Ona tili, adabiyot fanlari o’qitishda o’quvchilarning nutq madaniyatini o’stirish.
Tarix, geografiya darslarida amaliy ishlarni qo’yilish xolati.
Tabiatshunoslik fanlarini o’qitishda o’quvchilarni ilmiy dunyoqarash ruxida tarbiyalash kabilar.
Bundan tashqari, har xil mutaxassislikdagi ikki-uch o’qituvchining ishini o’rganish, sinf rahbari, tarix-geografiya, til-adabiyot o’qituvchilatining metod-birlashma ishlarini o’rganish mavzu bo’yicha tekshirishga kiradi.
Maktab ishlarini kompleks usulda tekshirish, nazorat qilish, ta’lim-tarbiya va xo’jalik ishlarini keng qamrab olgan holda pedagogic masalalarni o’rganishni maqsad qilib qo’yadi. Masalan:
1.Maktab faoliyatida aniq,fanlarni o’qitish holati va uni yanada yaxshilash choralari. Bundan tashqari, har xil mutaxassislikdagi ikki-uch o’qituvchining ishini o’rganish, sinf rahbari, tarix-geografiya, til-adabiyot o’qituvchilatining metod-birlashma ishlarini o’rganish mavzu bo’yicha tekshirishga kiradi.
Maktab ishlarini kompleks usulda tekshirish, nazorat qilish, ta’lim-tarbiya va xo’jalik ishlarini keng qamrab olgan holda pedagogic
2. Maktabda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni ishlarning amalgam oshirilishi holati va uni yanada takomillashtirish, yaxshilash choralari.
3.Maktabda faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilar malakasini oshirishning holati va uning samaradorligi.Bunday masalalarni tekshirish yakunini maktab pedagoglar kengashida yoki ochiq majlisda muhokama qilish maqsadga muvofiqdir.
Ichki nazorat tizimida imtihonlar davri maktab hayotida mas’uliyatli davrlardan biridir. Imtihonlarni o’tkazish natijasida o’quvchilarning bilim,ko’nikma,malakalariga umumiy baho berish mumkin.
Ta’lim-tarbiya ishining samaradorligi tuzilgan reja asosida tizimli ishni yo’lga qo’yishga bog’liq.maktab ish rejasini amalga oshirishda quyidagilar muhim ahamiyat kasb etadi:
-boshqarish va rahbarlik ishini mohirlik bilan tashkil etish;
-kadrlar o’rtasida ish taqsimotining to’g’ri tashkil etilganligi;
-maktab ish rejalari bajarilishi yuzasidan uzluksiz nazorat-ning yo’lga qo’yilganligi;
- o’qituvchi-xodimlarning samarali mehnati, o’quvchilarning faol ishtiroki maktab direktori tomonidan rag’batlantirilishi.
Maktab pedagogik jamoasining o’quv-tarbiya ishlarini uyishtirishdagi roli.
Maktabning pedagogik kengashi maktab direktori huzuridagi maslahat kengashi bo’lib, uning qarorlari o’qituvchilar jamoasining yagona va umumiy fikrini aks ettiradi. Shuning uchun uning ta’sir kuchi katta. Pedagogik kengash qabul qilgan ayrim qarorlar maktab uchun ham, direktor uchun ham majburiy hisoblanadi.
Chunonchi, o’quvchilarni sinfdan – sinfga ko’chirish masalasi, shuningdek, maktab hayotida ro’y berayotgan muhim vazifalar pedagogic kengasahda respublikamizning maktab haqida qabul qilingan qarorlari va ko’rsatmalarini amalga oshirishga doir tadbirlarni belgilash, maktab ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilash, ilg’or o’qituvchi va tarbiyachilarning ish tajribalarini o’rganish va ommalashtirish ota-onalar jamoatchiligi bilan aloqani mustahkamlash va boshqa masalalar ko’riladi.
Pedagogik kengashda muhokama qilinadigan ayrim masalalar yildan-yilga takrorlanaveradi, chunonchi, bir yillik ish rejasini muhokama qilish va tasdiqlash, chorak va yarim natijalarni muhokama qilish, imtihonlarga tayyorgarlik, tozgi ta’tilni o’tkazish va boshqalar.
Pedagogik kengashda qo’yiladigan masalalarni tanlash juda muhimdir. Ko’pgina maktablarda kengashda muhokama qilinadigan masala oldindan o’rganib chiqilai. Kengash har qaysi madsala bo’ticha tegishli qaror qabul qilib, ma’lum shaxslar va bajarilish muddatlarini belgilaydi.
Pedagogik kengahning qarorlari maktabning ish tajribasiga, rahbar tashkilotlarining ko’rsatmalariga va pedagogika fanining yutuqlariga asoslangan bo’lishi kerak. Pedagogik kengashning qarorlari maxsus daftarga yozib boriladi, rasmiylashtiriladi, bajaril;ishi kuzatiladi va nazorat qilinadi, natijasi navbatdagi yig’ilishda kengash a’zolariga bayon qilinadi. Qarorlar daftari maktabning muhim hujjati bo’lganligi uchun uni yuritishga alohida e’tibor beriladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining metod birlashmasi va uning ish mazmuni.
Yosh avlodni tarbiyalash o’qituvchidan chuqur bilim, doimo izlanish va fikr yuritishni talab etadi, shuning uchun maktabda metodik ishni yo’lga qo’yish katta ahamiyatga ega.
Maxsus masalalarni chuqur muhokama qilish, doimiy ravishda ularning ish faoliyatini takomillasshtirish va malakalarini oshirish, o’z ustida ijodiy ishlash jarayonini yo’lga qo’yish uchun fan o’qiyuvchilarining, shuningdek, boshlang’ich sinf o’qiyuvchilarining metod birlashmalari tuziladi.
Boshlang’ich sinf o’qiyuvchilarining metod birlashmalari zarurat bo’lgan vaqtda, dasturlarni, yozma ish materiallarini, ayrim mavzular bilan bo’lgan aniq bo’lgan masalalarni muhokama qilish, ayrim o’qituvchilarni ish tajribalari bilan tanishish va ommalashtirish uchun to’planadi. Ta’lim sohasida qo’llanilayotgan yangiliklar, hukumat qarorlari o’rganiladi. Har bir metod birlashma o’z sohasi bo’yicha o’quvchilarning bilimlarini oshirishga, ta’lim sifatini samaradorligiga erishishga harakat qiladi. Bu borada turli chora-tadbirlar belgilanadi. Masalan: ona tili fani bo’yicha o’quvchilarning savodxonligini aniqlash, fan olimpiadalarni tashkil qilish, ulgurmovchi o’quvcilar bilan ishlash, ota-onalarga pedagogic-psixologik maslahat, tavsiyalar berish va boshqalar, ochiq darslar va sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish.
Yosh, ishni endigina tashkil boshlayotgan o’qituvchiga yordam ko’rsatish muhimdir, chunki yosh mutaxassismaxsus bilimga ega bo’lganiga qaramay, kundalik hayot, amaliyot dastlabki kunlardanoq uning oldiga hal etilishi lozim bo’lgan turli masalarniqo’yadi. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etish maqsadida ko’pgina metod birlashmasi qoshida “Ustoz - shogird” munosabatlari o’rnatilgan. Tajribali o’qituvchiga yosh mutaxassis biriktirilib qo’yiladi, shu yo’l bilan unga ilmiy-metodik yordam ko’rsatiladi. Yosh mutaxassislar malakali o’qituvchilarning darslarida qatnashib, ularni tahlil
Umumta'lim muassasalarida hujjatlarni rasmiylashtirish uchun zarur
shakllar
Do'stlaringiz bilan baham: |