Mavzu: Umurtqalilar(Vertebrata) yoki Boshskeletlilar (Craniata) kenja tipi



Download 1,03 Mb.
bet2/3
Sana23.06.2022
Hajmi1,03 Mb.
#696751
1   2   3
Bog'liq
Vertebrata ppt

1. Jagʻsizlar (Agnatha) boʻlimi.
2. Jagʻogʻizlilar (Gnathostomata) boʻlimi
Skeleti. Ichki skeleti bosh skeleti, oʻq skeleti (xorda yoki umurtqa pogʻonasi) va boshqa boʻlimlardan iborat. Bosh skeleti bosh miya va sezgi organlari (hid bilish, koʻrish, eshitish, muvozanat saqlash), hazm qilish sistemasining oldingi qismi va u bilan bogʻlangan jabralarni mustahkamlab turish funksiyasini Bosh skeleti ikki qismdan – miya qutisi (bosh miya va sezgi organlarini himoya qilib turuvchi) va vistseral (hazm qilish va jabralar bilan bogʻlangan) qismlardan iborat.
Oʻq skeleti tuban umurtqali hayvonlarda (toʻgarak ogʻizlilar va
Ayrim tur baliqlarda) hamda boshqa umurtqali hayvonlarning
embrionlarida, asosan, xordadan iborat boʻladi.
Nafas olish organlari.
Suvda yashovchi umurtqali hayvonlarning nafas olish organlariga jabra kiradi. Jabra yoriqlari halqum devorining xaltasimon boʻrtib chiqishidan, shuningdek, tashqi qoplagʻich devorining xaltasimon boʻrtib kirishidan hosil boʻladi. Quruqlikda yashovchi va ikkilamchi marta suvda yashashga oʻtgan umurtqalilarning nafas olish organlari vazifasini oʻpka bajaradi, oʻpka ba’zi baliqlarda ham boʻladi. Oʻpka halqum ostki tomonining keyingi qismidan bir juft boʻrtma koʻrinishida yuzaga keladi. U oxirgi juft jabra yoriqlarining gomologidir. Birlamchi suvda yashovchi umurtqalilarda va suvda hamda quruqlikda yashovchilarda teri ham nafas olishda ishtirok etadi. Jabra bilan nafas oluvchi umurtqalilarning jabrasi ektoderma va endodermadan hosil boʻladi. Tuban umurtqalilarga kiruvchi toʻgarak ogʻizlilar sinfi vakillarining jabrasi endodermadan hosil boʻladi. Qalin kapillarlar bilan qoplangan jabra yaproqlari va boshqa oʻsimtalari jabralarning gaz almashinuvi yuzasini keskin oshiradi.
Muskullari. Umurtqali hayvonlarning muskullari, gavda muskullari yoki somatik muskullar hamda ichki organ bilan teri muskullari yoki visseral muskullarga boʻlinadi.
Ovqat hazm qilish sistemasi. Boshskeletsizlarga nisbatan umurtqali hayvonlarning ovqat hazm qilish sistemasi ancha murakkab tuzilgan. Xususan, oziqni ushlashga moslashgan ogʻiz teshigi hosil boʻlgan. Hazm qilish sistemasi nayi uzaygan boʻlib, har xil boʻlimlar (oshqozon, ingichka va yoʻgʻon ichaklar)dan iborat. Oshqozon, oshqozonosti va ingichka ichak devorida hazm qilish bezlari kuchli rivojlangan. Bu bezlarning suyuqligi ovqat tarkibidagi oqsil, yogʻ, uglevod va boshqa moddalarni hazm qilishga yordam beradi. Umurtqalilarda murakkab tuzilgan parenximatoz organ – jigar hosil boʻlgan. Jigar ovqat hazm qilishda ishtirok etish bilan birga murakkab biokimyoviy jarayonlar kechadigan joy ham hisoblanadi.
Qon aylanish sistemasi.
Umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasi tutash boʻlgan chin qon aylanish sistemasidan va tutash boʻlmagan limfa sistemasidan tashkil topgan. Chin qon aylanish sistemasida qon - oq va qizil qon hujayralari qalqib yuradigan rangsiz suyuqlik — qon plazmasi, limfa sistemasida esa faqat oq qon hujayralari qalqib yuradigan rangsiz limfa boʻladi. Qizil qon hujayralari yumaloq boʻlib, ichida maxsus pigment - gemoglobin bor, qonning qizil boʻlishi ana shu gemoglobinga bogʻliq. Chin qon aylanish sistemasiga markaziy qon aylanish organi — yurak bilan periferik sistema — qon tomirlari kiradi.Yurak, bu qorin qon tomirining (qorin aortasining) devorlari qalin tortib, kengaygan bir qismi boʻlib, devorida koʻndalang yoʻ1-yoʻl muskullar borligi bilan ajralib turadi va bir nechta boʻlimlarga (kameralarga) boʻlinadi. Eng muhim kameralari yurak boʻlmasi va yurak qorinchasidir.Qon tomirlari ham ichidagi qonning qaysi tomonga oqishiga qarab, arteriyalar va venalarga boʻlinadi. Bunda arteriyalarda yurakdan chiqqan qon oqsa, venalarda esa yurakka keladigan qon oqadi.
* Suvda yashovchi umurtqalilar (toʻgarak ogʻizlilar va baliqlar)ning yuragi ikki kamerali, ya’ni bitta yurak boʻlmasi va bitta yurak qorinchasi bor, ularning yuragida venoz qon boʻladi. Qon aylanish doirasi ham bitta, bunda arterial qon venoz qonga aralashmaydi, bu qon aylanish doirasi 2 funksiyani bajaradi: organizmning barcha hujayralarini ovqat va kislorod bilan ta’minlaydi; venoz qonni qaytadan tiklaydi. Bu jarayon quyidagicha boradi, ya’ni arteriyalar orqali yurakdan venoz qon chiqib, jabralarga boradi, jabralarda oksidlanib arterial qonga aylanadi va arteriyalardan butun gavdaga tarqaladi, u yerda venoz qon boʻlib, venalar orqali yurakka keladi.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish