MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………..3
I BOB. V. BARTOLDNING HAYOTI VA O'LKASHUNOSLIK FANIDA TUTGAN O'RNI
1.1. V.Bartoldning tarjimai holi ………..……………………………………..……5
1.2. V.Bartold ijodida O‘rta Osiyoning X-XI asrlar siyosiy hayoti
tarixining o‘rganilishi……………………………………………………....7
II BOB. V. BARTOLDNING O'RTA OSIYO ARXEOLOGIYASI RIVOJLANISHIDA AMALGA OSHIRGAN TADQIQOTLARI
2.1. V. Bartoldning o'rta osiyo arxeologiyasi o'lkashunosligi rivojlanishida tutgan o'rni………...……………………….……………………………………………..12
2.2. V. Bartoldning o'rta osiyo arxeologiyasi rivojlanishida amalga oshirgan tadqiqotlarining ahamiyati………………………………………………………...23
XULOSA………………………………………………………………………….27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………….28
ILOVALAR……………………………………………………………………….30
Mavzu: V. Bartoldning O'rta Osiyo arxeologiyasi rivojlanishida amalga oshirgan tadqiqotlari
Reja:
Kirish
I bob. V. Bartoldning hayoti va o'lkashunoslik fanida tutgan o'rni
1.1.V.Bartoldning tarjimai holi
1.2. V.Bartold ijodida O‘rta Osiyoning X-XI asrlar siyosiy hayoti
tarixining o‘rganilishi
II BOB. V. Bartoldning o'rta osiyo arxeologiyasi rivojlanishida amalga oshirgan tadqiqotlari
2.1. V. Bartoldning o'rta osiyo arxeologiyasi o'lkashunosligi rivojlanishida tutgan o'rni haqidagi ma’lumotlar
2.2. V. Bartoldning o'rta osiyo arxeologiyasi rivojlanishida amalga oshirgan tadqiqotlarining ahamiyati ma'lumotlarning ahamiyati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Ilovalar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. V. V. Bartold, V. A. Jukovskiy, N. I. Veselovskiy kabi mashhur sharqshunoslar A. P. Kun, V. L. Lyatkin, I. T. Poslovskiy, N. P. Ostroumov va boshqa havaskorlar O’rta Osiyoning arxeologiyasi va tarixini o’rganishda o’zlarining xizmatlarini qo’shdilar. Mahalliy havaskorlarda Akrom Asqarov, M. Mirmuhammedovlarning ishlari ham diqqatga sazovor. 1895- yilda V. Bartoldning bevosita rahbarligida va taklifi bilan «Turkiston arxeologiyasi havaskorlari to’garagi» tuzilib, uning ustavi tasdiqlanadi. O’rta Osiyo arxeologiyasining rivojlanishida S. P. Tolstov, M. Ye. Masson, M. M. Dyakonov, A. P. Okladnikov, M. M. Gerasimov, Ya. Yu. Yakubovskiy, Ya. F. G’ulomov, V. A. Shishkin, B. A. Litvinskiy va G. A. Pugachenkova singari mashhur arxeologlar o’lkamiz tarixini o’rganishda o’zlarining juda katta hissasini qo’shdilar.
Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, so’nggi yillar ichida ham arxeologlarning katta gruppasi yetishib chiqdi. A. Asqarov, A. Muhammadjonov, O’. Islomov, I. Albaum, Yu. F. Buryakov, R. H. Sulaymonov, A. S. Sagdullayev, N. Ne’matov, A. Ranov, V. Vinogradov, E. V. Rtveladze, M.Jo’raqulov va boshqalarni aytish mumkin. Hozirgi kunda ham O’rta Osiyo arxeologiyasining o’rganilishi ancha yaxshi yo’lga qo’yilgan. Bu ish bilan maxsus institutlar, universitet va pedogogika institutlari, ruspublika va viloyat muzeylari qoshidagi kafedralar va bo’limlar shug’ullanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |