Fe’llarga xos uslubiy xususiyatlar 1. Shaxs-son qо‘shimchalarining sinonimiyasi: 1) fe’lning 2-shaxs birlik qо‘shimchasi о‘rnida 2-shaxs kо‘plik qо‘shimchasi - Fe’llarga xos uslubiy xususiyatlar 1. Shaxs-son qо‘shimchalarining sinonimiyasi: 1) fe’lning 2-shaxs birlik qо‘shimchasi о‘rnida 2-shaxs kо‘plik qо‘shimchasi
- qо‘llanadi: Amaki, ertaga kelasizmi?
- 2) fe’lning 1-shaxs birlik qо‘shimchasi о‘rnida 2-shaxs birlik qо‘shimchasi
- ishlatiladi: Tabiatning ishlariga hayron qolasan kishi.
- 3) 2-shaxs kо‘plik о‘rnida 1-shaxs kо‘plik qо‘shimchasi qо‘llanadi: Bolalar, bugun diktant yozamiz.
- 4) 2-shaxs kо‘plik о‘rnida 3-shaxs birlik qо‘shimchasi ishlatiladi: U norozi ohangda dedi: - Shunaqa ish bilan hazillashib bо‘ladimi? 2. Zamon qо‘shimchalarining sinonimiyasi: 1) hozirgi zamon davom fe’li о‘rnida hozirgi-kelasi zamon shakli qо‘lla-nadi: Butun qishloq ular haqida gaplashishadi (gaplashishyapti). 2) kelasi zamon о‘rnida hozirgi zamon shakli qо‘llanadi: Ertaga terimga tushyapmiz. 3) hozirgi zamon о‘rnida о‘tgan zamon shakli keladi: Qarasam, yugurib kelayotibdi. 3. Mayl qо‘shimchalari sinonimiyasi: 1) ijro maylidagi fe’l buyruq mayli о‘rnida keladi: Qani, ketdik, bolalar.
- 2) ijro mayli shart mayli о‘rnida keladi: Kelaman dedingmi, kelish kerak. 4. Nisbat qо‘shimchalari sinonimiyasi: 1) birgalik nisbati qо‘shimchasi kо‘plik qо‘shimchasiga sinonimdir: Ular kelishdi – Ular keldilar. 2) nisbat qо‘shimchalari ichida о‘zaro sinonimlikni hosil qiladiganlari ham bor:
- -l, il,-n, -in, -sh, -ish; -t, -tir, -dir, -ir, -giz; -kiz, -kaz, -qiz, -qaz.
Fe’l yasovchi qо‘shimchalar sinonimiyasi: 1) ba’zi yasama fe’llar iboralarga sinonim bо‘ladi: gulladi – gulga kirdi. - Fe’l yasovchi qо‘shimchalar sinonimiyasi: 1) ba’zi yasama fe’llar iboralarga sinonim bо‘ladi: gulladi – gulga kirdi.
- 2) qо‘shimcha yordamida yasalgan fe’llar qо‘shma fe’llarga sinonim bо‘ladi: himoyaladi – himoya qildi.
- 3) fe’l yasovchilar о‘zaro sinonim bо‘ladi: sizlamoq – sizsiramoq, suvsamoq- suvsiramoq. Sintaktik uslubiyat Gap bо‘laklarining uslubiy xususiyatlari 1) sifatlovchi aniqlovchilar ot bilan ifodalansa, majoziy ma’no ifodalaydigan bо‘lib qoladi: Kumush choyshab yopib dalalar, qor qо‘ynida uxlab yotadi. (Uyg‘un) 2) sifatlovchi aniqlovchilar turli sо‘z turkumlaridan tuzilib, sifatlash vazifasini bajargan ibora va sо‘z birikmalari bilan ifodalanadi: Osmon о‘par tog‘lar, bag‘ri keng inson, cheki yо‘q qirlar, fikri tiniq insonlar. 3) sifatlovchi-aniqlovchi takroriy sо‘zlar bilan ifodalanganda ma’no kuchayishi yuz beradi: Baland-baland binolar tez uchray boshladi. 4) izohlovchi ham uslubiy vazifa bajaradi. Ma’lumki, izohlovchi laqab, qarindoshlik, о‘xshatish kabi ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bunda
- ma’lum shaxsga nisbatan munosabat seziladi, ya’ni uslubiy ma’no yuzaga
- keladi: Mamajon quruq, Ali tajang, Soli sovuq va h. О‘xshashlik ma’nosidagi
- izohlovchi jumlaga kо‘tarinkilik(pafos) xususiyatini kiritadi: ona-Vatan, gulchalar-qizchalar. 5) ajratilgan bо‘laklar jumla tarkibidagi ayrim bо‘laklarga urg‘u berish, ularni
- alohida ajratib kо‘rsatish, shaxs va narsa haqida qо‘shimcha ma’lumot berish,
- belgi-xususitlarni ta’kidlash kabi vazifalarni bajaradi: Biz, yoshlar, ota bobolarimiz merosini kо‘z qorachig‘iday asrashimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |