Mavzu: umurtqali hayvonlarning guruhlarida tashqi muhit omillarining o'zgarishiga bog'liq holda yashashi


UMURTQALI HAYVONLARNING GURUHLARIDA TASHQI MUHIT OMILLARI



Download 110 Kb.
bet3/5
Sana31.01.2022
Hajmi110 Kb.
#419828
1   2   3   4   5
Bog'liq
UMURTQALI HAYVONLAR HAYOTIDA MIGRATSIYA VA UNING AHAMIYATI

2. UMURTQALI HAYVONLARNING GURUHLARIDA TASHQI MUHIT OMILLARI
Mamlakatimizda va jamiyatimizda maxsus qoramolchilik, yilqichilik, mo`ynachilik xo`jaliklari, yirik chorvachilik fermerliklari tashkil qilinmoqda.
Albatta ko`pchilik sutemizuvchilar u yoki bu tarzda insonga, tabiatga katta foyda keltiradi. MDH da 350 tur sutemizuvchilardan 150 turi ovlanadi va bu jihatdan MDH dunyoda birinchi o`rinda turadi. Eng qimmatbaho mo`yna olish uchun tulki, oq tulki, quyon, sasiqkuzan, ko`ksuvsar, norka, qunduz, sug`ur, ondatra, suvchayqir ovlanadi. Va bu hayvonlar mo`ynachilik sanoatini asosini tashkil qiladi.
MDH da mo`ynachilikdan tashqari tuyoqli sutemizuvchilarni tutish yaxshi rivojlangan.
Go`sht, teri va dorivor mahsulotlar olish uchun har yili 500 – 600 ming bosh atrofida tuyoqli sutemizuvchilar ovlanadi.
Xonakilashtirilgan va xonakilashtirilayotgan sutemizuvchilar inson hayotida katta ahamiyatga ega. Qoramollardan qora – ola dasht bushuyev, Qozog`iston oqboshi, santa – gertrutta, shortgorn zotlari boqiladi. Bundan tashqari, Kostroma sutli va go`shtli zotlari, yaraslovsli sutli zoti, holmagor sutli zoti, olotovus sutli zoti va boshqa bir qancha qoramol zotlari oziq – ovqat manbai sifatida inson tomonidan keng foydalaniladi. Inson hayoti faoliyatida sutemizuvchilarning ayrim turlari (ot, eshak, ho`kiz, it, fil,) ish hayvonlari, sport va qo`riqchi hayvonlar sifatida katta ahamiyatga ega. Inson uchun qimmatli bo`lgan, noyob yoki yo`qolib borayotgan sutemizuvchilarni saqlab qolish, maqsadida maxsus qo`riqxonalar tashkil etilgan.
Sutemizuvchilarni roli beqiyos ekan, novbatdagi muhim vazifa ularni muhofaza, qilish, qo`riqlash ba`zi yovvboyi turlarni iqlimlashtirishdan iborat bo`lmog`i lozim. Ko`pgina qimmatli hayvonlarni noto`g`ri ovlash natijasida va shavqatsizlarcha munosabatta bo`lish oqibatida ular butunlay yer yuzadan yo`qolib ketyapti.
Biz bo`lg`usi o`qituvchilarning vazifamiz ularning naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini aytib, yoshlarni tabiatni muhofaza qilish ruhida tarbiyalashimiz kerak.
O`sib kelayotgan yosh avlodga nafaqat sutemizuvchilarga nisbatan xamxo`r bo`lishni, balki barcha umurtqali hayvonlarga, qushlarga, sudralib yuruvchilarga, suvda ham, quruqda ham yashovchilarga, baliqlarga nisbatan g`amxo`rlik qilish, ularga inlar qurib berish va ularni himoya qilish, ularni sevish, ularga nisbatan muhabbatli bo`lish kabi insonparvarlik g`oyalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. II Bob Maktabning kichik sinf o`quvchilarini tabiatshuboslik darslari davomida hayvonot olami haqidagi dastlabki tushunchalarni shakillantirish.
Atrofimizdagi olam darslarida umurtqali hayvonlarga tegishli bo`lgan mavzularni zamon talablariga javob beradigan holda o`qitishda “Sahnalashtirish” O`yin musobaqa “ “Test sinov “ “Sayohat “ darslaridan foydalanish samarali natija beradi. Zamonaviy dars o`tish usullarining o`ziga xos xususiyatlari: quyidagilarga mujassamlashtiradi.
Mavzuni muhokama qilish. Ishlashi o`qituvchi va o`quvchi hamkorlikda. O`qituvchi bolalarni guruhtlarga juft qilib ishlashi, bolalar bilan suhbatlari, bahs munozaralar tashkil etish.
O`quvchilarga mavzularga oid rollarni ijro etishni to`g`ri tashkil etish. Fan o`qituvchisi va o`quvchilar muammolarni birgalikda hal etish uchun fikirlashsa, zamonaviy usullar o`quvchilarning chuqur bilim olishi uchun qator imkoniyatlar yaratish bilan birga ularga o`z fikrini himoya qilish uchun ko`nikmasini shakillantiradi, hamkorlikda ishlashni o`rgatish ularni hayotga uchrab turadigan qiyinchilikni birgalikda yechishi tajribasini singdiradi. Zamonaviy usullardan foydalanib dars o`tish. Sinf muhitini o`zgartiradi. Fan yuzasidan mavzularni qanday o`quvchilarning o`rganilishi kerakligini belgilab beradi.
O`tildigan mavzu yuzasidan har bir o`quvchi faollashadi, bugungi kunda o`qituvchi “ Atrofimizdagi olam va tabiatshunoslik “ fanlarini zaririy axborotlargina tanlab olish va o`quvchini bevosita mustaqil bilim olishga o`rgatmog`i lozim. Bu jarayonda o`qituvchining pedagogik mahorati uning chuqur bilimi insoniy odob – axloqi muhim ahamiyaat kasb etadi. Hozirgi kunga kelib zamonaviy usullardan foydalanib dars berishda o`qituvchilik mohirlikdan ijodkorlikka intilishida hissa qo`shmog`i ustozlardan talab etiladi. Zamonaviy ped tehnolgiyalarni qo`llashda no`ananaviy dars usullaridan foydalanish orqali iqtidorli o`quvchilarni aniqlash, bosh o`zlashtiruvchi o`quvchilarda o`z kuchlariga ishonch hosil qilish lari uchun imkon yaratish, sinfdagi o`quvchilar o`rtasida do`stlik, o`zaro hamkorlik tuyg`ularini shakillantirishga erishish nazarda tutiladi. Pedagogik tehnologiya ta`limotlarni o`zlashtirish uchun qulay shakil va usullardir. Demak ilgo`r pedagogik tehnologiya insonga oldindan belgilangan maqsad bo`yicha t`sir o`tkazish faoliyatidan iborat. Muomala o`qitishning asosi – o`quvchilar bilish faolligini rivojlabtirishdir. Muomila o`qitishni o`z ichiga olgan darslarda o`quvchilarga yangi ma`lumotlarni oziga saqlagan masalalarni hal qilishi taklif, qilinadi ular bilimini o`zlashtirishi va ularni amalda mustaqil qo`llanishi usullarini egallab olsinlar. Muomilali dars quyidagi bosqichlarga bo`linadi.
--- Muomilali vaziyat yaratish
--- Muomilali ifodalash
--- Muammo echimini izlash
--- Yechimning to`g`riligini tekshirish.
Dars shunday tarzda tuzilishi kerakki, unda qo`yilgan muammoga o`quvchilaga qiziqish uyg`onsin, bilim olish tizimidagi ahamiyat lo`rsatish, yangi bilimlar olishga ehtiyoj tug`ilsin.
Atrofimizdagi olam va tabiatshunoslik darslarida dasturlashtirilgan o`qitish metodlaridan foydalanish, dasturlardan o`qitishda, yanga amaliy ishlardan foydalanish muammosi o`ta dolzarbdir. Hozirgi paytda o`quvchilarning bilim olish faoliyatini jadallashtirish va ularning atrof olam hayvonot dunyosi bilan tanishtirish darslarda olgan bilimlarini tekshirish bmaqsadida har bir o`quvchilarning o`quv jarayonida mustaqilligini ta`minlovchi va o`quv materialini o`zlashtirishda yordam beruvchi amaliy ishlar tizimi sanalmoqda. Dasturlashtirilgan o`qitish bosqichma – bosqich bilim olishni kuzatishga imkon yaratadi o`quv jarayonida qanday o`zgartirishlar kiritish kerakligini ham ko`rsatmoqda.
Dasturlashtirilgan o`qitish uchun quyidagilar kerak. O`quv materialini puxta tahlil qilsh, uning qatiy tanlanishi va mantiqiy ketma – ketlik bo`yicha borini ta`minlash quyidagilardan iborat. O`quvchilarni bilim olshdagi faoliyatini tekshirishdagi rahbarlik.
Dasturlashtirilgan o`qitishda o`quvchilarning o`quv materialini qo`llashga faolligi va mustaqilligi ortadi, o`qitish jarayonini individuallashtirishimkoni paydo bo`ladi texnik vositali o`qitish keng qo`llaniladi o`qituvchi va o`quvchi mehnatini oqilona tashkil etishga erishadi. Nazorat ishlarini dasturlashtirishning og`zaki javoblarini shartli belgilar va chiziqlar bilan yozma ravishda almashtirishdir. Ularning ortiqlik jihati shundaki,ular qisqa vaqt ichida har bir o`quvchining o`tilgan mavzuni o`zlashtirish darajasini aniqlay oladi.
Tajriba atrof bilan tanishish darslarida bilim olish faoliyatini faollashtirish maqsadida dasturlashtirilgan o`qitish usullaridan foydalanishning afzalliklarini ko`rsatadi. Afzalligi shundaki,o`quv materialini o`zlashtirish darajasini o`quvchilarning o`zlari shu dars mobayninda tekshirishlari mumkin.
2-sinfda – dasturlashtirilgan o`qitishda tezisturdagi tarqatma topshiriqlar,raqamlar,tarqatma testlar,grafik topshiriqlardan foydalanish mumkin.
Muzyorar usul
So`z top - o`yini:Bu metoddan darsning hamma qismlaridan foydalanish mumkin.
O`qituvchi:qushlar, hayvonlar, meva, sabzavotlar haqidagi bir so`z aytadi. O`quvchilar davom ettiradi. O`qituvchi boshlagan so`z qaysi harf bilan tugasa, o`qituvchi shu harfdan boshlagan so`zni aytish kerak.
Masalan:Tulki, ilon,ninachi,it, tipratikan, nortuya, yalqov, ayiq,qarg`a, va h. k. Bu usul o`quvchilarni tezkorlik bilan fikr yuritib, javob berishga hamda xotirasini mustahkamlashga yordam beradi.
Mozauko – ya`ni mayda bo`laklardan yaxlit ko`rinishda hosil qilish.
Bunda baliqlar, baqalar, qushlar, hayvonlar, daraxtlar, mevalar,rasmlari bo`laklarga bo`linib har bir guruhga alohida tarqatiladi. Guruh qatnashchilari bo`laklarni bir butun ko`rinishga keltiradilar. Guruh sardorlari chiqib, yaxlit holga kelgan hayvonni oziqlanishi, hayot tarzi, yashash sharoiti,meva yoki daraxt haqida gapiradilar.
Darsning maqsadi:O`quvchilarga mavzu borasida keng qamrovli bilim berish uy hayvonlarini boqishdan maqsad, ularning oziq-ovqat va xalq xo`jaligidagi ahamiyatiga doir ma`lumotlar, shuningdek chorvachilikka doir atamalar bilan tanishtirish. Uy va yovvoyi hayvonlarning farqli tomonlarini linalar orqali tushuntirish.
Tarbiyaviy maqsad:Hayvonlarni muhofaza qilish orqali jonli tabiatga,hayvonot olamiga mehr-muhabbatini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad :O`quvchilarni dunyoqarashini faolligini,mustaqil fikrlashni, o`z fikrini aniq va lo`nda nutqini rivojlantirish.
Darsning turi :Yangi bilim beruvchi.
Darsning metodi :Suhbat, tushuntirish,ko`rgazmalik, baxz-munozara,aqliy hujum, klasmer, insert, test, o`yinlar.
Darsning boshqa fanlar bilan bog`likligi:
Matematika, o`yish, jismoniy tarbiya, musiqa.
Darsda o`quvchi bilishi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar:

  1. o`y va yovvoyi hayvonlar, ularning oziqlanishi, boqilish va ularni farqlay bilish :

  2. inson va tabiat orasidagi munosabatni , tabiatni asrashning muhimligini tavsiflay olish:

  3. tabiatni muntazam kuzatish va natijalarni “ Kundalik kuzatish daftari ” ga qayt qilish :

Darsning jihozi : Mavzuga oid rasmlar, turli pareranda, qushlar va hayvonlarning tarqatma shablonlari, kartochkalar , darslik t


Texnik vositalari – Telivizor, DVD prayektor, ekran disklar, kompyuter.


Darsning borishi. Darsni tashkil etish va o`quvchilarni darsga hozirlash



  1. salomlash davomatni aniqlash navbatchi axborotni aniqlash diqqat mashqlar

(bosh harakatini, bilan, eshik,deraza, shif, zal so`zlari uch marta takrorlashadi mashq, so`ngida “ doska ” so`zi aytib o`quvchilar diqqati jamlanadi ).
Avvalgi darslarda o`quvchilar bilan birgalikda amal qilinishi lozim bolgan oltin qoidalar va do`stona kelishuv , ularga rioya qilish haqida yana bir bor eslatiladi.
Darsni yaxshi va a`loga o`zlashtirilganlarga dars so`ngida rag`batlantirish maqsadida bugungi darsning eng faol o`quvchisi. Bugungi darsningeng intiluvchan o`quvchisi naminatsiyalari tashkil qilinadi. Otilgan mavzuni mustahkamlash, o`yga berilgan vazifani tekshirish.
O`qitivchi : Bolalar o`tgan darsimizni eslab olsak. Keling musiqa sadolari ostida birgalikda ushbu uchun musiqa sadolari ostida birgalikda ushbu harakatlarni bajaramiz uchayotgan qushning qanotlari kabi qo`llarini keng yozib harakatlantiradi. Bahorda o`lkamizda qushlarning qaytib kelishi mavzusi bo`yicha o`quvchilar egallagan bilimlari test userli orqali tekshiradi.
Test savollari :
1. Qushlar nima bilan oziqlanadi?

a) o`t
b) xashorotlar


s) don-dun
d) hammasi
2. Bahorda birinchi bo`lib qaysi qush keladi?

a) chumchuq


b) burgut
s) bulbul
d) qaldirg`och

3. Qaysi qushning ovozi yoqimli?


a) qarg`a


b) kaptar
s) bulbul
4. Qaysi qushni “TINCHLIK” ramzi deymiz?



  1. kaptar

  2. laylak

  3. turna

Testlarni o`zaro almashtirish orqali tekshiriladi. Ko`p xato qilganlar Bilmasvoyni kim xafa qildi?ko`rgazmali savollarga javob beradi. Shu tariqa o`quvchilar bilimli baholanadi.
Ko`rgazmali savollar …
1. Qushlar insonning…
2. Nima uchun qushlarni qanotli do`stlarimiz deb ataymiz.
3. Bu jonzotlar nima bilan oziqlanadi?
4. Ular qay jihatlari bilan boshqa jonzotlardan farq qiladi?
5. Qushlarning qishloq qaysi qushlar uchib keladi?

O`qituvchi : Javoblar izohlanadi va to`ldiriladi. Doskaga bahor faslidagi tabiat manzaralari aks etgach plakat osiladi.


O`qituvchi :Keling hammamiz diqqat bilan doskadagi tabiat manzarasini qushlar bilan bezatamiz. Buning uchun faqat o`lkamizda bahorda uchib keladigan qushlarni tanlab joylashtiramiz.
O`quvchilar javobi baholanad:
Yangi mavzuning bayoni :
Dastlab, yangi mavzuni yo`naltirilgan savollar bolalar e`tiboriga havola etiladi.
O`qituvchi: Bolajonlar, tabiatga qushlardan boshqa yana qanday jonzotlar uchraydi.

  1. Barakalla !doskaga “O`lkamizda xayvonlar ” degan yozuv ilinadi

  2. Qanday xayvonlarni bilasiz ?

  3. Xayvonlarning guruhlarini aytingchi”

  4. Barakallo, demak, xayvonlar guruhiga bo`linar ekan.

  5. Aytingchi ? biz nima uchun xayvonlarni ikki guruhga bo`ldik.

HAYVONLAR

1. O`Y HAYVONLARI


1. O`txo`r hayvonlar 2. Go`shxor hayvonlar


1. Qo`y 1. It
2. Sigir 2. Mushuk
3. Echki
4. Ot
2. YOVVOYI HAYVONLAR

1. O`txo`r hayvonlar 2. Go`shxor hayvonlar


1. Kiyik 1. Bo`ri
2. Jayron 2. Tulki
3. Bug`u 3. Ayiq
4. Yo`lbars
Hayvonlardan farqi, ularning foydali tomonlari beozor, hayvonlarga ozor bermaslik to`g`risida aytib o`tiladi.
O`qituvchi:Bugun bizning darsimizga noma`lum hayvon mehmonga keladi. Keling, birlikda mehmonimizning qaysi hayvonligini topamiz.
-Bolalar, 2011-yili muchal hisobi bo`yicha qanday nomlanadi. :
-Juda to`g`ri (stol ustiga harakatlanadigan quyonga o`yinchog`li qo`yib )endi musiqa sadosi ostida u bilan raqsga tushamiz. Bolalar quyoncha bilan raqsga tushadi. Shu tariqa dam olish o`tkaziladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash :Slaydlar orqali nima ortiqcha mashqi yordamida o`quvchilar bilimi mustahkamlanadi, va ularning javobini tinglanib izohlanadi hamda baholanadi.
Navbatdagi mashq “RAQAMLI JOYLASHUV”deb nomlanadi.
Uy va yovvoyi haqyvonlar raqamlarda ifodalanadi.
To`g`ri javob uy hayvonlari:
1,2,3,4,5,6,7, 11,12.
Yovvoyi hayvonlar 2,8,9,10
Darslik bilan ishlash.
O`lkamizda uy hayvonlari mavzusi. O`quvchilarga o`qitiladi va ulardan ushbu mavzudan qanday ma`lumotlarni olodingiz deb so`raladi.
Mustahkamlash uchun savollar
1. Odamlar uy hayvonlari nima uchun boqiladi?
2. Ularning ison hayotida ahamiyati
3. Yovvoyi hayvonlarning hayot kechirishi haqida.
4. Sizning uyingizda qanaqa hayvonlar boqiladi?
O`quvchilar mashg`ulotga qatnashishiga qarab turli naminatsiyalar bilan rag`batlantiriladi. Shuningdek dars jarayonida faol ishtirok,ifodali o`qib so`zlab bergan va bir-biriga bergan yordamiga qarab baholanadi.
Dars mavzusi:Qushlarning ahamiyati (3-sinf)
Fan : Tabiatshunoslik.
Darsning tashkiliy maqsadi :O`quvchilarga ta`lim to`g`risida tushuncha berish jonli tabiat vakili bo`lgan qushlarni asrab-avaylash hayvonlar haqidagi bilimlarni boyitishga o`rgatish, nutq va lug`at boyligini rivojlantirish.
Darsning jihozi:” O`zbekiston hayvonot olami ” plakati, qushlar mulaji,maketi rangli sur`atlar, hashorotlar, qushlar uy parrandalarining rasmi, plastelen, sinf xonasining jonli burchagidan joy olgan panareykalar, toshbaqa, quyon va qafasdagi qushlar.
Darsning mazmuni;O`qituvchi dars mazmunini, o`quvchilarga tushuntirib qushlar tabiatga katta ahamiyatga ega ekanligini takidlab o`tadi. Agar qushlar bo`maganda xashorotlar dala va bog`larda yetishtiriladigan o`simliklarga ularning hosiliga juda katta zarar keltirar edi. Ba`zi xashorotlar daraxtlar po`stlog`ini batamom yeb tugatardi.
Draxtlarning o`zi esa qurib o`z hayotini yakunlaydi, bularni siz kuzatgan bo`lsangiz kerak. Xashrotlar, tufayli, o`simliklar olamida kasalliklar ham ko`payib ketadi. Shuning uchun qushlarni muhofaza qilishimiz va asrab-avaylashimiz zarurligini ta`kidlab o`tadi. Ularga mehribonlik qilishni inlarni yasab qo`yishni ta`kidlab o`tad. O`lkamizda kuzda uchib ketgan qushlar bahor boshlarida
qaytib keladi - deydi O`qituvchi : Va bolalarga siz shunday qushlardan qaysi birini bilasiz ?

Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish