Mavzu; Uyqu haqida hozirgi zamon mexanizmlari



Download 74,89 Kb.
bet1/2
Sana22.07.2022
Hajmi74,89 Kb.
#839637
  1   2
Bog'liq
Uyqu haqida hozirgi zamon mexanizmlari.


Mavzu; Uyqu haqida hozirgi zamon mexanizmlari.

Uyqu hayvon va hasharotlarda kuzatiluvchi, tabiiy fiziologik minimal faollik holatidir. Uyquni bajarish uxlash deyiladi. Uyqu va u bilan bog‘liq hodisalarni somnologiya fani o‘rganadi.


Uyqu — odam va hayvonlarda davriy yuz beradigan fiziologik holat. Bunda fiziologik jarayonlar bir qadar sekinlashadi va organizmning , chunonchi, markaziy nerv sistemasining ish qobiliyati tiklanishi uchun eng yaxshi sharoitlar yaratiladi. U. har bir insonning zarur hayotiy ehtiyojidir. Inson butun hayotining uchdan biri har kechakunduzda davriy kuzatiladigan U. holatida oʻtadi.
U. vaqtida muskullar tonusi susayadi (uyqudagi odamning koʻp muskullari boʻshashgan boʻladi), sezuvchanlikning barcha turlari — koʻrish, eshitish, taʼm bilish, hid sezish, teri sezuvchanligi keskin susayadi. Shartsiz va shartli reflekslar tormozlanadi. Qattiq U.da nafas uygʻoqlikdagiga nisbatan ancha chuqur, yurak urishi sekin, arterial qon bosimi, toʻqimalarga qon kelishi, moddalar almashinuvi, gavda temperaturasi past boʻladi. Bularning barchasi U. holatida miya bilan bir qatorda hujayralar va toʻqimalar hayot faoliyatini taʼminlovchi hamma ichki aʼzolarning ham "dam" olishidan dalolat beradi.
Ammo U. hakidagi zamonaviy tasavvurlarga koʻra, U. faqat dam olish emas, balki kun boʻyi olingan turli axborotni qayta ishlash va ertasi kun yana qabul qilish qobiliyatiga erishish uchun qaratilgan jarayondir.
Odam astasekin uxlaganda nafas olish va yurak ritmi pasayadi, koʻz sekin yumula boshlaydi. Tez uxlab qolganda esa bu harakatlar, odatda, tezlashadi.
Astasekin uxlab qolish tungi U.ning 75—80%ini, tez U.ga ketish esa 20— 25%ini tashkil etadi. Tez va sekin uxlab qolishning navbatlanishi, odatda, sogʻlom odamlar uchun xosdir va bunda odam oʻzini uyquga qongan hamda bardam his etadi. Tez va sekin uxlash muddatining oʻzgarishi, sekin uxlashning yetarli darajada chuqur boʻlmasligi, tez uxlash davrida teztez uygonib turish odam nerv sistemasining turli buzilishlariga olib keladi, uning ruxiy va emotsional holatiga taʼsir koʻrsatadi.
Normal (fiziologik) U.ning davriy kechakunduzlik va davriy faslli (qayvonlarning yozgi va kishki U.si) turlari va bir necha xil patologik (narkotik, letargik va boshqalar), shuningdek, maxsus taʼsirlar oqibatida yuzaga keladigan gipnotik U. farq qilinadi.
U.ning koʻpincha kuzatiladigan buzilishlariga uyquchanlik (gipersomniya) va uyqusizlik kiradi.

Tadqiqotchilarning fikrlariga ko’ra odam uhlayotgan paytida miyasi doimiy ravishda ishlab turar ekan. Uyqu mobaynida inson organizmida faqat tana muskullari birga uhlaydi, qolgan a’zolar esa faoliyatdan to’xtamaydi. Uyquning bir necha bosqichlari mavjud.


Birinchi bosqich- Bedorlikdan uyqu holatiga o’tish ya’ni mudrash. Mudroqqa ketgan odamni uyg’otsangiz, uhlamagani haqida aytadi.
Ikkinchi bosqich- Uyqu elitib, mudroq bosganidan 20 daqiqa o'tib hosil bo’lib, butun uyquning yarmini tashkil etadi. Ayrim mutaxassislar bu jarayonni o’tish uyqusi deya ataydilar. Bu bosqichda uhlayotgan odamni uygotsangiz uyg’onadi va yana qayta uyquga ketadi. Ushbu holat tun davomida bir necha marotaba qaytalanishi mumkin.
Uchinchi bosqich- Sokin uyqu. U uyqu vaqtining chorak qismini egallaydi. Aynan ushbu tinch, osuda uyquda inson miyasi dam olar ekan. Faqat bu miyaning to’liq dam olishi deya olmaymiz, chunki shunday holatda ham miya organizmdagi boshqa a’zolarni nazorat qilib turadi. Aynan shu bosqichda kunduzgi faoliyatimiz uchun zarur modda va unsurlar vujudimizda qayta tiklanadi. Kun davomida parchalanadigan, teri sog’lom bo’lishi uchun muhim bo’lgan A va N vitaminlar ham shu bosqichda teriga so’riladi.
To’rtinchi bosqich- Paradoksal uyqu. Bu eng qisqa uyqu bo’lib, biz aynan shu uyquda tush ko’rar ekanmiz. Agar kimdir sizga hech qachon tush ko’rmasligi haqida gapirsa, ishonmang. U shunchaki ko’rgan tushini eslay olmaydi holos.



Inson salomatligi va jismonan sog’lom ko’rinishi uchun qancha uhlashi kerak? Muntazam ravishda uyquga to’ymaslik immuntizimga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Gormon ishlab chiqarilishini susaytirib, natijada asab faoliyatining buzilishiga olib keladi.

Qiziqarli ma’lumotlar


Agar inson uch kun ketma-ket 5- 5 yarim soat va undan kam uhlasa, uning organizmida butun bir tunni uyqusiz o’tkazgan kabi alomatlar yuzaga keladi. Uyquga to’ymaslik natijasida ko’zlar nursiz, soch hamda teri quruq va mo’rt bo’lib qoladi. Go’zallik va salomatlikni saqlashni istasangiz o’zingizni uyqudan benasib etmang. Qayta kuch to’plash uchun kerak bo’ladigan uyqu vaqti har bir insonning o’ziga bog’liq.
Sanab o’tilgan 4 bosqichdan o’tib, to’liq xordiq chiqarganday uyg’ongan kishi, haqiqiy dam olgan hisoblanar ekan. Uhlay olmaslik, tez-tez uyg’onib ketish va uyqudan keyingi lanjlik hissi esa uyqu buzilganidan darak beradi.
aqtincha uyqusizlik- Xayotda bo’ladigan o’zgarish va stresslar natijasida bo’lishi mumkin.
2. Vaqti – vaqti bilan paydo bo’ladigan uyqusizlik- ziqlik, ruhiy zo’riqish va alkogolizmdan yuzaga keladi.
3. Davomiy uyqusizlik- ruhiy va jismoniy omillar ta’sirida paydo bo’ladi. Masalan hurrak o’tish, biror kasallik bilan hastalanish. Bunday holda nafaqat bemor balki uning yonidagi odam ham uyqusizlikdan jabrlanadi.

Download 74,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish