariga aralashuvi Xorazmdagi ichki nizolarini kuchayishiga olib keldi. Takashning o‘limidan keyin Xorazm taxtiga uning o‘g‘li Alouddin Muhammad o‘tirdi (1200-1220). 1203-yilda Muhammad qoraxitoylarning yordami bilan Xurosonni butunlay bosib oldi. Hirotni va yaqin atroflarini egalladi, 1207-yilda u o‘z poytaxtiga qaytib, Movaraunnahrni bosib olish uchun tayyorgarlik ko‘ra boshladi. SHu yilning o‘zidayoq Muhammad Movaraunnahrga katta kuch bilan harbiy yurish boshladi. Buning sababi Buxoroda ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘oloni edi. Bu qo‘zg‘olon 1206-yilda Buxoro sadri (hokimi) Muhammad ibn Abdulazizga qarshi qaratilgan edi. Buxoro sadrlariga xos barcha yomon xislatlar bu odamda mujassam edi. U xalqdan katta soliqlar olib ularni shafqatsizlarcha ezar edi. U diniy rahbar bo‘lishiga qaramasdan ayt-ishratga, ovga mukkasidan ketgan edi.
Buxoroda uning zulmiga qarshi xalq harakatining asosiy kuchlari shahar hunarmandlari edi, qishloq aholisi-dehqonlar bu harakatni qo‘llab-quvvatladi. Bu qo‘zg‘olonning boshlig‘i qalqon yasovchi ustaning o‘g‘li Malik Sanjar ismli shaxs edi. Qo‘zg‘olonchilar sadr Muhammadni quvib chiqardilar. U qoraxitoylardan yordam so‘radi. Lekin Xorazmshoh Muhammad qoraxitoylardan oldinroq harakat qilib, Buxoroni bosib oldi va shu tariqa Movarounnahrni Xorazm tarkibiga qo‘shib olish boshlandi.
Qo‘zg‘olonchilarning boshlig‘i Malik Sanjar Urganchga olib ketildi.
Movarounnahr xalqi Xorazmshohni qoraxitoylar zulmidan qutqaruvchi kuch sifatida qarshi oldi. Muhammad Xorazmshoh Qoraxitoylarning vassali bo‘lgan Samarqand hokimi (qoraxoniylar sulolasidan) Usmon bilan do‘stona munosabat o‘rnatdi. Bu esa qoraxitoylarning Samarqandga yurish qilishiga olib keldi va ular shaharni bosib oldilar. Bu vaqtda mo‘g‘ul qabilalaridan biri bo‘lgan naymanlar qoraxitoylarning Ettisuvdagi erlariga bostirib kirdilar. SHuning uchun qoraxitoylar shoshilinch ravishda orqaga qaytishga majbur bo‘ldilar. Qoraxitoylarning qiyin ahvolga tushib qolganidan foydalangan Xorazmshoh Samarqandni egallab (Usmon uning vassaliga aylandi) qoraxitoylar ustiga yurish qildi va Talas vodiysida 1210-yilda qoraxitoylar qo‘shini ustidan g‘alaba qozondi. Bu g‘alaba tufayli Muhammad Xorazmshohning ahvoli ancha mustahkamlandi. Samarqand hokimi Usmon Xorazmshohning to‘liq vassaliga aylandi va uning kuyovi bo‘ldi.
Soliqlarning haddan tashqari oshib ketganligidan norozi bo‘lgan Samarqand xalqi 1212-yilda qo‘zg‘olon ko‘tardi. Katta qo‘shin bilan Xorazmshohning o‘zi Samarqandga kirib borib qo‘zg‘olonchilardan shafqatsizlarcha o‘ch oldi va kuyovi Usmonni ham o‘ldirdi. SHundan so‘ng u Movaraunnahrdagi vaziyatni o‘z foydasiga hal etish uchun Farg‘onani Usmonning ukasi Qodirdan tortib oldi. O‘zgan shahrini ham egalladi va shu tariqa qoraxoniylar sulolasi butunlay tugatildi. Qoraxitoylar sulolasini esa ko‘chmanchi naymanlar Quchluq rahbarligida tugatdilar. Xorazmshoh O‘rta Osiyoni butunlay egallagandan so‘ng G‘arbga yurish qildi va tez orada Eron va Afg‘onistonni bosib oldi. Hattoki Bag‘dod xalifasini ag‘darishga urinib ko‘rdi.


6. IX- XII asrlarda yuz bergan ilk uyg‘onish (renessans) davrining yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatgan tarixiy shart- sharoitlar va omillar
Fanda “Uyg‘onish davri” deb ataladigan davr G‘arbiy va Markaziy Evropa mamlakatlarda XIV-XVI asrlardagi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalash uchun ishlatilgan. Birinchi marotaba “uyg‘onish” atamasini XVI asr italyan rassomi va tarixchisi J.Vazari o‘z asarlarida ishlatadi. “Uyg‘onish”, “uyg‘onish davri” atamalari XIV-XVI asr ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish mohiyatini ochib bermasdan, ko‘proq antik davr merosini, ya’ni antik madaniyatga o‘xshash madaniyatni qaytadan “tirilishi”, “uyg‘onishi” ma’nosida ishlatila boshlandi. Keyinchalik fanda bu atama keng qo‘llanila boshlandi. SHu ma’noda ko‘pchilik tadqiqotchilar IX-XII asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixida madaniyatning rivojlanishini o‘ziga xos xususiyatlarni ham “uyg‘onish” davri deb atalishi yuqorida qayd qilinganidek, shartlidir deb hisoblaydilar.
IX-XII asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma’naviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish davri bo‘ldi. VIII asrda Arab xalifaligi hozirda O‘rta Osiyo deb atalmish hududni fath etib bo‘lgan, bosib olingan erlarda islom dini keng yoyilib, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayot Arab xalifaligi tartib-qoidalariga butunlay bo‘ysundirilgan edi. Xalifalik tarkibiga kiritilgan o‘lkalarda faqat islom dinigina emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. CHunki arab tili xalifalikning davlat tili bo‘lsa, islom dini uning mafkurasi edi. SHu sababli bu mamlakatlarda arab tilini o‘zlashtirishga intilish kuchli bo‘lgan. Islomni qabul qilgan aholining arab tili bilan muloqoti, ibodat vaqtlarida qur’on suralarini tilovat qilishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik ma’murlari bilan yaqinlashish va mamlakatda o‘z siyosiy mavqelarini tiklab uni mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar. Arab tiliga bo‘lgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli ko‘p vaqt o‘tmay Movaraunnahrda xatto o‘z ona tilidan ko‘ra arab tili va yozuvi o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ldi. CHegaralari borgan sari kengayib, ulkanlashib borayotgan xalifalik uchun ilm ahli suv va havodek zarur bo‘lib qoldi. Davlatni boshqarishda xalifalik ma’muriyati bilimdon siymolarga muhtoj edi. CHunki arablar orasida bu paytda davlat ishiga yaroqli bo‘lgan bilimdonlar ham oz bo‘lib, borlari ham zaif edi.
Bu hol o‘z navbatida arab tili va yozuvini Movarounnahrda keng yoyilishiga imkoniyat yaratib berdi. Ammo VIII asr oxiri IX asr boshlarida bo‘ysundirilgan xalqlarni mutloq itoatda saqlab turish nafaqat xalifalik markazi ma’murlariga, balki o‘lkalarga tayinlangan noib uchun ham tobora qiyinlasha boshladi.
821 yilda Xuroson va Movaraunnahrning noibi etib tayinlangan Tohir ibn Husayn xalifalik o‘ylaganidek siyosat yurgizmadi. U xalifa nomini xutba nomozidan chiqarib tashlashga ko‘rsatma berdi. Tohiriylar shunday qilib so‘zda o‘zlarini xalifalikning noibidek ko‘rsatsalar-da, amalda mustaqil ish yuritish harakatini boshlab yubordilar. Bu borada diqqatga sazovor tomoni shundaki, tohiriylar nafaqat siyosiy mustaqillikka intildilar, balki xo‘jalikning ko‘pgina tarmoqlarini o‘zlari xohlaganday tartibga solishga harakatlar qildilar. Ular qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida suv ta’minotini yaxshilashga katta e’tibor qarata boshladilar. Katta-katta ariqlar, kanallar qazdirdilar. Suv ta’minoti haqida fiqhshunos olimlar risolalar yozib, bu ishni aniq tartib-qoidaga binoan olib borish lozimligini isbotlab berdilar. SHunday qilib, mustaqil davlatlarning paydo bo‘lish uchun zamin paydo bo‘ldi.
873-yilda Tohiriylar hukmronligi o‘rniga Safforiylar hukmronligi o‘rnatildi. Bu o‘z navbatida Movarounnahrni Xurosondan ajralib, o‘z mustaqilligini tiklab olishi uchun asos bo‘ldi. IX asrning oxirgi choragida Movarounnahr Somoniylar qo‘l ostiga o‘tib, mustaqillikni yanada mustahkamlab oladi. Somoniylar sulolasining eng yirik vakillaridan biri bo‘lmish Ismoil Somoniy kuchli davlat tuzishga harakat qiladi va bu ishni muvaffaqiyatli ravishda uddasidan chiqadi.
Somoniylar o‘z davlatlarini o‘zlarigacha bo‘lgan sharq davlatlarining boshqaruv an’analarini chuqur o‘rgangan holda, ularga suyanib, zamon talablarini hisobga olgan holda o‘zgartirishlar kiritib boshqarishga harakat qildilar.
Movaraunnahr deb ataladigan bu hududda mustaqil davlatlarning tashkil topishi ularda siyosiy barqarorlik, iqtisodiy rivojlanish va madaniy hayotning ravnaqiga katta ta’sir ko‘rsata boshladi. Buxoro, Samarqand, Urganch va Marv kabi shaharlar ilm-fan va madaniyat markazlari sifatida shakllanib, rivojlana boshladi.
O‘rta Osiyoda IX-XIII asr boshlarida Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar va Xorazmshohlar davlatlari hukm surdilar. Bu davlatlar xalqaro maydonda o‘z mavqei va tutgan o‘rni jihatidan katta e’tibor va nufuzga ega bo‘ldilar. Ahmad Nasr, Ismoil Somoniy, Alptakin, Mahmud G‘aznaviy, To‘g‘rulbek, Sulton Sanjar, Otsiz, Takash singari tadbirkor va uzoqni ko‘ra oladigan davlat arboblari davrida O‘rta Osiyoda hayotning barcha jabhalarida yuksalishlarga erishildi, davlat hokimiyati mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik vujudga keldi.
Tarixchi Abu Mansur as-Saolobiyning Somoniylar Buxorosiga bergan ta’rifi butun O‘rta Osiyo davlatlarining IX-XIII asrlardagi ahvoliga tegishlidir: “...shon-shuhrat makoni, saltanat ka’basi va zamonasining ilg‘or kishilari jamlangan, er yuzi adiblarining yulduzlari porlagan hamda o‘z davrining fozillari yig‘ilgan (joy) edi”. O‘rta Osiyo hukmdorlari ilm ahli bilan yaqinlashdilar. Mamlakatni boshqarishda ularning bilimi va maslahatlaridan foydalandilar. Hukmdorlarning aksariyati bu davrda o‘z saroylarida olim, shoir va usta san’atkorlar, turli sohalar bo‘yicha qimmatbaho kitoblarni to‘plashga odatlandilar. Saroyga jalb etilgan olim va shoirlar, kutubxonalardagi nodir qo‘lyozma asarlar bilan mag‘rurlanardilar.
Damashq, Qohira, Bag‘dod, Kufa, Basra va boshqa katta shaharlarda O‘rta Osiyodan borib fan, madaniyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shgan avlod-ajdodlarimiz bu davrga kelib ko‘paya bordi. Bag‘dod shahri SHarqning ilm-fan markazi sifatida olamga tanildi, chunki IX asrda bu erda “Bayt ul-hikma”-(“Donishmandlar uyi”) SHarqning fanlar akademiyasi tashkil etildi. Bunga monand holda X asr oxirlarida Xorazmda ham xalifa Ma’mun davrida (995-997-y.) “Donishmandlar uyi”-“Bayt ul-Hikma”-“Ma’mun akademiyasi” (Xorazm akademiyasi) tashkil topdi. Bu ikki ilm o‘chog‘larida SHarqning mashhur va ma’lum olimu-allomalari tahsil ko‘rganlar. Ular orasida Ahmad Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqa buyuk allomalarning nomlari bor.


7. IX- XII asrlarda moddiy madaniyat, ilm- fan va badiiy adabiyot rivoji. O‘rta osiyolik buyuk allomalarning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi.
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) qadimgi Xorazm diyorida tug‘ilib, voyaga etadi. G‘oyatda o‘tkir zehn egasi va noyob qobiliyat sohibi bo‘lgan al-Xorazmiy yoshlik chog‘idan boshlab aniq va tabiiy fanlarni o‘rganishga qiziqdi, arab, fors, hind va yunon tillarini egalladi, bu tillarda yozilgan kitoblarni qunt bilan o‘qib, mutolaa qildi. U dastlabki ta’limni xususiy muallimlardan oldi va so‘ngra o‘sha davrning yirik ma’rifat markazlaridan biri bo‘lgan Marv madrasasida o‘qidi. Xalifa Xorun ar-Rashidning o‘g‘li Ma’mun xalifalik taxtiga o‘tirgach (813 y.) Muhammad Muso al-Xorazmiyni o‘zi bilan birga Bag‘dodga olib ketadi va u erda tashkil etilgan “Bayt ul-Hikma”ga boshliq etib tayinladi. Bag‘dodda u Suriya, Iroq, Eron, Xuroson va Movaraunnahr olimlari bilan ijod qiladi.
Xorazmiy matematika, geometriya, astronomiya, geografiya, tarix ilmi va boshqa fanlar sohasida barkamol ijod qildi. Uning “Al Jabr al muqobala” (“Teng lamalar va qarshilantirish”), “Hisob al-Hind” (“Hind hisobi”), “Kitab surat al-Arz” (“Er surati haqida kitob”), “Kitab at-Tarix” (“Tarix kitobi”), “Kitab al-Amal Bil Usturlabat” (“Usturlob bilan ishlash haqida kitob”) kabi asarlari olimga jahonshumul shuhrat keltirdi. Xorazmiy yaratgan 20 tadan ortiq asardan bizning davrimizgacha faqat 10 tasigina etib kelgan.
Xorazmiy ijodi merosida “Aljabr va al-muqobala” kitobining ilmiy ahamiyati nihoyatda buyukdir. Bu kitobi bilan u matematika tarixida birinchi bo‘lib algebra faniga asos soldi. “Al-gebra” atamasi ushbu kitobning “al-jabr” deb yuritilgan qisqacha nomining aynan ifodasidir. Xorazmiy nomi esa matematikada “algoritm” atamasi shaklida o‘z ifodasini topdi. Uning “Al-jabr” asari asrlar davomida avlodlar qo‘lida er o‘lchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va boshqa turli hisob va o‘lchov ishlarida dasturilamal bo‘lib xizmat qildi. Xorazmiyning bu risolasi XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi. Keyinchalik asrlar davomida Evropa olimlari Xorazmiy asarlarini qayta-qayta ishlab, u asosda asarlar yozadilar. Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o‘nlik pozitsion hisoblash sistemasi Evropada, Qolaversa, butun dunyo taraqqiyotida buyuk ahamiyat kasb etdi, algebrani mustaqil fan darajasiga ko‘tardi.
Olimning “Kitob at-Tarix” (“Tarix kitobi”)da Xuroson , Kichik Osiyo va Movarounnahrning VIII-IX asrlar tarixiga oid qisqa va aniq ma’lumotlar o‘z ifodasini topgan. Xorazmiyning “Zij” (“Astronomik jadval”), “Quyosh soati haqida risola” asarlari falakiyotshunoslik fanining rivojlanish taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi.
Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nosir al-Farg‘oniy 797-865 yillarida yashab ijod qilgan vatandoshimizdir. Ahmad Farg‘oniy o‘z asarlari bilan fan tarixida katta iz qoldirdi. U matematika, geografiya, astronomiya, tarix sohalarida ijod qildi. Ahmad Farg‘oniyning ijodiy faoliyati Bag‘dodda ulug‘ mutaffakir olim Al-Xorazmiy rahbarligidagi “Bayt ul-Hikma” bilan bog‘liqdir. U arab atamashunosligini paydo bo‘lishi va ilmiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, Bag‘dod va Damashqda rasadxonalar qurilishida shaxsan qatnashdi. Ahmad Farg‘oniyning kitoblari dunyoga ma’lum va mashhurdir. “Kitob fi Usul ilm an-Nujum” (“Falakiyot ilmining usullari haqida kitob”), “Falakiyot risolasi”, “Falak asarlari sababiyati”, “Al-Majistiy”, “Ilm-xayya”, “Al Farg‘oniy jadvallari”, “Usturlob bilan amal qilish haqida”, “Oy erning ustida va ostida bo‘lganida vaqtni aniqlash risolasi”, “Etti iqlim hisobi”, “Usturlob yasash haqida kitob” asarlarining qo‘lyozmalari Angliya, Fransiya, Germaniya, Misr, Hindiston, AQSH va Rossiyada saqlanmoqda.
Ahmad Farg‘oniyning bu asarlaridagi ilmiy kashfiyotlari butun jahon fani va madaniyatiga ulkan va munosib hissa qo‘shdi. U 812 yilda quyosh tutilishini oldindan bashorat qilib berdi, erning dumaloq ekanligini ilmiy dalillar bilan isbotlab, bir xil fazo yoritgichlarni har xil vaqtda ko‘rilishini, tutilishini hamma joyda har xil kuzatish mumkinligini izohlab berdi.
Ahmad Farg‘oniy yaratgan ilmiy kashfiyotlar natijalari qaysi fan sohasida bo‘lishidan qat’iy nazar g‘oyatda pishiq, puxta va nihoyatda mukammal bo‘lgan. XII asrdayoq olimning asarlari lotin tiliga tarjima qilinganligi va Evropaga tarqalganligi bu fikrning isbotidir. Evropaliklar Ahmad Farg‘oniyni “Al Fraganus” deb ataganlar. Uning asarlarini lotin, nemis, ingliz, fransuz, rus va boshqa tillarga tarjima qilganlar.
Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad Forobiy 873-yilda Forob (O‘tror) yaqinidagi Vasij shaharchasida tavallud ko‘rgan va 951-yilda Damashqda vafot etgan.
O‘rta Osiyoning yirik qomusiy olimlaridan biri, SHarq uyg‘onish davrining eng ko‘zga ko‘ringan arbobi, SHarq falsafasining otasi Forobiy avval Forob, Buxoro va Samarqandda bilim oldi va turli tillarni o‘rgandi. Bag‘dodga kelgach fanning turli sohalari bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishda davom etdi. U ilmiy darajasini oshirgach, fanning deyarli barcha sohalarini egallab, 160 dan ortiq asar yozdi. Forobiyning riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, falsafa, tilshunoslik va adabiyotga oid asarlari butun olamga mashhur bo‘ldi. U yozgan “Aristotelning “Metafizika” asari maqsadlari haqida”, “Tirik mavjudot a’zolari haqida”, “Musiqa kitobi”, “Baxt-saodatga erishuv haqida”, “Siyosat al-Madaniya” (“SHaharlar ustida siyosat yurgizish”), “Fozil odamlar shahri”, “Masalalar mohiyati”, “Qonunlar haqida kitob”, “Tafakkur yurgizish mazmuni haqida”, “Mantiqqa kirish haqida kitob”, “Falsafaning mohiyati haqida kitob” va boshqa asarlar buyuk olimning ilm va dunyoqarash doirasining beqiyos darajada kengligi va chuqurligidan dalolat beradi.
Forobiy fanning nazariy va falsafiy tomonlarini yoritishga harakat qilgan. U Platon, Aristotelning barcha falsafiy, tabiiy, ilmiy asarlariga, Ptolemeyning osmon jismlari harakati, Aleksandr Afrodiyning ruh haqidagi psixologiyasiga oid, Galenning tibbiyot bo‘yicha asarlari, Epikur, Zenon, Evklid risolalariga taqriz va sharhlar yozdi. Agar ilm-fan rivojidagi o‘zining qo‘shgan buyuk xizmatlari uchun Aristotel “Birinchi muallim” unvoniga sazovor bo‘lsa, Forobiy donishmandligi, Aristotelni yaxshi bilganligi, qomusiy aqli va ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan katta hissasi uchun “Al-muallim as-Soniy - “Ikkinchi muallim”, “SHarq Aristoteli” degan mu’tabar unvon oldi.
Forobiyning “Inson tanasining a’zolari haqida”gi risolasi tibbiyot ilmining maqsad va vazifalarini aniqlashga bag‘ishlangan. “Astrologiyaning to‘g‘ri va noto‘g‘ri qoidalari haqida”gi risolasida astrologlarning ruhiy va ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni osmoniy jismlar haqidagi ilmiy taxminlariga asoslangan faoliyatini, yolg‘on tasavvurlar va uydirmalardan farqlash zarurligini ta’kidlaydi.
Olimning ko‘p jildli “Musiqa haqida katta kitob” asari musiqa ilmining katta bilimdoni, sozanda va ajoyib bastakor ham bo‘lganligini tasdiqlaydi. U yangi musiqa asbobining ixtirochisi ham bo‘lgan.
O‘rta asr fanining rivoji va taraqqiyotida Forobiyning ilm tasnifi bo‘yicha olib borgan ilmiy ijodiy ishlari g‘oyatda qimmatlidir. U “ilmlarni kelib chiqishi haqida”, “Ismlarning tasnifi haqida” va boshqa risolalarida o‘sha davrda ma’lum bo‘lgan 30 ga yaqin ilm sohasining tartibi, tasnifi va tafsilotini beradi.
Forobiyning ilmiy - falsafiy merosi xalqimizning buyuk ma’naviy boyligi sifatida asrlar osha avlodlar uchun muhim ijod manbai bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy (899-959) Buxoro yaqinidagi Narshax (hozirgi Vobkent tumanida) qishlog‘ida 899-yilda tavallud topgan. Narshaxiyning ilmiy asarlari to‘g‘risida ma’lumotlar juda kam. Uning faqat “Tarixi Buxoro” (“Buxoro tarixi”) asari bizgacha etib kelgan. Asar qo‘lyozma nusxalarda va hozirgi zamon ilmiy tarixiy adabiyotlarda “Tarixi Narshaxiy”, “Taxqiq ul-Viloyat” (“Viloyat haqiqatini aniqlash”), “Axbori Buxoro” (“Buxoro haqida xabarlar”)kabi nomlar bilan atalib kelingan. Asarning turli nomlar bilan atalishiga ham sabablar bor. Bu asarning Narshaxiy tomonidan yozilgan dastlabki asl nusxasi saqlanib qolmagan. Uning bizgacha etib kelgan qismi 1128 yilda Quva shahridan bo‘lgan Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy arab tilidan fors tiliga qisqartirib tarjima qilgan nusxasidir. Undan keyingi yillarda ham Narshaxiyning asari bir necha tahrirlarga uchragan, ba’zi matnlari qisqartirilgan va so‘nggi voqealar asosida to‘ldirilgan. Abu Nasr Ahmad Qubaviy asar matnini qisqartirish bilan chegaralanmay, balki Tabariy, Abu Hasan Nishopuriyning “Hazoiq ul- ulum”, Ibrohimning “Axbar-i Muqanna” kabi asarlaridan foydalanib, uni to‘ldiradi. Ana shu tariqa, Buxoro tarixiga Narshaxiy yashab o‘tgan davrdan keyingi, 1178-1179-yillardan 1220-yillarga qadar bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar kirib qolgan.
“Buxoro tarixi” asari o‘zining ilmiy ahamiyatini yo‘qotmagan va hozirgi kunda Somoniylar davri tarixi bo‘yicha eng noyob, qimmatli asar hisoblanadi. Asarda Somoniylar davlatining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy hayotiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Movaraunnahr va Xuroson aholisining arab bosqinchilariga qarshi Muqanna boshchiligidagi qo‘zg‘oloni bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar ham bu asarda ma’lum darajada o‘z ifodasini topgan. Narshaxiy saroy tarixchisi bo‘lganligi sababli hukmron tabaqa siyosatini yoqlab, xalqning hokimiyatga chiqishini qoralagan.
Biz o‘rganayotgan davr IX-XII asr fan va madaniyatining ravnaqini Abu Rayhon Beruniysiz (973-1048-y.) tasavvur qilish mumkin emas. U o‘z zamonasining barcha fanlari - fizika, matematika, astronomiya, geodeziya, tarix, geografiya va bir necha boshqa fanlarni puxta egallagan olim bo‘lgan. U 362 hijriy yili (973-y.) Xorazmning qadimgi Kat shahrida tug‘ildi. O‘sha davrda Kat shahri Xorazmshohlar - Afrig‘iylar sulolasining poytaxti bo‘lib, O‘rta Osiyoning Xitoy, Hindiston, YAqin SHarq davlatlari, Kavkaz va SHarqiy Evropa davlatlari bilan bog‘lab turuvchi savdo va madaniy markazlaridan biri edi. Afsuski, Beruniyning zamondoshi Ibn Sinonikiga o‘xshagan tarjimayi holi bizgacha etib kelmagan. SHuning uchun u boshlang‘ich ta’limini kimdan, qachon olganligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Ammo, bir narsa aniqki, u yoshligidanoq ilm-fanga juda ham qiziqqan, qobiliyatli, mehnatkash bo‘lgan.
U o‘z ona tili xorazm tilidan tashqari yana bir qancha tillarni-so‘g‘diy, fors, hind, yunon va qadimgi yaxudiy tillarni ham o‘rgangan. U Hindistonda bo‘lar ekan, tez orada nafaqat Hindiston tarixi, madaniyati, hatto sanskrit tilini ham o‘rganadi. Xorazmdagi Ma’mun akademiyasining eng ko‘zga ko‘ringan faol ishtirokchilaridan biriga aylanadi. SHu bilan birga u shoh Ma’mun II ning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakat siyosiy ishlarida ham faol qatnashadi.
Beruniy Urganchda yashagan davrda Ibn Sino bilan yozishma olib borgan. Bizgacha ularning savol-javoblaridan 18 tasi etib kelgan. Bu yozishmalar Beruniyning tabiat falsafasi va fizika masalalari bilan qanchalik qiziqqanligidan guvohlik beradi. Savol-javoblarning mazmunida Aristotelning aql bilan his etish orqali chiqargan xulosalariga Beruniy o‘zining tuzatish va tajriba orqali aniqlagan xulosalarini qarshi qo‘ygan. Ibn Sino esa Aristotelni himoya qilgani ma’lum bo‘ladi.
Beruniy Xorazmda yashagan vaqtda hali juda yosh bo‘lishiga qaramay, Kat shahrida muhim astronomik kuzatishlar o‘tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o‘zi asboblar ixtiro qilgan. Beruniy 22 yoshida o‘zi tug‘ilib o‘sgan vatanni tashlab ketishga majbur bo‘ladi va avval Rayga, keyin Jurjonga keladi. Bu erda mashhur tabib, astronom, faylasuf Abu Saxl Iso al-Masixiy bilan tanishadi va undan ta’lim oladi. Beruniy o‘zining mashhur asarlaridan biri bo‘lmish “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarini Jurjonda yoza boshlagan.
Tarixdan ma’lumki, 1017-yilda Mahmud G‘aznaviy Xorazmni bosib oladi va Beruniyni ham Xorazmshoh saroyidagi bir qancha olimlar qatori G‘azna shahriga olib ketadi. Beruniy G‘azna shahrida 1017 yildan to 1048 yilgacha hayot kechirgani ma’lum. Bu yillar Beruniy hayotida o‘ziga xos davr bo‘ladi. Bir tomondan g‘urbatda yashagan bo‘lsa, ikkinchi tomondan ilmiy faoliyatda juda ham mahsuldor davri bo‘ladi. Beruniy faoliyatini o‘rganuvchi olimlarning fikricha, bunday hol, ya’ni davlat ishlariga aralashmagan, siyosiy faoliyatdan chetlashgan olim o‘zining butun bo‘sh vaqtini ilmiy-tadqiqot ishlariga sarflaydi.
Beruniy tabiat fanlarining rivojiga bebaho hissa qo‘shgan olimdir. U o‘zining ilmiy asarlarida dunyoning tuzilishi haqida fikr yuritganda Ptolemey fikriga suyansa ham, amalda erning harakati haqida Ptolemey tartibiga zid keluvchi fikrlarni bayon qiladi. U “Geodeziya” asarida geosentrizm bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi nazariyalarning to‘g‘riligiga shubha bilan qaraganligini ochiqdan-ochiq bayon etadi. Bu bilan u dunyoning geliosentristik tuzilishi haqidagi nazariyani ishlashiga hissa qo‘shganlardan biri hisoblanadi.
Beruniy o‘z davrining katta matematigi ham bo‘lgan. U matematika masalalariga bag‘ishlangan asarlarida geometriya, arifmetika, algebra, sonlar nazariyasi, trigonometriya tushunchalarini ma’lum tartib bilan ta’riflaydi. Hozirgi zamon tadqiqotchilarining ko‘pchiligi Beruniyni trigonometriya fanining rivojiga qo‘shgan hissasini juda ham yuksak baholashadi. Ular Beruniyning trigonometriyaning matematikada mustaqil fan sifatida qaragan olim sifatida ko‘rsatmoqdalar.
Beruniy 1030-yilda “Hindiston” nomi bilan mashhur bo‘lgan eng yirik asarini yozadi. Bu asar juda katta ahamiyatiga ega bo‘lgan asar bo‘lib, bu haqda juda ko‘p g‘arb va sharq olimlari o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirganlar. Beruniyning bu asari ustida 20 yil ish olib borgan E.Zaxau uning arabcha tanqidiy teksti bilan ingilizcha tarjimasini 1888-yilda Londonda nashr ettiradi. Ana shu olim “hindshunoslikda Beruniyga teng keladigan biror olim na undan oldin va na undan keyin bo‘lganligini bilmaymiz”-degan edi. Yirik arabshunos olim R.Rozen “Hindiston” asari qadimgi va o‘rta asr g‘arb va sharq adabiyotida “misli ko‘rilmagan”-deb baholaydi. Hind olimlaridan Hamid Rizo esa “O‘rta asr va yangi zamon mualliflaridan hech biri Hind madaniyatining chigal masalalarini ilmiy ruhda tushunish bo‘yicha Abu Rayxon Beruniy erishgan yutuqlariga erisha olmadi. Beruniyning “Hindiston” asari klassik namuna bo‘lib qolishi bilan birga o‘z muallifining qadimgi hind madaniyati va faniga tortig‘idir”-degan edi.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) Buxoro yaqinida joylashgan Afshona qishlog‘ida tavallud topgan. Otasi ziyoli, o‘qigan, bilimdon kishi bo‘lib asli Balxdan bo‘lgan. Ibn Sino o‘sha davr ziyolilar oilasida hukm surgan turmush tarzi tizimi bo‘yicha “Qur’oni Karim”ni yoshlik chog‘idan yod ola boshlaydi. Bu bilan kifoyalanib qolmasdan otasi unga falsafa, hind hisobi kabi sohalarni ham o‘qita boshlaydi. Hatto Abu Abdulloh an-Nashali degan kishini o‘g‘liga murabbiy qilib oladi. U o‘spirinlik yillarida, 16 yoshida shunchalik chuqur shug‘ullanganki, hatto biron-bir kecha ham to‘yib uxlamagan ekan. Fan asoslari bilan bunday shug‘ullanish, ko‘p vaqtlar davomida amalga oshirgan mashaqqatli mehnat tez orada o‘z samarasini beradi, u 17 yoshidayoq olim sifatida shakllanib, tabib degan nom chiqara boshlaydi. Mukofot sifatida saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga sazovor bo‘ladi.
Biz ko‘rib chiqayotgan davr siyosiy tarixi o‘ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu vaqtda ikki sulola (Qoraxoniylar va Somoniylar) tarix sahnasida hukmronlik uchun kurash olib bormoqda edi. Mamlakatdagi bunday beqarorlik fan arboblarining faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmas edi. Ibn Sino ham o‘sha davrda Xorazmda fan va madaniyat xomiysi sifatida nom chiqargan Ma’mun (999-1016) saroyiga boradi. U erda o‘sha davr mashhur olim, faylasuflari Abusaxl Masixiy, tabib Abul Xayir Xommar, qomusiy olim sifatida butun dunyoda tan olingan Abu Rayhon Beruniy va boshqa mashhur olimlar bor edilar. Ammo olimning tinch ijodi bu erda ham ko‘pga cho‘zilmaydi. Xorazmni Mahmud G‘aznaviy egallagach u Hamadonga jo‘naydi. O‘sha davrda Hamadon hukmdori SHams ad-Davla degan kishi bo‘lib, u kasal bo‘lib qoladi. Ibn Sino Buxoro amirini davolaganidek uni ham tuzatib yuboradi va evaziga vazir etib tayyorlanadi. O‘sha davrda ham saroy fisqu-fasod, isyonlar uyasi edi. Ana shunday fisqu-fasodlar tufayli u zindonga tashlanadi. Isfaxon hukmdori Alouddavla Hamadonni bosib olgach, u zindondan ozod qilinadi.
Ibn Sinoning zamondoshi, uning shogirdi Jurjoniyning yozishicha u jismoniy jihatdan juda baquvvat bo‘lgan. Biroq shaharma-shahar darbadarlikda yurish, yuqorida qayd qilganimizdek, kechalari uxlamasdan uzluksiz ishlash va ta’qib ostiga olishlar olimning salomatligiga ta’sir ko‘rsatadi va u 428 xijriy yilning ramazon oyida, 1037 yilning iyun oyida 57 yoshida vafot etadi.
Ibn Sino haqiqiy enssiklopedik olim bo‘lib, o‘z davrining deyarli barcha fanlari bilan muvaffaqiyatli ravishda shug‘ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd qilingan bo‘lsa ham, zamonlar o‘tishi bilan ularning ko‘pi yo‘qolib ketgan va bizgacha faqat 242 tasi etib kelgan.
Ibn Sinoning tog‘larni paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi juda ajoyib fikrlari, minerologiya va geologiya fanlariga qo‘shgan hissasi juda salmoqlidir. Jumladan, u minerollarni to‘rt guruhga bo‘lib, ularning original klassifikasiyasini taklif etadi. Bu klassifikasiya to XIX asrgacha deyarli o‘zgarishsiz saqlanib keldi. Olimning minereologiya sohasidagi ishlarining muhimligi ta’kidlanib, 1956-yilda O‘zbekistonda topilgan mineral Avitsenit deb atalgan.
Ibn Sino botanika masalalari bilan ham ko‘p shug‘ullangan. CHunki tabobatda ishlatiladigan dorivor moddalarning aksariyati o‘simliklardan olinadi. Mashhur shved botanigi Karl Linney (1707-1778) Ibn Sinoning botanika sohasidagi xizmatlarini ta’kidlab, tropik mamlakatlarda dengiz suvida ham o‘suvchi va doimo yashil holda qoladigan bir daraxtni Avitsenna deb atadi. Ham G‘arbda, ham SHarqda “Avitsenna” va “SHayxur-Rayis” nomi bilan shuhrat qozongan bobokalonimiz haqiqatan ham mustaqil O‘zbekiston yoshlari qalbida o‘z tarixi va bobokalonlari bilan faxrlanish his-tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Abu Abdulloh Ja’far Rudakiy (960-1041-y.) taxminan 960-yilda Samarqand yaqinida joylashgan Panjrudak qishlog‘ida tug‘ilgan. SHuning uchun ham shoirning taxallusi shu tug‘ilgan qishlog‘ining nomidan kelib chiqib Rudakiy bo‘lib hisoblanadi. YAna boshqa manbalarda aytilishicha, o‘sha davrda xalq cholg‘u asboblari orasida “rud” nomli musiqa asbobi bo‘lib, shoir uni chalishni juda yaxshi o‘rgangan, shuning uchun ham shoir taxallusini shu asbobdan olgan deb ham hisoblaydilar.
Rudakiyning tarjimai holiga bag‘ishlangan barcha manbalarda uni kambag‘al oiladan ekanligi, yoshligidayoq musiqa asboblarini yaxshi chalishni va ashula aytishni sevganligi qayd etiladi. YOsh shoirning o‘zi she’rlar yozishi va musiqaga bo‘lgan bunday muhabbati tez orada uni mashhur qilib yuboradi. Bu davrda she’riyat, ayniqsa, saroy she’riyati, qasidanavislik, ya’ni shaxsga madhiya o‘qib, ko‘klarga ko‘tarib maqtash keng avj olgan edi. Qasidanavislikdan asosiy maqsad, uning mohiyati maqtov kimning shaxsiga qaratilgan bo‘lsa, o‘sha kishini shaxsni ulug‘lashtirish bo‘lgan. Rudakiy esa ma’lumotlarga qaraganda, qasida to‘qishga usta bo‘lgan. SHuning uchun ham bo‘lsa kerak, uning Somoniylar saroyiga taklif qiladilar. U davrda hokimiyat tepasida Nasr ibn Ahmad turardi.SHu davrdan boshlab, uning hayotida saroy davri boshlanadi. Saroy hayoti o‘zining o‘ta murakkabligi bilan ajralib turgan, fisqu-fasodlarga to‘la bo‘lgan. Rudakiy qarigan vaqtida saroydan quviladi va qolgan umrini o‘zining ona qishlog‘ida faqirlikda o‘tkazadi. Saroydan quvilayotgan paytda uning ko‘ziga mil tortib, ko‘r qilinadi.
Rudakiy fors-tojik she’riyatining asoschilaridan biri hisoblanadi. XI asr shoiri Rashidiyning aytishicha, Rudakiyning bir million uch yuz ming bayt she’ri borligi hisoblab chiqilgan. Ammo bizgacha ming bayt, ikki qismda ellik ruboiy, she’rlar, doston va boshqalar etib kelgan, xolos. Bu asarlarda shoir do‘stlik, muhabbat, yaxshilik qilish, birovning dilini og‘ritmaslik kabi ulug‘ insoniy fazilatlarni ulug‘laydi. Doimo ezgulik qilishga chorlaydi.
Rudakiyning she’riyati hayot lazzati, hayotning o‘zi ustod ekanligi, undan ko‘p narsalarni bilib, o‘rganib olish mumkinligini ta’kidlaydi va shunday qilish lozim ekanligini uqtirishga harakat qiladi. Hayot ta’limi butunlay boshqacha ta’lim ekanligini, uni ba’zida shirin, ba’zida achchiq ekanligini ko‘rsatadi. Bunday ta’limni hech bir o‘qituvchi bera olmasligini uqtiradi.
Har bir kishi olmasa hayotdan ta’lim,
Unga o‘rgata olmas hech bir muallim.
Bizgacha Rudakiy qalamiga mansub “Kalila va Dimna”, “Davroni oftob”, “Sindnoma” kabi poemalardan parchalar etib kelgan. Rudakiyning asarlari haqida gap yuritar ekanmiz, uning tili sodda, keng xalq ommasiga juda ham tushunarli bo‘lganligini ko‘ramiz. SHuning uchun ham u keng xalq ommasi orqali shuhrat topgan. Uning asarlari hozirgi o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish