2.Gap urg'usi.
Gapda ishtirok etayotgan so'zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishiga gap urg'usi yoki mantiqiy urg'u deyiladi. Masalan: Buvijonim so'zlarini kutaman
So'z bo'g'inlaridan biri yoki gap tarkibidagi bo'laklardan birining boshqalariga qaraganda cho'ziq (kuchliroq) ovoz yoki ohang bilan talaffuz qilinishi urg'u deyiladi. Urg'u tushgan bo'g'in urg'uli bo'g'in hisoblanadi, urg'u odatda, unli tovushga tushadi. Masalan: daraxtlar kurtak chiqara boshladi.
Urg'u o'z sifatiga ko'ra ikki turga bo'linadi: 1) so'z urg'usi; (yoki leksik urg'u), 2) gap urg'usi (yoki logik urg'u). So'z bo'g'inlaridan biriga tushadigan urg'u so'z (leksik) urg'u deyiladi. Masalan: bola, lola. kitob, ishchilar, talabalar, mulkdor. So'zlarga qo'shimchalar qo'shilishi bilan urg'u ham shunga mos holda ko'chadi. Masalan: g'alla -g'allakor, paxta-paxtakor.
Ko'pgina so'zlarda urg'u oxirgi bo'g'inda bo'lgani uchun o'zbek tilining so'z urg'usi bog'liq urg'u sanaladi.
Shuningdek, urg'usi birinchi yoki o'rtadagi bo'g'inga tushadigan so'zlar ham o'zbek tilida anchagina bor. Bunday so'zlar tubandagi turkumlarda kuzatiladi:
1.ravishlarda: yangi, hozir, doim, hamisha;
2.olmoshlarga: hamma, barcha, nimadir, biroq, bir narsa;3)-modal so'zlarda; albatta, ehtimol, aftidan;
4) ayrim yordamchi so'zlarda; ammo, lekin, hatto, balki.
O'zbek tilida urg'u olmaydigan unsurlar ham bor. Bunda: -ku, -u, -yu, mi, chi kabi yuklamalarni ko'rsatish mumkin; sen-ku, bordim-ku, aytsam-chi, siz-chi, bormi.Bulardan boshqa, o'zbek tilida bir qancha qo'shimchalar urg'u olmaydi; Masalan: -cha, day, (dek); va bo’lishsizlik qo'shimchalari -ma; kesimlik qo'shimchasidir, man, san, miz, siz. kabilar. Misollar: Shamolday uchadi.yosh_qizcha;. qamishday qomati bor; ismini bilolmadim; bu Vatanning egasi bizmiz; oltin olma, olqish ol kabi.
Gap (logik) urg'u. Gap bo'laklaridan.birining boshqalariga nisbatan kuchli ohang bilan aytilishi logik (gap) urg'usi deyiladi. Misollar:
1. Bugun majlis bo'ladi (ertaga eraas, balki bugun) 2. Bugun majlis bo'ladi (faqat majlis bo'ladi), 3. Bugun majlis bo'ladi (bo'lmaydi emas, bo'ladi) gap so'zlaraing turli bo'g'inlariga tushishi mumkin bo'lgan urg'u erkin urg'u deyiladi. Masalan, gazeta, respublika, vistavka, lampa, ruchka, auditoriya, konstitutsiya va boshqalar.
3. Urg'u va uning turlari.
So'z urg'usi. So'z bo'g'inlaridan yoki gapda ishtirok etayotgan so'zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishiga urg'u deyiladi. Urg'u ikki xil bo'ladi: 1) so'z urg'usi; 2) gap urg'usi. So'z bo'g'inlaridan birining boshqalaridan kuchliroq talaffuz qilinishi so'z urg'usi deyiladi. Tilimizda so'z urg'usi ko'pincha so'zlarning oxirgi bo'g'iniga tushadi. So'zda bo'g'inlar ko'payishi bilan urg'u ham oxirgi bo'g'inga ko'chib boradi. Yozuvda urg'u tushgan bo'g'in tepasiga (') belgisini qo'yish bilan ifodalash mumkin. Masalan: dala, dalalar, dalalarga.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |