Tadqiqotning metodologik asosi.
Barkamol-ijodkor shaxsni shakllantirishning metodologiyasi bu kadrlar tayyorlash milliy modeli asosiy tushuncha va tamoyillarini talqin qilish, ularni amaliyotga tadbiq qilish jarayonlarini ilmiy o‘rganish, o‘zgartirish uslublari majmuasi, degan ta’rif paydo bo‘ladi. Bu bilan metodologiya tushunchasiga xos bo‘lib kelgan nazariylik amaliylik bilan bog‘lanadi. Shuningdek,
Sharq mutafakkirlarining shaxsini shakllantirish haqidagi falsafiy ta’limotlari, axloqiy qarashlari, umuminsoniy va milliy qadriyatlar, pedagogika va psixologiya sohasidagi ilg‘or tajribalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov asarlari va shu asosida yaratilgan ko‘plab monografik tadqiqotlar metodologik asos bo‘ldi. Bundan tashqari tarbiya psixologiyasi muammosi yechimida ijtimoiy muhitni ahamiyatiga bag‘ishlangan (bu o‘rinda ijtimoiy institutlar ko‘zda tutiladi) qarorlari, farmon va farmoyishlar, me’yoriy xujjatlar ham ilmiy tadqiqot ishiga asosiy manbaa bo‘lib xizmat qildi.
Tadqiqot quyidagi metodlar asosida amalga oshirildi:
Tadqiqot mavzusiga oid ilmiy falsafiy, psixologik –pedagogik, tarixiy adabiyotlar, o‘quv metodik qo‘llanmalarni ilmiy psixologik-pedagogik jihatdan taxlil etish:
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha respondentlar o‘rtasida suhbat va so‘rovnomalarni tashkil etish:
Matematik –statistik tahlil va tadqiqot natijalarini umumlashtirish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Tarbiya psixologiyasi yechimida ijtimoiy institutlar faoliyatida yoshlarda zaruriy xulq-atvor va odatni shakllantirish ilmiy- pedagogik muammo sifatida asoslandi, ijtimoiy muhit, ijtimoiy institut tushunchalari izohlandi, ularning rivojlanish tarixi o‘rganildi, rivojlanish darajalarini belgilovchi mezonar aniqlandi va omillari ilmiy jihatdan bir tizimga keltirildi. Tadqiqot natijalari asosida, yoshlarda ijodiy qobiliyat va intelektual saloxiyatni shakllantirish yuzasidan ilmiy- psixologik va metodik tavsiyalar o‘smirlarning psixik rivojlanishidagi ijtimoiy ta’sirlarning ta’lim tarbiyaviy samaradorligini oshirish imkonini beradi. Tadqiqot ishida olg‘a surilgan fikr- mulohazalar ular o‘rtasida ta’lim-tarbiyaviy ishlarda dasturul amal bo‘lib, yoshlar faoliyati mehanizmini ishlab chiqishda muhim ko‘llanma sifatida xizmat qiladi.
Ushbu tadqiqot natijasi o‘laroq ishlab chiqilgan tavsiyalar, hulosalardan tuman, viloyat, shahar va xatto Respublika miqyosida ijtimoiy institutlar faoliyati dasturlarini tuzishda foydalanish, tavsiyalarimizdan esa Respublikaning shahar va tumanlarida, mahalla, korxona hamda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida yoshlar bilan olib boriladigan ish jarayoniga tadbiq qilishda o‘zining samarali natijalarini berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |