“Qayerda chalishdi?” o`yini
Bolalar aylana shaklida o`tirishadi. Tarbiyachi o`yin boshlovchi tanlaydi. Boshlovchi o`rtada.
Boshlovchi tarbiyachining signali bilan ko`zini yumadi. Bolalardan bittasi qo`ng`iroqni chaladi.
Boshlovchi ko`zini ochmasdan qo`ng`iroq ovozi kelayotgan tomonni qo`li bilan ko`rsatadi.
To`g`ri topsa tarbiyachi “bo`ldi” deb aytadi bola ko`zini ochadi. Qo`ng`iroqni chalgan bola esa
qo`ng`iroqni yuqoriga ko`tarib, uni ko`rsatadi. Agar bola adashsa yana bir marta qaytaradi. Keyin boshqa
bola boshlovchi bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |