Tadqiqot metodlari sifatida transformastion, qiyosiy, distributiv, ma’noni qismlarga bo’lish , bevosita tashkil qiluvchilarga ajratish, statistik va tajriba metodlardan foydalanildi.
Tadqiqot uchun til materiali sifatida hozirgi zamon o’zbek yozuvchilarning asarlar matnlari, gazetalardagi maqolalar matnlari, ish yuritish hujjatlari matnlarda berilgan ayrim misollar olindi.
Uyushgan gap va uning lisoniy tizimdagi o'rni.
Aktual bo’linish. Gapda so’zlar tartibi.Nutq induvudial tabiatga ega bo’lganligi bois gapda ishtirok etayotgan so’zshakllar tarkibi ham erkindir. Biroq bu «erkinlik» hech qachon umumiy lisoniy qonuniyatlar doirasidan tashqarida bo’lmaydi. So’zlovchining maqsadi, uslub talablari asosida so’zshakllar umumiy tartibga ega bo’ladi.
Har qanday nutqiy gap, o’zida ma‘lum voqelikni ifodalash bilan birga, so’zlovchining axborat maqsadini ham namoyon qiladi. Masalan, Jamshid maktabga ketdi gapida, Jamshidning maktabga ketishi voqeligi qayd qilinishi bilan birga, so’zlovchining tinglovchiga Jamshidning qaerga ketganligi haqidagi ma‘lumotni yetkazish niyati ham o’z aksini topgan. Shu boisdan gap Jamshid qaerga ketdi? so’rog’iga javob bo’ladi. Demak, ushbu gapdagi voqelik Jamshidning qaerga ketganligi emas, balki kimning qaerga ketganligi, so’zlovchining axborot maqsadi esa Jamshidning qaerga ketganligi haqidagi ma‘lumotni tinglovchiga yetkarishdir.
Gapni Maktabga Jamshid ketdi shaklida o’zgartirsak, voqelik oldingi gapdagi bilan bir xil, biroq so’zlovchining axborot maqsadi Maktabga kim ketdi? so’rog’i orqali muayyanlashadi. Birinchi gapda harakatning yo’nalishi, ikkinchi gapda harakatning bajaruvchisi axborot mo’ljalidir. Gapning axborot vazifasi nuqtai nazaridan tuzilishi aktual tuzilish deyiladi. Aktual tuzilmaning tarkibiy qismlari aktual bo’laklar deyiladi.
Aktual vazifa nuqtai nazaridan gapni tashkil etuvchi unsurlar tema (ma‘lum) va rema (yangi) qismlarga bo’linadi. Gapning rema qismi kommunikativ (axborot) nuqtai nazardan ahamiyatli bo’ladi. Savol ana shu remani aniqlash uchun beriladi. Gapning tema qismi ma‘lum bo’lganligi so’roq gapda aynan takrorlanadi.
Gapning aktual bo’linishi mantiqiy birlik bo’lgan hukmning bo’laklanishi (sub‘ekt va predikatga bo’linish) ga o’xshaydi. Shu boisdan ayrim tilshunoslar aktual bo’linish sathini mantiqiy-grammatik sath deb ham nomlaydi.
Aktual bo’linish sof nutqiy hodisadir. Lekin aktuallashish lisoniy strukturadan mutlaqo uzilgan deyish noto’g’ri. Har qanday hodisa muayyan mohiyatning namoyandasi bo’lganligi kabi aktuallashish ham konstruktiv-sintaktik sathdan butunlay uzilmagan. Aktuallashishda gapning lisoniy strukturasi unsurlari bo’lmish kesim, ega, hol o’rinlari to’ldiruvchilari yoki bu to’ldiruvchilar kengaytiruvchilarining kommunikativ ahamiyati aktual bo’linishni keltirib chiqaradi. Shu boisdan aktuallashishning lisoniy asosi konstruktiv-sintaktik lisoniy sath, aktuallashish jarayoni esa kommunikativ-sintaktik sath deb yuritiladi.
Aktual bo’linish talabi bilan gapda so’zshakllarning tartibi har xil bo’ladi.
Gapning konstruktiv va nokonstruktiv bo’laklari turlicha joylashadi. Buning sintaktik qurilishga daxli yo’q. Tartib o’zgarishi bilan gap sintaktik qurilishiga putur yetmaydi. Gapda so’zshakllar tartibi aktual bo’linish bilan chambarchas bog’liq.
Gapdagi so’zshakllar o’zlarining tema yoki remaga kirishiga ko’ra joylashadi.
Axborotning tinglovchiga ma‘lum parchalarini ifodalovchi so’zshakllar gap boshida keladi.
Tema (ma‘lum) haqida axborot beruvchi bo’lib, rema esa gap oxirida, temadan so’ng keladi. Bu izchillikning buzilishi yo uslubiy bo’yoqdorlik uchun xizmat qiladi, yoki mantiqiy buzilishni keltirib chiqaradi.
Agar ega guruxi tema, kesim guruxi rema bo’lsa, aktual bo’linish sintaktik bo’linish bilan muvofiq keladi. Masalan, O’quvchilar shodlanishdi (ega-kesim, tema-rema)
Quyidagi gaplarning tema-rematik bo’linishini qiyoslang:
Birinchi jumlada tema gapning egasi bilan muvofiq keladi. Keyingi gapldarda aktual va sintaktik bo’linish nomuvofiqligi yuz bergan. Demak, ma‘lum bo’ladiki, gapdagi so’zshakllar o’rni o’zgargani bilan sintaktik strukturada o’zgarish yuz bermaydi. Aktual bo’linishda esa u muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Aktuallashtiruvchilar qatorida tartibdan tashqari boshqa vositalar ham. Ular ustivor qiymat kasb etganda, tartibning roli susayadi. Muhim aktuallashtiruvchilar qatoriga fonetik, leksik va grammatik aktuallashtiruvchilarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |