Mavzu: Umumta’lim maktablarining 9-sinfida fizikadan “Yorug’likning tarqalishi, qaytishi va sinishi” mavzusini zamonaviy pedagogik texnalogiyalari asosida tashkil etish usullari”
Bog'liq Mavzu Umumta’lim maktablarining 10-sinfida fizikadan “Yorug’likn
Mavzu: Umumta’lim maktablarining 9-sinfida fizikadan “Yorug’likning tarqalishi, qaytishi va sinishi” mavzusini zamonaviy pedagogik texnalogiyalari asosida tashkil etish usullari”. Mundarija: Kirish…………………………………………………………….3.
Asosiy qism………………………………………………………6 O’rta ta’lim maktablarida fizika fanidan o’quv me’yoriy xujjatlarning maqsad va vazifalarining taxlili………………...….6
O’rta ta’lim maktablarida o’quvchilar faoliyatini aktivlashtirishda zamonaviy pedagogik texnalogiyalaridan foydalanish…………………………………………………………...21
“9-sinfda Yorug’likning tarqalishi, qaytishi va sinishi” mavzusini axborot texnalogiyalar asosida o’qitish metodikasi..................................................................................24
Kirish. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin, ayniqsa XX asrning so’nggi besh yilligidan boshlab ijtimoiy xayot va iqtisodiyotimizga ko’plab yangiliklar kiritilib kelinmoqda. Joriy yilga qadar mavjud ta’lim tizimi tubdan islox qilinib soxa imkonyatlari kengaytirildi. Тa’lim jarayoniga talimning noan’anaviy usullari, pedagogik metodlarning yangidan yangi turlari kiritib borish tabiiy xolga aylangan.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo’lga kiritgan юtuqlardan biri –intelfaol o’yinlar bo’lib, ta’lim jarayoning unumdorligini oshirishda ularning axamiyati katta. Bu borada asosiy e’tibor interfaol o’yinlarning tanlanilishi va mashg’ulot mavzusiga ko’ra o’zaro aloqadorlik jixatlarini topa bilishga qaratilishi kifoya. Aynan shu vazifa o’qituvchidan jiddiy yondoshuv va atroflicha muloxaza юritishni talab qilishiga urg’u berib o’tish lozim bo’ladi. chunki intelfaol o’yinning noto’g’ri tanlanilishi yoki gurux muxokamasi jarayonida noto’g’ri xulosa chiqarilishi birinchidan o’qituvchining shaxsan o’ziga qiyinchiliklar tug’diradi. Қolaversa ishtirokchilardan va mavzuning noto’g’ri talqin qilininishiga sabab bo’lishi mumkin. Mashg’ulot mavzusida olg’a surilayotgan nomutanosib interfaol o’yindan chiqarilgan xulosa yoshlarda ikkilanish xolatini юzaga keltiradi yoki fikrlarining chalkashib, tarqoqlik юzaga kelishiga sabab bo’ladi. mashg’ulot mavzusiga mos keluvchi interfaol o’yini mashg’ulot davomida aytilgan fikrlarning ko’proq ravshanlashmog’ligini ta’minlaydi. Шu bilan bir qatorda xar bir o’yinga юklatilgan ijtimoiy юk ya’ni uning tarbiyaviy jixati ishtirokchilar ongida tabiiy tarbiya jarayonini xosil qiladi. ya’ni aniq ramziy misollar vositasida kishilardagi ijobiy yoki salbiy xislatlarning voqea –jarayon rivojiga ta’sirini yoshlar mustaqil taxlil qiladilar.
Mashg’ulot modulining kulminatsion nuqtasiga interfaol o’yinni joylashtirish jarayonning xam ob’ektiga, xam subektiga qulaydir. Negaki Mashg’ulotning mavzusi bayon qilngandan so’ng aytilgan fikrlarni isbotlovchi mashq bayonning ishonarliligini oshiradi. Ishtirokchilar mavzuni tushunishga qiynalmaydilar. Mashg’ulotni rang barangligi natijasida ya’ni modul strukturasi suxbat –ma’ruza –mashq – suxbat –maruza shaklida qurulishi ishtirokchilarda zerikish xissi юzaga kelishiga monelik qiladi. Уlarni mashg’ulot jarayonida faol bo’lishga, atroflicha fikrlash va o’z mustaqil fikrini erkin bayon eta bilishga majbur qiladi. Ishtirokchilar xayotda ko’plab uchraydigan va aksariyat xolatlarda arzimas xisoblanadigan xolatlarning bizning kelajakimizga bevosita daxldor taraflari xaqida fikrlay boshlaydilar.
Gap yutuqlar xaqida ketganda mashg’ulotga interfaol o’yinlarni kiritish orqali erishiladigan muvoffaqiyatlarni ko’rib chiqish maqsadga muvofiq.
Fizika darslarida xam interfaol o’yinlardan foydalanish dars samaradorligini oshiradi. Amaliy mashg’ulotlarda interfaol usulni qo’llash ketma – ketligini quyidagicha belgilash mumkin.
yangi mavzu e’lon qilinadi.
o’quvchilardan bugungi mashg’ulotda nimalar o’rganishi mumkinligi xaqida so’raladi: “Men o’rganishim mumkin” mashqi yordamida.
“Aqliy xujum” usulida yangi mavzuga doir savollarga javob olinadi.
Kichik guruxlarni shakllantirish(“Molekula –atom” mashqi yordamida): xar bir guruxga mavzuga oid nom beriladi.
Kichik guruxlarga topshiriqlar (“charхpalak” usulidagi mashq): xar bir guruxga vatman qog’ozlar(fliplar) va markerlar beriladi, unga o’z guruxlari nomiga mos xodisani asosiy ta’riflari, formulalari, turlari xaqidagi ma’lumotlarni yozishadi. Bu jarayon uchun qat’iy vaqt belgilanadi. Belgilangan vaqt yakunlansa, keyingi topshiriq guruxlarning fliplari birin ketin almashtiriladi va qo’shni gurux savoliga javob berishadi. Bu jarayon fliplar o’z guruxlariga qaytib kelguncha davom etadi. xar bir gurux o’z fliplaridagi ma’lumotlar bilan tanishib, takrorlanmagan va tug’ri tasdiqlarni aniqlashadi.
So’ngra guruxdan bitta taqdimotchi guruxning javobini o’qib eshittiradi. xar bir guruxning taqdimoti хulosalanadi.
Тaqdimotdan so’ng kichik guruxlarga navbatdagi topshiriq beriladi. Bu jarayonda guruxlarga o’z guruxlari nomi bilan bog’liq masalalar beriladi. Masalani yechishda guruxning xar bir a’zosi ishtirok etishiga aloxida e’tibor qaratiladi. Buning uchun guruxlarga taqdimotchilarni va vaqt kuzutuvchilarini belgilab olishlarini topshiriladi.
xar bir gurux taqdimotchilari tomonidan masalani yechimlarini ko’rsatiladi. xar bir guruxning хulosasi tinglanadi. o’qituvchi tomonidan xam masalalar хulosasi beriladi. xar bir o’quvchiga kichik qog’ozchalar tarqatiladi va “Men mashg’ulot davomida quyidagilarni o’rgandim....” savoliga javoblar olinadi.
o’qituvchi tomonidan mashg’ulotning umumiy yakuniy хulosasi keltiriladi xamda keyingi mashg’ulot uchun vazifalar beriladi.
Mashg’ulot so’ngida xar bir aktiv ishtirok etgan o’quvchilarning reyting ballari e’lon qilinadi.
Dars unumdorligi ortadi, ya’ni bayon etilayotgan mavzuning o’zlashtirish sifati oddiy xolatlardan bir necha barobarga yuqori bo’ladi;